BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.03K subscribers
22.5K photos
1.92K videos
8 files
7.43K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#muhokama

Tuman hokimi raisligida hafta davomida amalga oshiriladigan muhim masalalar muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" yig'ilishi o'tkazildi


🔺 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida Bo'ka tumani hokimi B.Begmatov raisligida o'tgan haftada amalga oshirilgan ishlar va hafta davomida bajariladigan tadbirlar muhokamasiga bag'ishlangan hokimlik soati yig'ilishi o'tkazildi.

🔸 Sektorlar, hokim o'rinbosarlari, hokimlik apparat xodimlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari ishtirok etgan mazkur yig'ilishda
🔹 Tumanda aholi tomorqalari, dehqon xo'jaligi yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etishda "mahalla yettiligi" tomonidan olib borilgan ishlar;
🔹 Bandlik dasturining 1-chorak ijrosi bajarilishini tanqidiy ko’rib chiqish;
🔹 Mahalliy byudjet tushumlari 1-chorak ijrosi, jumladan mart oyiga belgilangan prognoz ko'rsatkichlarining bajarilishi;
🔹 "Bo'ka-Bekobod" yo'nalishi bo'yicha avtomagistral yo'l atrofini obodonlashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 Pilla hosili uchun ipak qurti boqish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil qilish va boshqa masalalar ko'rib chiqildi.

🔸 Yig'ilish davomida reglamentga rioya qilmagan korxona-tashkilot rahbarlari va mahalla vakillariga tanbeh berildi.

🔹 Shuningdek, korxona-tashkilotlarda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning mavjud soliq qarzdorliklarini undirishda jonbozlik ko’rsatgan Obodonlashtirish boshqarmasi, Irrigatsiya va MMT bo'limi boshliqlari qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

🔹 Bandlik dasturi rejasi bajarilshida sustkashlikka yo'l qo'yganliklari tufayli qator mas'ullarga xayfsan intizomiy jazosi qo'llanildi.

🔺 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish, ko‘rilgan masalalar ijrosini ta'minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#agrar_soha

Bo'kada 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish ishlariga qizg‘in kirishildi.


🔸 Bugun "Do'stlik" hududidagi "APK Bo'ka" MChJ dala maydonida tuman hokimi B.Begmatov, sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi masʼullari, fermerlar, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari rahbarlari hamda nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmali amaliy seminarda mavsum oldidan agrotexnik chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔹 Dastlab jonliq so‘yilib, dehqonlarning ishiga unum, el dasturxoniga to‘kinlik, yurtimizga tinchlik tilab, duolar qilindi.

🔸 Joriy yilda tumanda jami 11 ming 900 gektar maydonga chigit ekilib, sanoat uchun qimmatbaho xomashyo yetishtirish maqsad qilingan.

🔹 Seminarda soha mutaxassislari tomonidan chigitni qisqa muddatlarda sifatli ekib, 10-aprelga qadar yakunlash hamda undirib olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

🇹🇷 Shuningdek, seminarda Turkiyalik mutaxassislar tomonidan suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, tomchilatib sug'orish va g'allani parvarishlashda kimyoviy o'g'itlarni qo'llash kabi mavzularda muhim ma'lumotlar berildi.

🔹 Mas'ullar tomonidan bugungi kunda kuzatilayotgan suv tanqisligi muammosidan kelib chiqqan holda ilg'or suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va shu orqali sug'orishni tashkil qilish bo'yicha topshiriq berildi.

🔸 Seminar doirasida yuqori hosildor chigit va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, kimyoviy o‘g‘itlar namunalari, texnikalardan iborat qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM