BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.07K subscribers
23.1K photos
1.97K videos
8 files
7.66K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#iib

Payshanba - huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan joylarda profilaktik tadbirlar va jinoyat muhokamalari o'tkazilmoqda.

🔺 Bugun 3-sektor hududidagi "Achamayli" MFY da tuman IIB boshlig'i - 3-sektor rahbari Jamoliddin Manazarov, profilaktika inspektorlari va keng jamoatchilik ishtirokida ichki ishlar organlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash, tizimda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish, istiqboldagi aniq vazifalarni belgilab olish, jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarlikni ilk bosqichda aniqlab, oqibatlarini bartaraf etish, profilaktik tadbirlar ta’sirchanligini kuchaytirish masalalarida davra suhbati o'tkazildi.

🔻 Shuningdek, sektor rahbari boshchiligida jinoyat sodir etgan fuqarolar ishtirokida jinoyat muhokamasi o'tkazildi. Unda mahalla fuqarolar yig'ini hududida jinoyat sodir etilishi, jinoyat sodir etish va uning salbiy oqibatlari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Arzikulov Turakul Sadikovich Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

T. Arzikulov 1993-yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot institutini, 1995-yilda klinik ordinatura, 1998-yilda Rossiya xirurgiya ilmiy markazining aspirantura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyat filiali direktori, Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi kabi lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamentida masʼul lavozimda faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#bildirish

🔺 Tuman hokimi tomonidan har haftaning seshanba kunlari tuman hokimligida o'tkaziladigan fuqarolar qabuli endilikda haftaning shanba kunlari o'tkaziladi.

🔺 3-fevral kuni "Beshkapa" mahalla fuqarolar yig'inida MFY fuqarolari uchun tuman hokimining sayyor qabuli bo'lib o'tadi.

🔸 Haftaning shanba kunlari har bir MFY binosida mahalla yettiligining fuqarolar qabulini o'tkazish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

🔹 Shuningdek, tuman hokimining qabullari har bir mahalla fuqarolar yig'inlari hududida har hafta grafik asosida o'tkazilishini ma'lum qilamiz.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy
🟩🟩🟩🟩

Obidov Zoxidjon Muqumjon o'g'li — O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Bo'ka tumani bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

Z.Obidov
1995-yilda Toshkent viloyati Bo'ka tumanida tugʻilgan.
Maʼlumoti – tugallanmagan oliy. Xalqaro Buxgalteriya va moliya universiteti 4-bosqich talabasi.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilini joriy etish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish bo'yicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#davra_suhbati

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida davra suhbati o'tkazildi.


🔹 Bugun Bo'ka tuman tibbiyot birlashmasi faollar zalida tuman hokimining o'rinbosari Odil Djo'rayev, Mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i Toxirjon To'ychiyev va hamkor tashkilotlar ishtirokida tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritib kelayotgan yosh kadrlar uchun mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixiga va ma’naviy qadriyatlariga yuksak hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

🔹 Davra suhbatida mas'ullar tomonidan bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ularning o'qishi va mehnat qilishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilganligi, o'z navbatida yoshlar ham bunga labbay deb javob berishlari lozimligi ta'kidlab o'tildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩
#Seminar
#Argos

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali mas’ul xodimlari tomonidan tuman hokimi, sektor rahbarlari va hokimlik boshqaruv apparati rahbar va xodimlari uchun seminar trening tashkil etildi.

🔸 Seminarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali tomonidan Bo'ka tumani hokimligida yangi tasdiqlangan tuman hokimi, o’rinbosarlari va shu o’rinda sektor rahbarlarining ish faoliyatini jadallashtirish, hokim va uning jamoasini yagona maqsad yo'lida birlashtirish, hokimlik va sektor rahbarlarining samarali faoliyat uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalar tushuntirildi.

🔸 Seminar yakunida tuman hokimi Baxtiyor Begmatov tomonidan seminardan ko'zlangan asosiy maqsad va bugungi kunda davlat xizmatchisi har tomonlama yetuk va bilimli, o'z sohasining malakali mutaxassisi bo'lishi lozimligi ta'kidlandi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob olishdi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fvb

💠 Bo‘ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tuman hududida joylashgan MMTBga qarashli 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida targ‘ibot ishlari olib borildi.

🔺 Targ‘ibot davomida maktab o‘quvchilariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakligi, tuman hududida yuzaga kelayotgan yong‘inlar natijasida ko‘rilgan moddiy zararlar hamda birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalari tushuntirildi.

🔹 Targ‘ibot yakunida Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda 101 yoki 1050 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish kerakligi eslatib o'tildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟩🟩🟩🟩
#Seminar
#Argos


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali mas’ul xodimlari tomonidan tuman hokimi, sektor rahbarlari va hokimlik boshqaruv apparati rahbar va xodimlari uchun seminar trening tashkil etildi.

🌐 Jarayonlar qisqa videolavhada

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM