BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.05K subscribers
22.9K photos
1.95K videos
8 files
7.58K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Саудия Арабистонига ташрифи чоғида муқаддас Макка шаҳрида бўлиб, Умра амалларини бажарди.

Президент Шавкат Мирзиёев в ходе визита в Саудовскую Аравию посетил священный город Мекку и совершил обряды Умры.

#Mirziyoyev #tashrif #SaudiyaArabistoni #Makka

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Toshkent viloyati Boʻka agrotexnologiyalar texnikumiga OʻQISHGA MARHAMAT!

11-sinfni xamda kollejni tamomlaganlar, “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi asosida kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadilar.
Oʻqish muddati 2 yil.

Texnikumni tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-kursdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi.

Yangi oʻquv yili uchun quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kunduzgi va sirtqi shaklda oʻqishga taklif qilamiz.
Kunduzgi taʻlim yoʻnalishlar
🔹Buxgalteriya hisobi va audit;
🔹Avtotransport logistikasi;
🔹Agronom (ekin turlari boʻyicha);
🔹Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish;
🔹Kompyuter injiniring;
🔹Oʻsimliklar himoyasi va karantini agronomi;
🔹Manzarali bo`g`dorchilik va ko`klamzorlashtirish;
🔹Veterinariya meditsinasi;
🔹Avtomobil transportiga texnik xizmat koʻrsatish va tamirlash;
Sirtqi taʻlim yoʻnalishlar
🔸Buxgalteriya hisobi va audit;
🔸Qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish;
🔸Oʻsimliklar himoyasi va karantini agronomi;
🔸Avtomobil transportiga texnik xizmat koʻrsatish va tamirlash;
🔸Veterinariya meditsinasi;

TEXNIKUMGA oʻqishga elektron hujjat topshirish: my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul" bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Manzil: Toshkent viloyati, Boʻka tumani, Yangi xayot MFY Markaziy koʻchasi. 39-uy
Murojaat uchun telefonlar:
+998949333311
+998944151545
+998949318588
+998998448330
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#шукуҳ
#сана

⚡️Бугун - тадбиркорлар куни

🔹
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик мамлакатимиз иқтисодиётининг муҳим таянчидир. Сўнгги йилларда бу соҳани ривожлантиришга қаратилган 2 мингга яқин қонун, фармон ва қарорлар қабул қилинди.

👉Батафсил

➡️Каналга уланиш:
https://t.iss.one/toshvilpressa

Facebook | Instagram | YouTube |Twitter | TikTok
Бўка тумани ҳокими Низомиддин Аббосов раҳбарлигида яқинлашиб келаётган пахта мавсумига тайёргарлик ишлари бўйича ғўза дефоляцияси мавзусида семинар ўтказилди.

Семинарда туман қишлоқ ва сув хўжалиги бўлими ходимлари, қишлоқ хўжалиги корхоналари раҳбарлари, ҳудуд ҳамда фермер хўжаликлари бошлиқлари, иштирок этишди.

Ғўзаларни агротехника қоидалари асосида парваришлаш юзасидан суҳбатлашилди. Дефоляция ишларини сифатли ўтказиш тўғрисида мутахассислар томонидан тушунтириш ишлари олиб борилди.

📌 Туман ҳокими Н.Аббосов пахта йиғим-терим мавсумини уюшқоқлик билан ўтказиш ва ишсиз аҳоли қатламининг бандлигини таъминлашни таъкидлаб ўтди.

📜 Бунинг учун вақтинча ишсиз фуқароларни йиғим-теримга жалб қилиш орқали уларнинг моддий таъминотини таъминлаш, ихтиёрий теримчилар рўйхатини шакллантириш, фермер хўжаликлари ва теримчилар ўртасида меҳнат шартномаларини тузиш топшириғи берилди.

Бўка туман ҳокимлиги ахборот хизмати