BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.41K subscribers
26.2K photos
2.22K videos
8 files
8.63K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

🔺 Tuman hokimi tomonidan har haftaning seshanba kunlari tuman hokimligida o'tkaziladigan fuqarolar qabuli endilikda haftaning shanba kunlari o'tkaziladi.

🔺 2-mart kuni "Qoraqo'yli" mahalla fuqarolar yig'inida mahalla fuqarolari uchun tuman hokimining sayyor qabuli bo'lib o'tadi.

🔸 Haftaning shanba kunlari har bir mahalla binosida mahalla yettiligining fuqarolar qabulini o'tkazish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

🔹 Shuningdek, tuman hokimining qabullari har bir mahalla fuqarolar yig'inlari hududida har hafta grafik asosida o'tkazilishini ma'lum qilamiz.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#maktab

Maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, davomat va obodonlashtirish holati o’rganilmoqda.


🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida hokim o’rinbosari O.Djo’rayev va mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birga tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 29 va 51-umumiy oʻrta taʼlim maktabida bo’lib, maktabdagi taʼlim-tarbiya jarayoni va o’quvchilar davomati o’rganildi.  

🔺 O’rganish davomida maktabdagi dars mashgʻulotlari bilan tanishib, oʻquvchilar davomatini qatʼiy nazorat qilish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli sport musobaqalarini oʻtkazish, shuningdek maktab hududida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish kerakligi boʻyicha maktab masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbirkorlik

Xususiy korxonalar faoliyati o’rganildi

🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov tumanda faoliyat yuritib kelayotgan xususiy korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

🔺 Jumladan, “Yangiobod” mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan tashkil etilgan dukkakli don mahsulotlarini qadoqlab iste'molchilarga yetkazib berish korxonasida bo’lib, uning faoliyati va unda amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi.

🔺 Tuman hokimi tomonidan korxona faoliyatini yanada kengaytirish orqali yangi ish o’rinlarini yaratish, hozirda norasmiy tarzda faoliyat yuritib kelayotgan ishchi xodimlarni rasman ish bilan band fuqaro sifatida rasmiylashtirish lozimligi bo’yicha ko'rsatma berilib, bu borada uchraydigan barcha muammolarni yechishda amaliy yordamga tayyor ekanligini bildirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦🟦
🟩🟩🟩

“Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.”

Amir Temur

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#probatsiya

Jazoni ijro etish muassasasida davra suhbati o'tkazildi.


🔸 Bo‘ka tumanida joylashgan 43-sonli manzil koloniyasida Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan O.Egamov va inspektor kapitan S.Anvarov boshchiligida jazoni o‘tayotgan mahkumlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

🔺 Unda ozodlikka chiqib probatsiya guruhida jazo o‘tash tartib-qoidalari tushuntirib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

🔺 Elektr ta'minotida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida 04.03.2024-yil kuni soat 08:00 dan 17:00 gacha

⚡️ "Katta Ravot"
⚡️ "Istiqlol"
⚡️ "Navobod"
⚡️ "Istiqlol"
⚡️ "O'rta tepa"
⚡️ "Baxmal"
⚡️ "Bo'ston"
⚡️ "Cho'lobod"

mahallalaridagi ayrim ko’chalarda elektr ta'minotida vaqtincha uzilishlar kuzatiladi. Ta'mirlash ishlari yakunlangach elektr ta'minoti qayta tiklanishini ma'lum qilamiz.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!

Bo'ka tuman elektr ta'minoti korxonasi

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhokama

"Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni"da dolzarb masalalar muhokama qilindi.


🔹 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida "Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni" munosabati bilan kechiktirib bo'lmas masalalar muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

🔺 Sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, qishloq xo'jaligi tashkilotlari rahbarlari, hudud raislari, klasterlar va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etgan mazkur yig'ilishda
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15-sonli qarori ijrosi hamda yoshlarga dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish;
🔸 2024-yil hosili uchun urug‘lik chigit tayyorlash;
🔸 Fermer xo‘jaliklari hisobidagi ichki ariqlarni betonlashtirish, joriy yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
🔸 2024-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini parvarishlash, oziqlantirish tadbirlarini borishi kabi muhim masalalar ko'rib chiqildi.

🔹 Muhokamalar davomida har bir kamchilik yuzasidan soha mas’ullari va qishloq xo'jaligi tashkilotlari rahbarlarining hisoboti tinglanib, kelgusi vazifalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM