BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.02K subscribers
22.6K photos
1.93K videos
8 files
7.47K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Jarayon

⚡️ Avval xabar berganimizdek, Bo'ka tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish va profilaktika ishlari amalga oshirilmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Jarayon
#Qaror_ijrosi

Hududlarda PQ-408 sonli qaror ijrosini ta'minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹 Jumladan, ayni kunlarda "Katta Ravot" va "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig'inlaridagi yo'llarga asfalt qoplamasini yotqizish ishlari boshlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daʼvat

Yurtdoshim, bogʻingga bir nihol qada...

Ayni paytda butun sayyoramizda atrof-muhit muhofazasi va ekologiyaga boʻlgan munosabat eng dolzarb masalalardan biriga aylangani sir emas. Bu borada amalga oshirilishi kerak boʻlgan koʻplab vazifalar orasida koʻkalamzorlashtirish va daraxt ekish, mavjudlarini avaylab-asrash alohida oʻrin tutadi.

Afsuski, ayrim shaxslarning oʻsimlik dunyosiga boʻlgan tajovuzkor harakatlari, shu jumladan, daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq holatlar umumekologik vaziyatning yomonlashishiga sabab boʻlmoqda.

Jumladan, 2022-yilda daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq 180 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan boʻlib, salbiy koʻrsatkich oʻtgan yillarga nisbatan ortganligini koʻrish mumkin.

“Agar dunyoda chang boʻlmaganida, inson ming yil umr koʻrardi”, deb aytgan edi tib ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino. Atrof muhit musaffoligini taʼminlashda esa, daraxtlar insoniyatning beminnat koʻmakchilaridir.

2021-yil 4-noyabrda Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻroni ushbu aksiyaning naqadar dolzarbligini, bu ishga katta masʼuliyat bilan yondashish kerakligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, daraxt ekish har birimizning burchimizga, keng jamoatchilikning vazifasiga aylanishi lozim.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda yiliga 16 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali hududlardagi yashil maydonlarni hozirgi 18 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Hozirda Toshkent viloyatining barcha shahar va qishloqlarida daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamda ish olib borilayotgani tahsinga munosib.

Siz ham nihol eking, bogʻ yarating, “Yashil makon” umummilliy harakatida faol boʻling!

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bo'ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi va tumangaz hodimlari tomonidan davlat tasarufidagi ta’lim muassasalarida targ'ibot ishlarini amalga oshirishdi

🔹 Tadbir davomida o‘quvchilarga 1-mart kunidan 1-aprel kuniga qadar Fuqaro muhofazasi oyligi munosabati bilan zilzila yoki shunga o‘xshash holatlar yuzaga kelganda qanday harakat qilish kerakligi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, elektr va gaz jihozlarini sozligiga eʼtibor qaratishlari, suyultirilgan gaz balonlardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari lozimligi tushuntirilib, mavzuga doir eslatma, buklet va boshqa tarqatma materiallari tarqatildi.

Bo’ka tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi
Eksportyor korxona rahbarlari va xorijiy investorlar bilan uchrashuv o'tkazildi

🔹 Bo'ka tuman hokimi Nizomiddin Abbosov boshchiligida tuman hududidagi eksportyor korxonalar rahbarlari va xorijiy investorlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda xorijiy investorlar va eksportyorlarning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimi yuzasidan takliflar tinglanib, ularni bartaraf etish bo'yicha nazorat rejalar ishlab chiqildi.

✔️ Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-287 son farmonlariga asosan tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Qishloq_xo'jaligi

Bo'kada qishloq xo'jaligi sohasida muhim ahamiyatga ega bio-organik o'simlik yetishtirilmoqda

✔️ Xlorella biologik organik suv o’simligini sanoat miqyosida yetishtirish yarim asrlik tarixga ega. Hosil boʻlgan biomassa qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, parfyumeriya, farmakologiya, tibbiyot va xalq xoʻjaligining boshqa sohalarida qo'llaniladi.

🔹 Bo'ka tumani "Achamayli Fayz-Baraka" mahallasida ish boshlagan "ORGANIC XLORELLA" MCHJ tomonidan xlorella yetishtirish va uni ichki bozorga yetkazib berish faoliyati yo'lga qo'yildi.

Bugun tuman hokimi Nizomiddin Abbosov MCHJ faoliyati bilan tanishish maqsadida xlorella yetishtirish laboratoriyasida bo'ldi. MCHJ rahbari bilan suhbat jarayonida xlorella yetishtirish jarayoni va uni ichki bozorga yetkazib berish bo'yicha fikr almashildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt