BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.08K subscribers
23K photos
1.95K videos
8 files
7.59K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
Tashabbusli byudjet Senat qarori.pdf
1.1 MB
“Tashabbusli byudjet” bo‘yicha senat qarori:

ovoz berish jarayoni davomida fuqarolar tomonidan shikoyatlar kelib tushsa, tegishli tuman (shahar) xalq deputatlari kengashiga taqdimnoma yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topganda majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatish yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqariladi;

So‘nggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahallalar (tashkilotlar) uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhokama
#hokimlik_soati

Dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" o'tkazildi.


🔹 Bugun tuman Madaniyat bo'limida bugungi kunning eng dolzarb masalalari muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" bo'lib o'tdi.

💠 Tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida o'tkazilgan "Hokimlik soati"da sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, hokimlik xodimlari, tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari, maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

🔹 Kun tartibiga asosan
🔸 Energiya samaradorligini oshirish, yoqilg'i-energiya resurslarini iqtisod qilish bo'yicha reja ko'rsatkichlarini bajarilishi va quyosh panellarini o'rnatilishi;
🔸 Bandlik dasturi iyul oyi rejasining mahallalar kesimida bajarilishi va PQ-20, PQ-373, PQ-53 son qarorlar asosida tarqatilgan yerlarning foydalanuvchilarini o'zini o'zi band qilishini rasmiylashtirish holati;
🔸 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan "Surxondaryo tajribasi" asosida Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayevning 2024-yil 16-iyuldagi viloyatda "Ma'naviyat sektori" tashkil etish to'g'risidagi bayoniga asosan tumanda 4 ta sektorga qo'shimcha 5-sektor, "Ma'naviyat sektori"ni joriy qilish;
🔸 Ijro intizomi kabi masalalar yuzasidan mas'ullarning axboroti tinglandi.

💠 Yig'ilish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi.

🔹 Shuningdek, tashkiliy masala ko'rib chiqilib, unda Akbarova Lobar Mashrabxonovnaning tuman hokimining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlanganligi e'lon qilindi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

“Moytepa” mahallasi aholisi uchun jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli o'tkazildi.


🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov, Xalq qabulxonasi mudiri Z.Rahmonqulov, hokim o'rinbosarlari va korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Moytepa" mahallasida fuqarolar uchun jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli tashkil etildi.

🔸 Mahalla fuqarolar yig'inlarida muammolarni o'rganish, shu joydagi fuqarolarning muammo va takliflarini tinglash, aholi sharoitlarini yaxshilash, muammolarni bartaraf etish bo'yicha tuzilgan reja-grafikka asosan o'tkazilgan ushbu qabulda jami 13 nafar fuqarolar tomonidan kommunal soha, moddiy yordam, ijtimoiy nafaqa va tadbirkorlik masalalari bilan bog'liq 16 ta murojaatlar kelib tushdi.

🔹 Qabulda yo'llangan murojaatlarning ayrimlariga tushuntirishlar berildi. O'rganish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar ro'yxati shakllantirilib, nazorat reja ishlab chiqildi va ijroga qaratildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, 2026-yil 1-yanvargacha 3 oydan ko‘p 30 tadan ortiq kasanachilarni jalb qilgan va u asosida ishlab chiqargan mahsulotlardan olgan daromadi jami daromadining 60 foizidan ko‘pni tashkil etgan tadbirkorlar uchun:

🔹foyda va aylanmadan olinadigan soliqning soliq bazasi 50 foizga kamaytirilib hisoblanadi;

🔹ayrim davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi 50 foiz miqdorda belgilanadi;

🔹davlat xaridlari doirasida tuziladigan shartnomalarda buyurtmachilar tomonidan 50 foiz oldindan to‘lov amalga oshirilishi belgilangan.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Boʻka_tumani
#Jarayon

🔹 Tuman aholisiga qulayliklar yaratish, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash maqsadida "Istiqlol dehqon bozori" MChJ hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyat olib bormoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM