BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.3K photos
1.91K videos
8 files
7.37K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Jarayon

✔️ Bo'ka tuman elektr ta'minoti korxonasi xodimlari tomonidan 3-sektor hududidagi "Beshkapa" MFY da temir-beton ustunlar o'rnatish, nosoz transformatorlarni ta'mirlash va tarmoq kabellarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Qaror_ijrosi
#PQ_408

Xalq farovonligi yo'lidagi ishlar sifatli va o'z vaqtida amalga oshirilishi lozim

🔰 Xabaringiz bor O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25-oktyabrdagi PQ-408 sonli qaroriga asosan respublikamizning barcha hududlarida bo'lgani kabi Bo'ka tumanida ham aholiga qulaylik yaratish, infratuzilmani yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹 "Yangiobod" MFY da umumiy qiymati 1,4 mlrd. so'm bo'lgan ichimlik suvi tarmog'ini tortish ishlari boshlangan.

Bugun tuman hokimining o'rinbosari Xusan Ashurov PQ-408 sonli qarorda ko'zda tutilgan "Yangiobod" MFY da aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida olib borilayotgan qurilish ishlari sifati bilan tanishdi.

✔️ Hokim o'rinbosari tomonidan pudratchi tashkilot mas'ullariga olib borilayotgan qurilish ishlarini o'z vaqtida va sifatli bajarishga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Imtiyozlar_1
#PF_287

"RESPUBLIKA HUDUDLARINI TOIFALARGA AJRATISH VA TADBIRKORLIKNI
QO‘LLAB-QUVVATLASHNING TABAQALASHTIRILGAN TIZIMINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"
gi PF-287 son qaroriga asosan hududlar 5-toifaga ajratilgan bo'lib, Bo'ka tumani 4-toifadagi hududlar ro'yhatiga kiritilgan. Unga ko'ra,
__________________________________________________
- Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi hisobidan:
💧 Sug'orish vositalarini harid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha SUBSIDIYALAR AJRATILADI.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Imtiyozlar_2
#PF_287

4-toifaga kiritilgan hududlarga Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi hisobidan:
♻️
Ishsiz fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar aʼzolari va tashqi mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha SUBSIDIYA BERILADI.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Imtiyozlar_3
#PF_287

4-toifaga kiritilgan hududlarga Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi hisobidan:
🪚
“Usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga (kulollarga) shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha SUBSIDIYALAR BERILADI.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Murojaat_va_yechim

✔️ Xabaringiz bor, haftaning seshanba kuni doimiy tarzda tuman hokimining fuqarolar qabuli o'tkazib kelinadi.

♻️ Qabulda fuqarolar tomonidan ko'tarilgan masala atroflicha o'rganilib, tegishli tartibda amaliy yordam yoki huquqiy tushuncha beriladi.

Bugun tuman hokimi Nizomiddin Abbosov qabulda ko'tarilgan masalalarga yechim topish maqsadida tumandagi "Katta ravot" va "Ravot" mahalla fuqarolar yig'inlarida bo'lib, masala yuzasidan fuqarolar bilan suhbatlashdi.

🔹 Suhbat jarayonida fuqarolar tomonidan ko'tarilgan masalalar tinglanib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Imtiyozlar_4
#PF_287

4-toifaga kiritilgan hududlarga Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi hisobidan:
📢
Shogirdlarga — mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, shuningdek, ustalarga — internet saytlarini tashkil etish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari uchun harajatlarning 75 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan oshmagan miqdorda SUBSIDIYALAR BERILADI.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Imtiyozlar_5
#PF_287

4-toifaga kiritilgan hududlarga Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi hisobidan:
📚
O‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat taʼlim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning har bir bitiruvchi hisobiga 1 mln. so‘mdan oshmagan holda kompensatsiya qilish uchun harajatlarning 80 foizi miqdorida SUBSIDIYALAR BERILADI.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
#Rasmiy

Toshkent viloyatida ish boshlayotgan “metan zapravka”lar va ularning ish grafigi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HURMATLI TABIIY GAZ ISTEʼMOLCHILARI!

🔥 "Bo‘katumangaz”
gaz taʼminoti bo‘limi aholi orasida tabiiy va is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha quyidagilarni yana bir bor eslatib o‘tadi:

Gaz isteʼmolchilari diqqatiga!
Ogoh bo‘ling!

⚡️Magistral gaz quvurlaridagi gaz bosimi bir meʼyorga keltirilayotganligi sababli aholi va ulgurji isteʼmolchilarda gaz bosimining ko‘tarilish holatlari kuzatilishi mumkin.

Hozirda "Bo‘katumangaz" GTB xodimlari tomonidan gaz taqsimlash nuqtalarida rejim sozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Sizdan ehtiyot chorasi sifatida uyingizdagi ishlab turgan gaz jihozlarini qarovsiz qoldirmasliklaringizni so‘raymiz.

Xonadonlarda turli xil nostandart, yasama, qo‘lbola gaz tortgichlardan xavfli ravishda foydalanmang, aks xolda havo gaz aralashmasi natijasida portlash sodir bo‘lishi mumkin

Gaz tarmoqlari va jihozlarini tekshiruvdan o‘tkazing;

Xonada gaz hidini sezsangiz elektr asboblarini aslo yoqmang, yoqilgan bo‘lsa o‘chirib qo'ying, aksincha zudlik bilan eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating va darhol “104” telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling;

Gaz jihozlari (gaz plita, isitish pechlari) ustida yuvilgan kiyimlarni quritmang;

Bolalarni uyda yolg‘iz qoldirmang va ularni gaz asboblaridan foydalanishiga yo‘l qo'ymang (olov bilan o‘ynash xavfli ekanini uqtirib boring.)

Nosoz gaz jihozlarini o‘zboshimchalik bilan tuzatmang va ulardan foydalanmang!

Gaz sizib chiqish holatlarida uni olov bilan tekshirmang!