BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.9K photos
1.95K videos
8 files
7.58K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Xushxabar

Boʻka va Piskent tumanida birinchilardan boʻlib, pilla rejasi bajarildi

Boʻka tumani pillakorlari tomonidan bu yil 3636 quti ipak qurti parvarishlandi, 215,1 tonna “kumush tola” yetishtirilib, viloyatda birinchilardan boʻlib rejani bajardi.

Taʼkidlash joizki, tumandagi 556 ta fermer xoʻjaliklari va 651 nafar kasanachilar bilan “Tashkent Silk Pro” MCHJ korxonasi oʻrtasida pilla yetishtirish boʻyicha shartnomalar hamda fermer xoʻjaliklari bilan 3391 nafardan ziyod qurt boquvchilar oʻrtasida ichki mehnat shartnomalari tuzildi.

Tuman boʻyicha qoʻshimcha yana 19 tonna pilla yetishtirish va rejani ortigʻi bilan bajarish yuzasidan zarur choralar koʻrilmoqda.

Piskent tumani boʻyicha ham joriy yilda 2840  quti ipak qurti parvarishlandi. Bugun tuman pillakorlari 168, 1 tonna  davlat shartnoma rejasini uddaladi. Jarayonda 6 ming 130 nafar yoshlar ishtirok etdi. Yosh pillakorlarga bosh agronom Sanobar Joʻrayeva oʻz tajribalarini ayamadi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qurilish

Tuman hokimining o'rinbosari ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.


🔸 Toshkent viloyati hokimining 2024-yil 17-apreldagi 284-10-0-Q/24-sonli qaroriga asosan Bo'ka tumani "O'zbek" mahallasi hududida joylashgan 4-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, O'zbekiston Respublikasi prezidentining 25.12.2023-yildagi PQ-404-sonli qarorlariga asosan "Navro'z" mahallasida joylashgan 5-sonli, shuningdek, "Baxmal" mahallasida joylashgan 45-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan edi.

🔸 Bugun tuman hokimining o'rinbosari X.Ashurov amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida mazkur obyektlarda bo'ldi.

🔸 Hokim o'rinbosari tomonidan ishlarni sifatli bajarish, shuningdek obyektlarni o'z vaqtida foydalanishga topshirish lozimligi ta'kidlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maktab

Bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalariga o'qishga yo'naltirish, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik, yozgi ta'tilni mazmunli tashkil etish kabi masalalari muhokama qilindi.

🔺 Kuni kecha tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimining o'rinbosari O.Djo'rayev boshchiligida ta'lim-tarbiya tizimiga oid masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

🔸 Yig'ilishda maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari, umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi.

🔺 Unda bitiruvchi yoshlarni OTM larga o'qishga yo'naltirish, yozgi ta'til vaqtida yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishni tashkil etish, shuningdek maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiyani yaxshilash, oziq-ovqat ta'minoti sifatiga e'tibor qaratish kabi masalalari ko'rib chiqildi.

🔸 Shuningdek, mas'ullarga yozgi ta'til davomida sportning futbol, basketbol, mini futbol, stol tennisi, voleybol, shaxmat, shashka turlari bo'yicha o'g'il va qiz bolalar o'rtasida musobaqalar tashkil etish, bu orqali yoshlarni sportga jalb qilish vazifasi yuklatildi.

🔺 Yig'ilishda amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilinib, maktab direktorlarining taklif va mulohazalari tinglandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar DIQQATIGA!!!

E-auksion.uz savdo platformasida Toshkent viloyati hududidan 3300 dan ortiq bo'lgan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 602 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 246 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 522 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 232 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 302 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 21 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 156 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 135 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 79 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 34 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 190 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 137 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 139 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 63 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 135 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 112 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 197 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 43 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 16 ta (Ko'rish)

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimlik_soati

Hafta davomida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi
.

🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida joriy haftadagi vazifalarni belgilab olish hamda muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi "Hokimlik soati" o'tkazildi.

🔸 Hokim o’rinbosarlari, hokimlik xodimlari, korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va ijtimoiy xodimlar ishtirokida o'tgan mazkur yig'ilishda
🔸 Byudjet tushumlarining iyun oyiga belgilangan prognoz ko'rsatkichlari bajarilishi;
🔸 Bandlik dasturi rejasining yanvar-iyun oylari rejasi ijrosining borishi;
🔸 Obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, "Bo'ka - Bekobod" yo'nalishi bo'yicha avtomagistral yo'l atroflarini obodonlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati;
🔸 Ijro intizomi masalalari muhokama qilindi.

🔹 Yig'ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi. Tuman hokimi tomonidan mazkur yo'nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mas'ullarga ishlarni tashkillashtirish bo'yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM