BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.08K subscribers
23K photos
1.96K videos
8 files
7.59K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
🟦🟦🟦
#madaniy_tadbir

Ikki buyuk mutafakkir tavalludi munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

🔸 So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan xalqimizning ulug‘ daholari, mutafakkirlari hayoti va ijodi, boy ilmiy merosini o‘rganish, tadqiq etish, ularning nomi va xotirasini abadiylashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

💠 Jumladan, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shox va shoir, buyuk sarkarda va davlat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, jahon tamadduniga salmoqli hissa qo‘shgan Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosini keng targ‘ib etish bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔺 Shu munosabat bilan bugun Bo‘ka tumani Madaniyat markazida madaniy-marifiy tadbir o'tkazildi. Markazning xonandalari va maqom ansambli vakillari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar va badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga yanada ko'tarinki kayfiyat baxsh etdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fvb

Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda.


🔸 Bo‘ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tuman hududida joylashgan SHXT Davlat arxivida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerakligi, xonalarda turgan birlamchi o‘t o‘chirish vositalaridan foydalanish qoidalari hamda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda binodan qanday chiqish kerakligi va favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi tushuntirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav

🔸 Bo'ka tumanida "Ayollar ma'rifati" kuni o'tkazildi.

🔹 Batafsil "Nurafshon" telekanali lavhasida

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Hokim qabulida ko'tarilgan masalalar yechim topmoqda.

🔻 Xabaringiz bor, Bo'ka tumani hokimi tomonidan haftaning shanba kunlari tasdiqlangan reja-grafikka asosan har bir mahalla fuqarolar yig'inlari hududida jismoniy va yuridik shaxslarning qabullari o'tkazilib, unda fuqarolar tomonidan turli sohalardagi murojaatlar kelib tushmoqda. O'z navbatida murojaatlar asosida nazorat reja ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirilmoqda.

🔺 Murojaatlarga asosan tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan "Beshkapa", "Qoraqo'yli", "Jo'raobod", "Qo'ldoshtepa", "Navobod" va "Yangiqo'rg'on" mahallalarida yog'och ustunlarni yangilash, tarmoq kabellarini tortish va tarmoqlarda ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_541

14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bugun yurtimiz bo‘ylab Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda buyuk bobokalonimizning 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, "Mubayyin", "Xatti Boburiy", "Harb ishi", Aruz haqidagi risolalari islom huquqshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalari rivojida munosib o‘ringa ega.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#sud

💠 Bugun huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, tumandagi korxona, muassasa va tashkilot rahbar va xodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

➡️ BATAFSIL

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#issiqxona_faoliyati

Tuman hokimi "Cho'lobod" mahallasidagi xonadonlardan birida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi

🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov DSI boshlig'i Sh.Xazratov bilan birgalikda "Cho'lobod" mahallasida yashovchi Xusan Bo'riboyev xonadonida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi.

🔺 Qayd etish joizki, X.Bo'riboyev tomonidan 10 sotix yer maydonida termos usulida tashkil etilgan issiqxonada karom (chimchi) mahsuloti yetishtiriladi va qo'shni Qozog'iston Respublikasiga eksport qilinadi.

🥬 X.Bo'riboyevning ma'lum qilishicha ushbu issiqxonada bir mavsumda o'rtacha 10 tonnagacha mahsulot yetishtiriladi va 50 million so'mgacha daromad keltiradi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Irrigatsiya tizimlarini betonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda
.

🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yilning 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi videoselektor yig‘ilishda yangi yil O‘zbekistondagi suv xo‘jaligida “Kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilindi.

💠 Irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarida ish ayni qizigan qishki mavsumda Bo'ka tumanida dekabr-mart oylarida jami 126,2 kilometr uzunlikdagi ariq-zovurlarni ta'mirlash rejalashtirilgan bo'lib, bugungi kunda fermer xo'jaliklari tomonidan ushbu rejani ortig'i bilan bajarish choralari ko'rilmoqda.

🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov va 4-sektor rahbari - DSI boshlig'i Sh.Xazratov birgalikda fermer xo'jaliklari dala maydonlarida amalga oshirilayotgan betonlashtirish ishlari va agrotexnik tadbirlarni ko'zdan kechirdi.

🔺 Tuman hokimi tomonidan ishlar sifatli bajarilishi lozimligi, bu esa o'z navbatida kelgusi dehqonchilik mavsumida ekin yerlariga suvni ravon va ortiqcha isrofgarchiliksiz yetib borishini ta’minlashi, shuningdek ariq-zovurlarni betonlashtirish ekinalarni sug'orish harajatlarini sezilarli darajada tejab qolinishiga zamin yaratishi tushuntirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM