BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.4K photos
1.91K videos
8 files
7.39K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#uchrashuv

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvida muammo va takliflar tinglanib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

🔺 Ma’lumki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ularga zarur sharoitlar yaratish, muammolarini o‘rganish va bu borada amaliy yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔺 Bugun yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning hayotida uchrayotgan muammolarini hal qilish, taklif va fikrlarini o‘rganish maqsadida Toshkent viloyati IIBB MMI va KBTX boshlig'ining o'rinbosari mayor Z.Mirzababoev boshchiligida yoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

🔺 Mazkur uchrashuvda bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, yanada g‘ayrat-shijoat bilan olg‘a intilish, Vatan koriga yaraydigan munosib farzand bo‘lishga harakat qilishlari lozimligi ta'kidlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
#yashil_makon
🟦🟦🟦

“Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”


🔸 Respublikada ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirilishi muhim qadam bo‘ldi.

🔺 Bugun Bo'ka tumani Bo'ston hududidagi "Bahodir Javohir Agro" fermer xo'jaligi dala maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar, dala chetlariga ko'chat ekishni tashkil qilish va parvarishlash yuzasidan seminar o'tkazildi.

Seminarda Toshkent viloyati Qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Sh.Xaydarov, Toshkent viloyati Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi X.Niyozov, viloyatdagi tumanlar hokimlarining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosarlari, tegishli mutasaddilar va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

🔹 Mas'ullar tomonidan har bir fermer xo'jaligi rahbari dala chetlarini tartibga keltirish va "yashil zona"larni tashkil etish, ko'chat ekishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar, shuningdek zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan zarur ma'lumotlar berildi.

🔹 Seminar ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javoblar olishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида йирик транспорт-логистика объектларини фойдаланишга топшириш маросими бўлиб ўтди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Qishloq xo'jaligi: Kuzgi “raskopka” nima uchun kerak?

🔺 Har yili zararli organizmlar (zararkunanda, kasallik va begona oʻt) tufayli hosilning qariyb 35-40 foizi yoʻqotilishi  mutaxassislar tomonidan isbotlangan.

🔺 Qishloq xoʻjaligida zararli organizmlarning rivojlanish, tarqalishini toʻgʻri bashorat qilinsa, oʻz vaqtida kimyoviy vositalarsiz qarshi kurash ishlarini olib borishga, organik mahsulotlar yetishtirishga, fitosanitar toza eksportbop mahsulotlarni yetishtirishga zamin yaratiladi.

💠 Kuzgi yer kovlash ishlarini olib borishdan maqsad:

- qishlovga ketgan zararkunandalarning soni;
- tur tarkibini;
- qishlovdan chiqishi;
-  xavf darajasini baholash.

🔸 Qishga tayyorgarlik darajasini baholash: Zararkunandalar qishlash uchun qaysi chuqurlikda va qanday holatda joylashganini bilib olish, bu esa ularning omon qolish imkoniyatini baholashga yordam beradi;

🔺 Kelgusi mavsum uchun zararkunandalar sonini prognoz qilish: qishlashga kirgan zararkunandalar sonini aniqlash orqali kelgusi vegetatsiya davrida ular qanchalik xavf tugʻdirishi mumkinligini aniqlashda muhim.

🔹 Samarali profilaktika choralarini ishlab chiqish: yer kovlash natijalariga asoslanib, kelgusi mavsumda zararkunandalarga qarshi qanday profilaktik va kurash choralarini koʻrishni rejalashtirish mumkin boʻladi.

🔺 Tuproq qazishda tuproqda qishlovchi zararkunandalar va kasalliklar, tuproqda qishlovchi zararli organizmlar tur tarkibi, tarqalishi, populyatsiya zichligi va hayotiyligini aniqlash imkonini beradi.

🔻 Tuproq sirtida va oʻsimlik qoldiqlarida uchrovchi zararkunanda va kasallik qoʻzgʻatuvchilarini hisobga olish uchun har bir maydonda namunalar olinadi.

🔹 Namunalar 25x25 sm, 50x50 sm, 100x100 sm xajmli kvadrat yoki choʻziq 40x100 sm shaklida boʻladi.
Namunalar diagonal yoki shaxmat (random) usulida olinadi.

🔸 Namuna soni 10 gektarda 8 ta, 11-50 gektarda 12 ta, 51-100 gektarda kamida 16 ta boʻlishi kerak.

Tuproq kovlash ishlari aholi punktlari yaqinida, uy parrandalari kirishi mumkin boʻlgan joylarda amalga oshirilmaydi, chunki bunday holatlarda natijalar ishonchli boʻlmaydi. Zararkunandalarning birinchi paydo boʻlishini aniqlash uchun tipik joylarni tanlash juda muhim.

O'simliklar karantini va himoyasi Bo'ka tuman bo'limi

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024

🚫Qonunchilikka ko'ra, Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo'l qo'yilmaydi.

🔍 Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyatdir.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#o'rganish
#IIV


IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig'i boshchiligidagi ishchi guruh vakillari ishtirokida mahallalarda o'rganish o'tkazilmoqda.


🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariyati topshirig'iga asosan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig'i - polkovnik Sh.Uralov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari "qizil toifa"dagi mahallalarda, jumladan Bo'ka tumani 3-sektor hududidagi "Rovot" mahallasida bo'lib, oilalarga amaliy yordam ko'rsatish, ish bilan ta'minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, jamoat xavfsizligini ta'minlash va probatsiya hisobida turgan fuqarolar bilan ishlash holati o'rganildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM