BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.3K photos
1.9K videos
8 files
7.35K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Tahlil_va_sarhisob
#Konferensiya
#Yangi_rejalar

⚡️Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani mahalliy Kengashining Konferensiyasi oʻtkazildi.


📊Konferensiya ishida 117 nafar yutuqqa erishgan yoshlar, sardorlar hamda hamkor tashkilotlar vakillaridan saylangan delegatlar ishtirok etdi. Yig'ilishda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Bo'ka tumani mahalliy Kengashining 5 yillik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti hamda Nazorat-taftish komissiyasining hisoboti tinglandi.

🔷Konferensiyada muhim ahamiyatga ega yangi tashabbuslar va tuman Kengashining kelgusida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan istiqbolli rejalari belgilab olindi.

✉️ Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏢 Joriy haftada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida davlat organlari va tashkilotlarining hududiy hamda tuman tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari uchun 60 soatga moʻljallangan oʻquv kursi tashkil etildi.

📌 Ushbu malaka oshirish o'quv kursida Bo’ka tumani hokimligi Umumiy bo’limi mudiri Bobur Jo’rayev va tuman Moliya bo’limi boshlig’i Mansur Xaqberdiyev ham faol ishtirok etishib, kurs yakunida maxsus sertifikatlarga ega bo’lishdi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Dayjest

Toshkent viloyatida har bir hafta kuniga nom berilgan. Jumladan shanba qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar, "Yashil makon" loyihasi bilan izchil shugʻullanadigan kun sifatida eʼlon qilingan.

Bu borada viloyatda qanaqa ishlar amalga oshirilmoqda? Bugungi qisqa xabarlarda shu haqda.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Hudud rahbari Ixtiyor Qosimov tumandagi paxta korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirib, tegishli mas'ullar ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi.

🔘Yangiyo'l shahri. Yangiyo‘l shahar dehqon bozoriga sayohat

🔘Bo'ka tumani. Bir guruh deputatlar paxta yig'im-terimida ishtirok etishdi.

🔘Chirchiq shahri. "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Chirchiq shahriga 27 ming tup mevali va manzarali daraxtlar ekilishini jadal tashkil etilmoqda.

🔘Toshkent tumani. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, Aholi bandligiga komaklashish markazi, Ekologiya bolimi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🔘Zangiota tumani. Aholini arzon narxlarda qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida zahira yaratilmoqda. Bugungi kunda 886 tonna kartoshka, 121 tonna piyoz, 325 tonna sabzi, 163 tonna guruch zahirasi yaratish rejalashtirilgan.

🔘Qibray tumani. Qibray tumanidagi "Munisaid" ma'suliyati cheklangan jamiyatda tumanda faoliyat yurituvchi 50 nafar fermer xotin-qizlar uchun amaliy seminar tashkil etildi.

📹
DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Madaniyat
#Ta'lim

Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlab, Nurafshonda tashkil etilgan tantanali marosimda yosh xonanda Sherali Joʻrayev ijrosidagi qoʻshiq koʻpchilikka manzur boʻlgan edi.

Bugun oʻsha ijroning toʻliq variantini sizga havola etamiz. Dam olish kuningiz maroqli oʻtsin.

Maʼlumot oʻrnida, kuni kecha Zoyir Mirzayev Xalq taʼlimi sohasi mutasaddilari bilan uchrashdi va yangi konsensiya ilgari surildi. Taʼlim sohasiga doir muammo va masalalar kun tartibidagi eng muhim mavzu, deb eʼlon qilindi.

Viloyatimizda taʼlimga eʼtibor, fidoyi oʻqituvchilar mehnatini qadrlash, taʼlim sifatini koʻtarish ustivor masala boʻlib turibdi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ℹ️ Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash masalasi muhokama qilindi

🖊 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida Bo’ka tuman hokimi Nizomiddin Abbosov rahbarligida ijro intizomi hamda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🟢 Tuman sektor rahbarlari, hokimlik apparat xodimlari hamda korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda ijro intizomi, murojaatlar va hujjatlar bilan ishlash masalalari muhokama etilib, masʼullarga tegishli ko’rsatmalar, ijroda kamchiliklarga yo’l qo’ygan xodimlarga qatʼiy ogohlantirishlar berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM