BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.28K subscribers
24.9K photos
2.12K videos
8 files
8.22K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Yoshlar_yetakchilari

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 92-sonli qaroriga asosan joylarda "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI"ning
2-mavsumi sektor bosqichlari bo'lib o'tmoqda.

🟢 Tanlovning sektor bosqichida yoshlar o'zlarini kibersport hamda zamonaviy va milliy cholg'u asboblari ijrosi yo'nalishlarida nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatishmoqda.


✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Haftalik_dayjest

📍 Bo'ka tumani: Hafta davomida korxona-tashkilotlar, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari, shuningdek, fan, ta'lim va sport yo'nalishlarida amalga oshirilgan ishlarga nazar tashlaymiz:

🟢 Hokimlik:
Tuman hokimi Nizomiddin Abbosov rahbarligida ijro intizomi hamda murojaatlar bilan ishlash masalalariga bag'ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🟢 Yoshlar yetakchilari:
1️⃣ Yosh kitobxon ko’rik-tanlovining 2-sektor bosqichiga start berildi.
2️⃣ Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yosh fermerlari Kengashi tomonidan seminar-trening o‘tkazildi.

🟢 Hokim yordamchilari:
1️⃣ Parkent MFY hokim yordamchisining ko’magi bilan ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi.
2️⃣ Navro’z MFYda yashovchi Abdulaziz Hamidovning bandligi ta'minlanishi bilan bir qatorda, endilikda u tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug'ullanadi.

🟢 Qurilish:
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat sektor rahbarlari va tegishli masʼullar Toshloq MFY da amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish jarayonlarini yana bir bor ko‘zdan kechirdi.

🟢 Xotin-qizlar:
Toshkent Davlat yuridik universiteti o‘qituvchi va talabalaridan iborat "Yuridik klinika" jamoasi va tumanda yashovchi xotin-qizlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🟢 Televideniye:
Bo’ka tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari "O’zbekiston24" telekanali nigohida.

🟢 Sport:
Xo’jaqo’rg’onlik Muhammad Vahobov belbog’li kurash bo’yicha yoshlar o’rtasidagi jahon chempionati kumush medali sohibiga aylandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_yetakchilari
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

Bugun 3-sektor hududidagi "Qoraqo‘yli" MFYda joylashgan 12-umumiy o‘rta taʼlim maktabi faollar zalida "BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" 2-mavsumi doirasida “Raqs” tanlovi o‘tkazildi.

➡️ Unda 3-sektorida joylashgan 12 ta mahalla yoshlari ishtirok etishdi.

🟢 Tadbirda ishtirokchilar 10-15, 16-22 va 23-30 yosh toifasida milliy va zamonaviy yo‘nalishda yakkalik va jamoa sifatida o‘z isteʼdodlarini namoyish etishdi. Sektor bosqichida yakkalik va jamoaviy yo‘nalishida g‘olib bo'lgan yoshlar tanlovning tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi tahrirdagi davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom hukumat tomonidan tasdiqlandi

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022 yil 13 oktabrda 592-son qarori qabul qilindi.

🔰 Yangi tahrirda qabul qilingan nizomga asosan pensiya tayinlash va to‘lashda quyidagi qulayliklar yaratildi:

Shaxs pensiya tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasining rasmiy elektron pochtasiga ([email protected]) murojaat qilish imkoniyati yaratildi;

Shaxsning arizasi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilab o‘tildi;

Shaxsning ish staji va oylik ish haqi to‘g‘risidagi maʼlumotlar axborot tizimlarida mavjud bo‘lgan taqdirda shaxsdan qo‘shimcha hujjatlar talab qilmasdan axborot tizimlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida pensiyalar tayinlanadi va hisoblab chiqiladi;

2005 yil 1 yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar yoki elektron mehnat daftarchasida tegishli maʼlumotlar bo‘lgan taqdirda pensiya tayinlash Komissiyasi tomonidan tekshirish to‘g‘risida qaror qabul qilmaslik belgilandi;

Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxs zarur hujjatlarni taqdim etmagan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ushbu hujjatlarni yaʼni, arxiv yoki tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborish bo‘yicha amaliy yordam beradi;

Arizaga barcha zarur hujjatlar ilova qilinmagan hollarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi qo‘shimcha yana qanday hujjatlar taqdim etilishi lozimligini ariza beruvchiga 5 kunlik muddatda yozma ravishda yoki ariza beruvchining mobil telefon raqamiga “SMS” xabarnomani yuborgan holda maʼlum qilish joriy etilmoqda;

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shaxsga va/yoki tashkilot maʼmuriyatiga pensiya tayinlash (qayta hisoblash) masalalari bo‘yicha tushuntirishlar hamda maʼlumotlar berishi shartligi belgilandi;

Pensiya jamg‘armasi fuqarolarning davlat pensiya taʼminotiga oid maʼlumot va axborotlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib boradi;

Nogironligi bo‘lgan bolani o‘z qaramog‘iga olgan oilaning aʼzosi ushbu nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turilgan vaqtini ish staji sifatida hisobga olish tartibi belgilandi;

Pensiya tayinlash (qayta hisoblash) uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimidan, Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron ryestridan va fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron ryestridan, Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksi va boshqa vazirlik idoralarning axborot tizimlaridan olinganida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya tayinlash uchun mavjud maʼlumotlarni tekshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

Elektron mehnat daftarchasi ham ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat sifatida hisobga olinadi;

Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar to‘lanishi kerak bo‘lgan oyning birinchi sanasi uzoq muddatli dam olish yoki bayram kunlariga to‘g‘ri kelganida Moliya vazirligining qaroriga asosan avvalgi oy yakuniga qadar muddatidan avval pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarning to‘lov qaydnomalarini shakllantirish huquqi berildi;

Pensioner vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli ko‘rsatib o‘tilgan oila aʼzolariga vafot etgan oy uchun to‘liq miqdorda to‘lanadi;

Pensioner vafot etgan oyda uning bank plastik kartasiga kirim qilingan mablag‘lar Pensiya jamg‘armasiga qaytarilmaydi;

Fuqaroning xohishiga ko‘ra pensiyalar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.

Bo‘ka tumani Pensiya Jamg‘armasi
#Onlayn

🟢 Ayni vaqtda tuman hokimligi binosida tuman hokimi Nizomiddin Abbosovning fuqarolar qabuli ochiq muloqot shaklida o’tkazilmoqda.

Ochiq muloqotda hokim o’rinbosarlari, tegishli korxona-tashkilot rahbarlari va fuqarolar ishtirok etishmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_yordamchilari

Fuqarolarning bandligi ta’minlanmoqda

🟢 Bugun respublikamizdagi barcha mahallalarda hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o’zining ijobiy samarasini berib kelmoqda.

Tumanimizdagi 44 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida ham doimiy tarzda ana shunday ijobiy o’zgarishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan kredit mablag’lari hisobidan:

“Bunyodkor” MFY hokim yordamchisi Sherzod Rahmatullayev,
“Baxmal” MFY hokim yordamchisi Muzaffar Saynazarov,
“Parkent” MFY hokim yordamchisi Mirshoxid Xolmurodovlar tomonidan ishsiz fuqaroga mototransport vositasi;

“Yangibog’” MFY hokim yordamchisi Islom Hakimov tomonidan ishsiz fuqaroga sartaroshlik faoliyati bilan shug’ullanishi uchun zarur asbob-uskunalar olib berildi.

Tumandagi boshqa MFY larda ham fuqarolarni bandligini ta’minlash bo’yicha maqsadli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▫️Subsidiya ajratish soddalashtirildi▫️

⚜️“Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (601-son, 14.10.2022 y.) qabul qilindi.

⬜️2022 yil 1- dekabrdan:

🔹 subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqariladi;

🔹 subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi;

🔹 bunda mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

➡️ Batafsil

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube