BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.9K photos
1.95K videos
8 files
7.57K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Ochiq_muloqot

🔺 Kuni kecha tuman madaniyat markazida tuman hokimining o'rinbosari - oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i Nargiza Qoraboyeva ishtirokida xotin-qizlar muammolari va takliflarini tinglash maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹 Ochiq muloqotda xotin-qizlar faollari, tegishli korxona-tashkilot xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💠 3 oyda 3 274 ta nikoh ro‘yxatga olingan

🔸 2023- yilning yanvar-mart oylari Toshkent viloyati FHDYO organlarida 3 274 ta nikohlar va 1 283 ta ajralishlar ro‘yxatga olindi.

🔺 1000 aholiga nisbatan 4,4 ta nikoh (2022 - yilning tegishli davrida – 6,3 ta) va 1,7 ta ajralishlar (2022- yilning tegishli davrida - 1,7 ta) to‘g‘ri keladi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bellashuv

Volleybol bo'yicha musobaqa tashkil etildi

🏆 Bugun Bekobod, Nurafshon shaharlari va Bekobod, Bo'ka tumanlaridagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha sektorlar o‘rtasida o‘tkaziladigan hududiy birinchilik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🎗 Qayd etish joizki, musobaqaning asosiy maqsadi hamda vazifalari viloyatda xotin-qizlar o'rtasida voleybolni yanada rivojlantirish va omma orasida tadbiq etish, xotin-qizlar orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, jamoalar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, xotin-qizlar orasida voleybolni yanada rivojlantirish va viloyat terma jamoasiga iqtidorli voleybolchilarni jalb qilishdan iborat.

🏅 Qizg‘in kechgan ushbu musobaqada Bekobod tumani jamoasi 1-o‘rinni, Bekobod shahar jamoasi 2-o‘rinni, Bo'ka tumani va Nurafshon shahar jamoalari 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Manba
🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
J-PAL Europe O‘zbekistonni oyning eng yaxshi mamlakati deb eʼlon qildi

🔹 May oyida #JPALEurope o‘z eʼtiborini O‘zbekiston Respublikasiga qaratdi, bunda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari bilan birgalikda kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha ilk davlat dasturlarining samaradorligi hamda ularning aholining real daromadlari o‘sishini taʼminlashga va kambag‘allikni qisqartirishga potensial taʼsiri baholandi.

🔸 "May oyida bizning eʼtiborimiz O‘zbekistonga qaratildi, bu yerda J- PAL Europe faktik maʼlumotlarni mamlakatda kambag‘allikni kamaytirish siyosatiga jalb qilish imkoniyatlarini o‘rganmoqda", - deyiladi J-PAL Yevropa byurosi bayonotida.

💠 Ushbu bosqichda J-PAL va Iqtisodiy tadqiqotlar va islohtlar markazi kambag‘allikka qarshi kurashga qaratilgan birinchi davlat dasturlarining samaradorligini va ularning real daromadlar o‘sishi va kambag‘allikni kamaytirishga potensial taʼsirini baholash bo‘yicha tadqiqotni boshlamoqda.

🔺Mutaxassislar tomonidan “Mahallabay” tizimi orqali tadbiq etiladigan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi va "Ishga marhamat" monomarkazlari faoliyati, shu jumladan tashqi migratsiya yo‘nalishi samaradorligini zamonaviy ilg‘or vositalar (metodologiya) bilan baholash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

🔸 Davlat dasturlari samaradorligini baholashning bunday madaniyati O‘zbekistonda ilk bor joriy etilmoqda, bu esa bir vaqtning o‘zida kambag‘allikning ko‘plab jihatlarini hal etishga qaratilgan istiqboldagi dastur va strategiyalarni ishlab chiqishda muhim qadam bo‘ladi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyani_o‘rganamiz

🔻 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya: davlat o‘z zimmasiga olayotgan 10 ta muhim ijtimoiy majburiyat

1️⃣ Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi.

2️⃣ Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

3️⃣ Davlat bepul umumiy o‘rta taʼlim va boshlang‘ich professional taʼlim olishni kafolatlaydi.

4️⃣ Bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.

5️⃣ Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli.

6️⃣ Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

7️⃣ Pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz bo‘lishi mumkin emas.

8️⃣ Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan choralarni ko‘radi.

9️⃣ Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

🔟 Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishiga, taʼlim olishiga ko‘maklashadi, ularga zarur bo‘lgan axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini taʼminlaydi.

Manbaa:
🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

OTM larning bakalavriatga kirish uchun testlar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi

🔹 Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

🔸 Barcha uchun majburiy 3 ta fan:

Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) 10 ta;

Matematika 10 ta;

O‘zbekiston tarixi 10 ta.

📁 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

☑️ Bakalavriat taʼlim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1️⃣-fan 30 ta savol (har biri 3.1 balldan 93 ball);

2️⃣-fan 30 ta savol (har biri 2.1 balldan 63 ball).

📁 60 ta savol jami 156 ball.

🗓 2023/2024 o‘quv yilida abituriyentlarga 5 ta fandan jami 90 ta test beriladi. Bunda maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.

Manbaa
🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shoshilinch.

Isteʼmolchilar diqqatiga!

⚙️ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi PQ-408 sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida “Navro'z" va “O’zbek” MFY laridan o'tuvchi ichimlik suvi tarmog‘ini markaziy tarmoqqa ulash ishlari olib borilishi sababli bugun, 08.05.2023 yil kuni soat 15:00 dan 19:00 ga qadar

💧 "Toshloq"
💧 "Navro‘z"
💧 "Do‘stlik"
💧 "Yangi xayot"
💧 "Guliston"
💧 "O‘zbek"
💧 "Bunyodkor"
💧 "Madaniyat" MFY larida ichimlik suvi ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi.

❗️ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Murojaat uchun telefon:
☎️ +998705735100

"Toshkent suv taʼminoti" MCHJ Bo‘ka tuman bo‘limi

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#statistika

Hozirda Toshkent viloyatida 26 nafar Ikkinchi jahon urushi va front orti qatnashchilari istiqomat qiladi

▪️Qaraqalpogʻiston Respublikasi — 3 nafar;
▪️Andijon viloyati — 6 nafar;
▪️Buxoro viloyati — 7 nafar;
▪️Jizzax viloyati — 6 nafar;
▪️Qashqadaryo viloyati — 10 nafar;
▪️Navoiy viloyati — 9 nafar;
▪️Namangan viloyati — 3 nafar;
▪️Samarqand viloyati — 10 nafar;
▪️Sirdaryo viloyati — 3 nafar;
▪️Surxondaryo viloyati — 8 nafar;
▪️Toshkent viloyati — 26 nafar;
▪️Fargʻona viloyati — 19 nafar;
▪️Xorazm viloyati — 5 nafar;
▪️Toshkent shahri — 55 nafar.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida"gi Farmoni

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

💠 Bo'ka tumani hokimining o'rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i N.Qoraboyeva "Xo'jaqo'rg'on" MFY da joylashgan "Xilola tekstil" xususiy tikuvchilik korxonasida bo'lib, korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ish faoliyati bilan tanishdi.

🔸 Ma'lumot uchun, bugungi kunda korxona rahbari tomonidan 52 nafar ishsiz xotin-qizlar ish bilan ta'minlangan.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash

🟢 Bugun 2-sektor hududidagi “Xo’jaqo’rg’on” MFY 27-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson aziz - xotira muqaddas” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda tuman hokimligi vakillari, deputatlar va mahalliy aholi ishtirok etishdi.

🔺 O’quvchi yoshlar tomonidan ijro etilgan badiiy chiqishlar va sahna ko’rinishlari yig’ilganlarga yanada xush kayfiyat baxsh etdi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Motamsaro ona haykali poyiga gul qo'yildi

🔹 Bugun 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Boʻka tuman hokimligi, tuman tashkilotlari, harbiylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida motamsaro ona haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

🔻 Tadbirda tuman hokimi Nizomiddin Abbosov boshchiligida sektor rahbarlari, tumanda faoliyat yuritayotgan korxona- tashkilotlar jamoalari, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va faxriylar ishtirok etishdi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM