#byudjet_tushumlari
#tomorqa
Byudjet tushumlari va tomorqalardan samarali foydalanish holati muhokama qilindi
🔹 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida hokim o'rinbosarlari, tegishli korxona-tashkilotlar mas'ullari, hokim yordamchilari ishtirokida aholining tomorqalardan samarali foydalanish holati va byudjet tushumlari masalalari muhokama qilindi.
🔺 Yig’ilishda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlarini yanada jadallashtirish, shuningdek har bir mahalla va ijtimoiy soha obyektlarida "Yashil bog'"larni tashkil qilish, xonadonlarda terak qalamchalari, rayhon va atirgul kabi gullarni ekishni mahalla raislari, nuroniylar va deputatlar ishtirokida tashkil etish lozimligi ta'kidlandi.
🔺 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan har bir mas'ulga aniq vazifalar belgilab berildi, ishlarni hamkorlikda tashkil qilish, belgilangan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
#tomorqa
Byudjet tushumlari va tomorqalardan samarali foydalanish holati muhokama qilindi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
Tuman hokimi 43-son manzil koloniyasidagi holatni ko'zdan kechirdi.
🔺 Bugun tuman hokim B.Begmatov tuman DSI boshlig'i Sh.Xazratov bilan birgalikda 4-sektor hududida joylashgan 43-son manzil koloniyasining bugungi holati, hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va obodonlashtirish tadbirlari bilan tanishdi.
🔹 Mas'ullar koloniya rahbariyati hamrohligida yangi qurib bitkazilgan mahkumlarning oila a'zolari bilan uchrashuv xonasi, hududda tashkil etilgan yashil zonalar, qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.
🔸 Shuningdek, tuman hokimi boshchiligida jazo muddatini o'tayotgan yoshlar bilan uchrashuv o'tkazib, jazo muddatini o'tab ozodlikka chiqqandan so'ng bu kabi xatoliklarga qayta qo'l urmasliklari, jinoyatga jazo muqarrar ekanligi, bugungi kunlaridan tegishli hulosa chiqarib, kelgusida oila bag’riga qaytgandan so’ng vatanimizga nafi tegadigan haqiqiy vatanparvar fuqarolar bo'lishlari lozimligi ta'kidlandi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Tuman hokimi 43-son manzil koloniyasidagi holatni ko'zdan kechirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
"O'zbekiston | 24" telekanali orqali efirga uzatilgan tanqidiy material yuzasidan rasmiy munosabat.
Kuni kecha "O'zbekiston | 24" telekanali orqali Toshkent viloyati hokimligining tegishli tashkilotlari tomonidan shartnoma ijrosi to‘liq nazoratga olinmagani sabab Bo‘ka tumanidagi bir nechta ma’muriy binolar hamda aholi xonadonlariga sifati kafolatlanmagan, ishlab chiqaruvchisi noma’lum bo‘lgan quyosh panellari va uskunalari o‘rnatilgani haqida tanqidiy material e'lon qilingan edi.
Qayd etish joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentyabrdagi PF-220-sonli farmoni asosida Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayevning farmoyishi imzolangan. Unga ko'ra viloyat mahalliy byudjeti hisobidan "Temir daftar"larga kiritilgan ehtiyojmand oilalarni qayta tiklanuvchi energiya manbaalari bilan ta'minlash maqsadida quyosh panellarini o'rnatish ishlari boshlangan.
Belgilangan tartibda (ro'yhat asosida) xonadonlarga 1 kV quvvatga ega quyosh panellari o'rnatilgan va soz holatda foydalanishga topshirilgan.
Videolavhada qayd etilgan holat yuzasidan o'rganish ishlari olib borilayotganligini, shratnomada ko'rsatilgan talablar to'liq bajarilganligi yuzasidan o'rganish ishlari yakunlangach qo'shimcha ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.

#muhokama
"Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni"da kechiktirib bo’lmaydigan masalalar muhokama qilindi.
🔹 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida "Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni" munosabati bilan kechiktirib bo'lmas masalalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.
🔺 Sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, qishloq xo'jaligi tashkilotlari rahbarlari, hudud raislari, klasterlar va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etgan mazkur yig'ilishda
🔸 2024-yil hosili uchun chigit ekish ishlarini qisqa muddatlarda o’tkazish;
🔸 2024-yil g’alla hosili uchun boshoqli don ekinlarini parvarishlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish;
🔸 Fermer xo‘jaliklari hisobidagi ichki ariqlarni betonlashtirish, joriy yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, dala chetlariga daraxt ko’chatlarini ekish;
🔸 2024-yil pilla hosili uchun ipak qurti boqish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil qilish kabi muhim masalalar ko'rib chiqildi.
🔹 Muhokamalar davomida soha mas’ullari va qishloq xo'jaligi tashkilotlari rahbarlarining hisoboti tinglanib, kelgusi vazifalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
"Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni"da kechiktirib bo’lmaydigan masalalar muhokama qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM