Ko'pchilikning ovoziga ko'ra suhbat vaqtini 20:00 qo'ydim. Hammasi yozib olinadi. Qatnasholmaydiganlar savollarini shu yerda komment tarzida qoldirishlari mumkin. 🙂
🔥9👍4
Kun mulohazasi
Agar biror dastur yoki veb-saytni ishlatyotganingizda asablaringiz buzilmasdan, xotirjam, hech narsani o'ylamasdan, faqat ishiningiz bitishi haqida qayg'ursangiz,
demak,
buning ortida asablari buzilgan, kodi ishlaguncha bezovta bo'lgan, odamlar mazza qilib ishlatsin deb qayg'urgan dasturchilar bo'ladi.

😁45👍21🔥7
Kun mulohazasi
Biror bug report yoki xatoliklarni tuzatishga oid vazifalar tushib qo'lsa, aksariyat holatlarda ularning sababi dasturchining xatosi bo'ladi. Bu shaxsiy kuzatuvim. Men shu paytgacha ishlagan kompaniyalarda shu narsani ko'p ko'rganman. O'zim ham anchagina bug reportlarga sababchi bo'lganman.
Nega ko'pincha dasturchi aybdor?
Oldin ham bu haqida yozgandim. 2 ta katta sabab:
1. Dasturchida berilgan vazifaga yaxshi yechim bera olishi uchun vaqt kam. Ya'ni ish shoshib qilinadi.
2. Kommunikatsiya. Vazifaning ba'zi detallariga oydinlik kiritmasdan, o'zining tahminlari va mulohazalariga tayanishi.
Nega degan savolni tepadagi har bir sabab uchun ham berish mumkin. Faktorlar juda ko'p. Nega savollari zanjirining oxiri yo'q.
Xo'sh, sizning kuzatuvingiz qanday?

👍18
Brogrammist
Kun mulohazasi Biror bug report yoki xatoliklarni tuzatishga oid vazifalar tushib qo'lsa, aksariyat holatlarda ularning sababi dasturchining xatosi bo'ladi. Bu shaxsiy kuzatuvim. Men shu paytgacha ishlagan kompaniyalarda shu narsani ko'p ko'rganman. O'zim…
Dasturchi aybdor bo'lmay kim aybdor bo'lsin?
Qisqa javob: Dasturni dasturchi qurgani uchun. 😬
Katta team/guruhlarda kod yozadigan dasturchilar asosan junior'lar va middle'lar. Senior dastruchilar esa asosan rejalashtirish, infrastruktura, kattaroq loyihalar fundamentini ko'tarish va hokazolar bilan shug'ullanishadi.
Mayda detallarda gap ko'p. Nisbatan kichik ishlar juniorlar tomonida bajariladi. Boshqalar (senior/middle) esa uni tekshiradi. Ba'zida mayda detallarga tikilib, asosiy narsalarni ko'rmay qolamiz. Bu tabiiy.
Undan tashqari berilgan dastur talablari va arxitekturasida yo'l qo'yilgan xatoliklar ham bor. Bu endi asosiy narsalarga e'tibor qaratib, mayda lekin muhim detallarni ko'zdan qochirish bo'ladi.
Bunday holatda nafaqat dasturchilar, balki biznes tarafidagi odamlar ham sababchi bo'lib qoladilar. Chunki dasturga qo'yilgan talablar o'ta murakkab bo'lishi va ularni aniqlashtirishda dasturchilarga yetarli yordam ko'rsatilmasligi mumkin.
Albatta bularning hammasi shaxsiy mulohazalarim. Sizning fikringiz qanday?

👍12
Amalga oshirish juda murakkab bo'lgan ishga o'ta sodda yechim bera oldim. Albatta bu yechimga kelguncha ancha vaqtim ketdi.
Boshqa seniorlardan shunaqa maqtov olish boshqacha zavq beradida 😌. Har holda to'kilgan terga rozi bo'ladi odam. Quvvat beradi.
P.S. Uzr, maqatanishni yomon ko'raman, lekin bunaqa maqtov har doim ham eshitmayman. Shunga sizlarga ham ko'rsatgim keldi.

👍25🔥11😁3
Keyingi livestream'da nima qilamiz?
Final Results
39%
React component challenge: Biror reusable komponent yasashni o'rganamiz
52%
Web Worker'lar bilan ishlashni o'rganamiz
58%
JavaScript + React intervyu masalalarini yechamiz
👍10
Brogrammist
Bu safar YouTube'da qilamiz 🙂 https://www.youtube.com/live/5fMCXjqe7hg?si=cBHIQsFazMcFjXCH
Stream'ga kirganlarga katta rahmat!
Bu uslubda birinchi marta stream qilganim uchun kamchiliklar bo'lsa aybga buyurmaysiz. 🙂️️️️️️

👍20🔥5👏2
Signal API bilan biror ma'lumotni saqlash va uning o'zgarishini kuzatish mumkin. Xuddi React dagi state management ga o'xshaydi. Shuni JavaScript ning bir qismiga aylantirish uchun taklif kiritshibdi. Taklif hali 0-etapda, hali xom.
Agar bu JavaScript standartiga kiritilsa deyarli barcha UI freymvork va kutubxonalar hajmi qisqaradi. Page load performance uchun bu yaxshi. Bu birinchidan.
Ikkinchidan boilerplate-code kamayadi. Tushunarsiz murakkabliklar kamayadi. Bunday murakkabliklar faqat kutubxonalarga xos emas. State management katta dasturlarga kelganda har doim yoqimsiz mujmallikka sabab bo'ladi.
Uchinchidan DevTools.
Debugger ishlatganlar bormi? Ayniqsa React da biror narsani debugger orqali tekshiraman desangiz kutubxonaning ichki funksiyalari ichida qolib ketasiz. Bitta state update bo'lishi uchun "millionta" funksiya chaqiradi React! Nima bo'lyotganini tushunish qiyin va o'zingizning kodingiz qolib React ni ichida adashib qolasiz.
React va boshqa kutubxonalar qiladigan ishlarning katta qismini JavaScript ning o'zi qilsa qanday yaxshi? DevTools debugger ni ishlatish ancha oson va tushunarli bo'lardi.
Bu albatta mening ilk taassurot va mulohazalarim. Sizniki qanday?
https://github.com/proposal-signals/proposal-signals

GitHub
GitHub - tc39/proposal-signals: A proposal to add signals to JavaScript.
A proposal to add signals to JavaScript. Contribute to tc39/proposal-signals development by creating an account on GitHub.
👍4🔥3
Ba'zida Pinterest vebsaytini ustida ishlab o'tirganimda qiziq-qiziq rasm va videolarni ko'rib qilyotgan ishim esimdan chiqib ketadi.
Yaxshiyam Instagram yoki YouTubeda ishlamayman. 😬️️️️️️

😁39