BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.08K subscribers
23K photos
1.95K videos
8 files
7.59K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Rasmiy

Faol tadbirkorlarga davlat mukofotlari topshirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi. Ular orasida viloyatimizning yetakchi tadbirkorlari ham bor.

Bugun Qibray tumanida mazkur yuksak davlat mukofotlarini oʻz egalariga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga
rasmiy munosabat

🔹 Bir necha soat oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali "Mirzabek" mahallasi aholisining murojaatlari e'lon qilingan edi.

🔹 Murojaatga asosan, "Mirzabek" mahallasi "Oqtepa" ko'chasidagi holat tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari tomonidan o'rganildi.

💠 O'rganish davomida "Oqtepa" ko'chasida yangi xonadonlarga olib boruvchi yo'l ta'mirtalab holatda ekanligi aniqlandi.

🔺 Mazkur (700 metr uzunlikda) ko'chani shag'allashtirish ishlari 10 kun muddat ichida boshlanishini, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo'shimcha axborot berilishini ma'lum qilamiz.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
🟦🟦🟦🟦

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga tuman hokimligining
rasmiy munosabati

🔹 Bir necha soat oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bo’ka tumani hokimi lavozimni suiste’mol qilmoqdami?” nomli tanqidiy maqola e’lon qilindi.

🔸 Unda keltirilishicha, tuman hokimi tajribali xodimlarni ishdan bo’shatib, o’rniga o’ziga yaqin xodimlarni ishga olganligi, shuningdek xodimlar ishlamayotgan bo’lsa ham ustama va mukofot pullarini olishayotganligi bayon etilgan.

🔺 Qayd etish joizki, davlat fuqarolik xizmati bo’sh ish o’rinlari (vakant lavozimlari) Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (Argos) orqali e’lon qilinishi, ishga kirish istagida bo’lgan fuqarolar ariza topshirish, belgilangan tartibda test sinovlari va suhbatdan o’tish orqali ishga qabul qilinishi belgilab qo’yilgan.

🔻 Tuman hokimligida mavjud (bir necha oy davomida vakant bo’lgan) bo’sh ish o’rinlari ham belgilangan tartibda e’lon qilingan va nomzodlar yuqoridagi bosqichlardan o’tib, tashkiliy kadrlar guruhi va mas’ul xodimlardan iborat ishchi guruh ishtirokida suhbatdan o’tkazilgan va lavozimlarga qabul qilingan.

🔺 Bugungi kunda ham tuman hokimligida mavjud bo'sh ish o'rinlari Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida e'lon qilingan va arizalarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda.

🔹 Shuningdek, tuman hokimligi xodimlarini moddiy rag’batlantirish maxsus jamg’armasi (FMS) hisobidan rag’batlantirish to’g’risidagi qaror imzolangan va hokim hamda o’rinbosarlardan tashqari barcha xodimlar ishchanlik qobiliyatlari va sharoitlaridan kelib chiqqan holda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 5% dan 30% gacha ustama to’lash belgilanganligini ma’lum qilamiz.

🔸 Tuman hokimining topshirig’iga asosan hokim o’rinbosarlari va hokimlikning barcha xodimlaridan manfaatlar to’qnashuviga, shuningdek moddiy manfaatdorlikni ko’zlagan holda korrupsiya holatlariga yo’l qo’ymaslik to’g’risida kafolat xatlari olinib, tashkiliy kadrlar guruhi tomonidan xodimlarning yig’ma jildlariga jamlab kelinadi.

🔹 Ma’lumot o’rnida tuman hokimi hokimlikning barcha xodimlariga bir xil muomalada bo’lib, bu mavzuda xodimlar tomonidan hech qanday e’tirozlar bildirilmaganligini, shaffof tizim yaratilganligini, noqonuniy topshiriqlar berilgan taqdirda yuqori turuvchi tashkilotlar va huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishlari mumkinligi tuman hokimi tomonidan doim ta’kidlab kelinadi.

🔺 Shu o’rinda barcha norasmiy sahifalar egalaridan, tasdiqlanmagan, huquqiy asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab, asossiz va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’lishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga Bo’ka tumani hokimligining
rasmiy munosabati

🔻 BATAFSIL

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Tayinlov

Toshkent viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Tursunov Otabek Ravshanbek oʻgʻli Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi

O.Tursunov 1984 - yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2007-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. 

O. Tursunov ilk mehnat faoliyatini Andijon shahar “Sanoat qurilish temp” MCHJ taʼminotchisi vazifasidan boshlagan. Faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Viloyat hokimi raisligida oʻtgan navbatdagi faollar yigʻilishida Otabek Tursunov yangi rahbar sifatida tanishtirildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi


Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Ulugʻbek Toʻxtayevning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada deputat Fayziyeva Sayyora Mavlonovna Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Zoyir Mirzayev nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qarori bilan Mirzayev Zoyir Toirovich Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi


Unda tuman saylov komissiyasi raisining o'rinbosari M.Madaliyevaning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, tuman Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Toshkent viloyati hokimi tomonidan Bo'ka tumani hokimi lavozimiga Baxtiyor Begmatov nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashining qarori bilan Baxtiyor Paxriddinovich Begmatov Bo'ka tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan materialga
rasmiy munosabat

🔺 Bir necha soat oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali "Yolg'on hisobot asosidagi paxta terimi" nomli post e'lon qilindi.

💠 Unda 2024-yil paxta hosili uchun agrotexnik tadbirlari o'z vaqtida amalga oshirilmaganligi tufayli yerlar tashlandiq bo'lib yotganligi, "reja"ni bajarish uchun fermerlardan pul yig'ilayotganligi qayd etilgan.

🔹 Qayd etish joizki, 2024-yil hosili uchun paxta hosilini yetishtirishda barcha agrotexnik tadbirlar amalga oshirilgan bo'lib, ayni kunlarda tuman bo'ylab paxta yig'im-terim ishlari davom etmoqda.

(Izoh:
- 1-rasmda ko‘rsatilgan manzil sabzavotchilik yo‘nalishida faoliyat yuritib kelayotgan “TNA Agro Invest”MCHJga qarashli 8366-kontur bo‘lib, 2024-yil hosili uchun poliz ekinlari ekilgan va yig‘ib-terib olingan.
- 2-rasmda ko‘rsatilgan manzil ko‘chatchilik yo‘nalishida faoliyat yuritib kelayotgan “Soliyev Xolmat Agro Tomorqa xizmati” MCHJga qarashli 8433-kontur bo‘lib, qishloq xo‘jaligida foydalanmaydigan yer toifasiga kiradi.
- 3-rasmda ko‘rsatilgan manzil paxta-g‘allachilik yo‘nalishida faoliyat yuritgan “APK BUKA”MCHJga qarashli 7600-kontur bo‘lib, 2024-yil hosili uchun paxta yetishtirilgan hamda yig‘ib-terib olingan. Bugungi kunda ushbu yer maydonlarida 2025-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari ekishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.)


🔹 Shu o’rinda, postda qayd etilgan pul yig'ish kabi holatlar kuzatilmaganligini, ijtimoiy tarmoq faollaridan tasdiqlanmagan, huquqiy asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab, asossiz va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’lishi mumkinligini eslatib o'tamiz.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Bo'ka tumani Tibbiyot birlashmasi Tug'ruq bo'limida sodir bo'lgan o'lim holati toʻgʻrisida murojaat tarqaldi.

Mazkur holat hozirda tegishli mutasaddilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida oʻrganilmoqda. Shuningdek, jarayonlar shaxsan tuman prokurori tomonidan nazoratga olingan.

Ayni vaqtda tibbiy ekspertiza jarayonlari o'tkazilmoqda. Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot eʼlon qilinadi.

Shu o'rinda ijtimoiy tarmoq faollari va blog mualliflaridan to'liq ma'lumotga ega bo'lmay turib va barcha tafsilotlar aniqlanmasidan holatni turlicha talqin qilmasliklarini so'rab qolamiz!

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga tuman hokimligining
rasmiy munosabati

🔹 Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Bo'ka tumani 3-sektor hududida joylashgan 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida isitish qozonlari nosoz, xonalardagi harorat sovuq ekanligi yuzasidan tanqidiy videolavha e'lon qilingan edi.

🔹 Bugun tuman hokimi B.Begmatov va Toshkent viloyati hokimining o'rinbosari O.Sultanbekov boshchiligida Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi vakillari, hokim o'rinbosarlari, tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari hamda nuroniylar, mahalla tizimidagi jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur holat o'rganildi.

🔺 O'rganish davomida Maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 10-umumiy o'rta ta'lim maktabi filialida isitish qozonlari me'yorida ishlayotganligi, biroq maktab rahbariyatining mas’uliyatsizligi tufayli o'quv xonalari derazalari plyonkalar bilan qoplanmaganligi, koridorlardagi eshiklarga yopiluvchi mexanizmlar o’rnatilmaganligi sababli xonalardagi harorat pasayganligi aniqlandi. Shu kunning o'zida mas'ullar boshchiligida o'quv xonalari derazalari sovuqdan saqlovchi plyonkalar bilan qoplandi va xonalardagi harorat me'yoriga keltirildi.

💠 Videolavhada maktab (sobiq kollejning bugungi kun talablari asosida qurilgan tipik binosi)da sinf xonalari pollarida linoleumlar yaroqsiz holatda ekanligi ko'rsatilgan bo'lib, mazkur holat maktabning asosiy binosidagi o'quv xonasida ekanligi ma'lum bo'ldi.

💠 O’rganish davomida videolavhada bo’rttirib ko’rsatilgan holatlar aslida kichik kamchiliklar ekanligi, maktab rahbariyatining holat yuzasidan o’z vaqtida xabar bermaganligi tufayli e’tibordan chetda qolganligi, shuningdek Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida kamchiliklarni bartaraf etish uchun byudjetdan tashqari mablag’lari mavjud ekanligi aniqlandi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida mablag' ajratish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔸 Holat shaxsan tuman hokimi tomonidan nazoratga olinganligini, qishki ta'til vaqtida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko'rilishini ma'lum qilamiz.

Ma'lumot uchun, ushbu materialda keltirilgan maktab uchun 2019-yili mahallada joylashgan kollej binosi berilgan. Bu yerda 13 ta sinfda 248 nafar 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar tahsil oladi. Maktabning eski binosi 1988-yilda foydalaniga topshirilgan bo‘lib, ayni vaqtda mazkur binoda boshlang‘ich 8 ta sinfda 153 nafar 1-4-sinf o'quvchilar o‘qimoqda.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga
rasmiy munosabat.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Bo’ka tumani “Bo’ston” mahallasida yashovchi nogironligi bor oila xonadoniga quyosh panellari o’rnatilganligi, biroq xonadonga ulanmaganligi yuzasidan tanqidiy material e’lon qilingan edi.

Haqiqatdan ham, Davlat xaridlari elektron tizimidagi Elektron do'kon platformasi orqali g'olib deb topilgan "SMART WATT" MCHJ tomonidan joriy yil 10-dekabr kuni quyosh elektr stansiyalari, ularning modullarini ishga tushirish va montaj qilish xizmatini ko'rsatish uchun tuzilgan shartnomaga asosan tuman hududida 15 ta ("Cho'lobod" mahallasida yashovchi 8 ta, "Ko'korol" mahallasida yashovchi 5 ta, "Bo'ston" mahallasida yashovchi 2 ta) kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muxtoj aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida ularning xonadonlariga quyosh panelli uskunalarni sotib olish va o’rnatilish ishlarini 1 oy muddatda amalga oshirish belgilangan.

🔺 Qarorga asosan, xonadonlarda quyosh panellarini o’rnatish ishlari boshlangan. Barcha xonadonlarga quyosh panellari metal konstruksiyalari va monokristal panellarini to'liq o'rnatib bo'lingandan so'ng invertor orqali tarmoqqa ulash ishlari bajariladi. Ijtimoiy tarmoq faollarining aniq ma’lumotga ega bo’lmasdan holatga yuzaki yondashganliklari tufayli tushunmovchilik yuzaga kelib, go’yoki quyosh panellari ko’zbo’yamachilik uchun o’rnatilib ketilganligi yuzasidan rasm va qisqa matn e’lon qilingan.

Belgilangan ishlar to’liq yakuniga yetkazilishini, ishlar yakunlangach “mahalla yettiligi” va elektr ta’minoti korxonasi vakillari ishtirokida tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgandan so’ng panellar foydalanishga qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

Shu o’rinda ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalar egalaridan bu kabi tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab, asossiz va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’lishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.

BATAFSIL

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

2025 yil uchun Toshkent viloyati, shuningdek, shahar va tumanlarning budjet ko‘rsatkichlari


1. Toshkent viloyati: https://e-qaror.gov.uz/doc/2187679

2. Olmaliq shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189951

3. Angren shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189682

4. Ohangaron shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189405

5. Bekobod shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189596

6. Chirchiq shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190629

7. Yangiyo‘l shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189397

8. Ohangaron tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189226

9. Bekobod tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191103

10. Oqqo‘rg‘on tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189622

11. Bo‘stonliq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191298

12. Bo‘ka tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189315

13. Yuqorichirchiq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189702

14. Quyichirchiq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189447

15. Zangiota tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191347

16. Qibray tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191258

17. Parkent tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189842

18. Piskent tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190738

19. O‘rtachirchiq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189217

20. Toshkent tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191260

21. Chinoz tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190060

22. Yangiyo‘l tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191173

23. Nurafshon shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190918

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tanqidiy materialga tuman hokimligining
rasmiy munosabati

💠 Bir necha soat oldin ijtimoiy tarmoqlar orqali "Bo'ka tumani markazidagi "klassik bardak" qachon tugaydi?" nomli tanqidiy videomaterial e'lon qilindi.

🔸 Unda tuman markazidan o'tuvchi magistral yo'l atrofi tartibsiz holatga kelib qolganligi, shuningdek sotuvchilar tomonidan noqonuniy savdo nuqtalari tashkil etilib, bu o'z navbatida tartibsizliklar va avtomobillar harakatlanishi uchun noqulayliklar keltirib chiqarayotganligi aks etgan.

🔹 Joriy yilning 25-yanvar kunidan boshlab tuman hokimi B.Begmatov, tuman prokurori B.Yuldashev, IIB boshlig’i R.Abdusamatov, Soliq inspeksiyasi boshlig’i Sh.Xazratov va tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tuman hududidan o'tuvchi magistral ko’cha bo’ylab noturar savdo obyektlarining old qismiga o’zboshimchalik bilan qurilgan hamda o'rnatilgan 14 ta noqonuniy qurilmalar belgilangan tartibda buzilib, 85 ta soyabonli savdo nuqtalari olib tashlandi va tartibga keltirildi. “Shaxzod” bozori oldida joylashtirilgan 20 ta noqonuniy savdo kabinalari (metall va alyumin profillardan yasalgan butkalar) buzildi. Noqonuniy bozor tashkil etilgan hududga kiruvchi (avariya yo’laklaridan tashqari) yo’llar beton to’siqlar bilan to’silib, yuk mashinalarining harakati cheklandi.

🔺 Shuningdek, sotuvchilarga noqonuniy nuqtalarda hamda soliq to'lashdan bo'yin tovlab savdo ishlarini olib borish belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo'lishi, tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bozor hududida barcha qulayliklar mavjud bo’lgan maxsus eko-bozor tashkil etilganligi bo'yicha tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔺 Holat shaxsan tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari tomonidan nazoratga olinganligini, ushbu holatni bartaraf etish uchun barcha kuch va vositalar jalb qilinganligini ma'lum qilamiz.

📷 Jarayonlar fotolavhalarda.

✉️ Telegram | 📱 Instagram |
📱 Facebook | 🌐 YouTube |
🌎 Web-sayt | 📲 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM