BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.31K subscribers
25.2K photos
2.14K videos
8 files
8.3K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#murojaat

Tuman hokimi aholidan kelib tushgan murojaatlarni o'rganish maqsadida hududlarda bo'ldi.


Bugun tuman hokimi B.Begmatov aholidan kelib tushgan murojaatlarni shaxsan o'rganish, ularga yechim topish maqsadida qator mahallalarda bo'ldi.

🔹 Dastlab tuman hokimi "Chavlisoy" mahallasida aholi bilan uchrashib, ular tomonidan ko'tarilgan ichimlik suvi muammosini bartaraf etish, unga qadar aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash choralarini ko'rish lozimligi, maxsus suv tashish texnikalari orqali suv yetkazib berishni yo'lga qo'yish lozimligi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔹Shundan so'ng, tuman IIB boshlig'i J.Manazarov bilan birgalikda "O'rtatepa" mahallasida bo'lib, aholi tomonidan yo'llangan murojaatga asosan ichki yo'llar holati ko'zdan kechirildi. Aholi tomonidan ichki yo'llarni ta'mirlash bo'yicha ko'tarilgan masalani ijobiy hal qilish, shag'al mahsulotini olish uchun moratoriy e'lon qilinganligi tushuntirilib, yaqin vaqt ichida ko'chalarni shag'allashtirish choralari ko'rilishi ma'lum qilindi.

🔹 Shuningdek, aholi vakillari yaroqsiz holga kelib qolgan elektr tarmoqlari o'tkazilgan ustunlarni almashtirish bo'yicha murojaat yo'llashdi. Tuman hokimi tomonidan ustunlarni almashtirish bo'yicha amaliy ishlar 5 kun muddat ichida boshlanishi va muammoni bartaraf etish ishlari shaxsan nazoratga olinishi aytib o'tildi.

🔺 "Mahalla yettiligi" tomonidan ichki ko'chalarni asfaltlashtirish taklifi "Tashabbusli byudjet" loyihasiga kiritilganligi ma'lum qilinib, mahalla aholisi birlashib ovoz yig'ish orqali ichki ko'chalarni asfaltlashtirish choralari ko'rilayotganligi bo'yicha ma'lumot berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhokama

Mahallalardagi obodonlashtirish holati hamda umumta'lim maktablarining yangi o'quv yiliga tayyorgarligi muhokama qilindi.


🔹 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida muhokama yig'ilishi o'tkazildi.

🔹 Tuman prokurori B.Yuldashev, IIB boshlig'i J.Manazarov va DSI boshlig'i Sh.Xazratov, hokim o'rinbosarlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, umumta'lim maktablari direktorlari va mahalla raislari ishtirokida o'tgan ushbu yig'ilishda tuman hududidagi 44 ta mahallalarda obodonlashtirish holati, shuningdek umumta'lim maktablarining 2024-2025-o'quv yiliga tayyorgarlik ishlarining borishi yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi.

🔹 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlarni to'g'ri tashkil qilish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_fikrim

Berdiyor Djoldasov - “Parkent” mahallasi yoshlar yetakchisi

Mahalla yettiligi, jumladan yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_fikrim

Charos Abdurasulova - Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Bo'ka tumani bo'linmasi rahbari


Ma'naviyat va ma'rifat yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hususida

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalq_deputatlari
#Sessiya

📍 Bugun Xalq deputatlari Bo'ka tuman Kengashining navbatdagi VI-chaqiriq 98-sessiyasi bo'lib o'tdi.

🟢 Tuman Kengashi deputatlari, hokim o'rinbosarlari va tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o'tgan sessiya kun tartibiga muvofiq
🔸 Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashida saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida;
🔸 Xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi" tarkibiga o‘zgartirish kiritish;
🔸 Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisini vazifasidan ozod etish to'g'risidagi masalalar ko'rib chiqildi.

🔹 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi hamda tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

“Hokim va yoshlar uchrashuvi”: muammolar va takliflar tinglanib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi


🔸 Bugun "Bo'ka" mahallasi idorasida tuman hokimi B.Begmatov, hokim o'rinbosari O.Djo'rayev, tegishli korxona-tashkilot rahbarlari va yoshlar ishtirokida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi.

🟢 Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning hayotida uchrayotgan muammolarini hal qilish, ijobiy yechim topish, taklif va fikrlarini o‘rganish maqsadida o'tkazilgan mazkur uchrashuvda tuman hokimi tomonidan bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, yanada g‘ayrat-shijoat bilan olg‘a intilish, Vatan koriga yaraydigan munosib farzand bo‘lishga harakat qilishlari lozimligi ta'kidlandi.

🔸 Uchrashuv davomida 13 nafar yoshlardan 15 ta murojaatlar kelib tushdi. Yoshlarning murojaatlari bilan birgalikda takliflari ham tinglandi hamda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tuman hokimiga murojaat qilib, tegishli javoblar olishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM