Brogrammist
1.18K subscribers
96 photos
9 videos
1 file
86 links
Veb-dasturlash bo'yicha kamtarona bilim va tajribalarimni ulashaman.

Sayt: https://diyorbek.blog

YouTube: https://youtube.com/@brogrammistuz

Insta: https://instagram.com/brogrammistuz
Download Telegram
Qiziq fakt!

Agar vaqt mashinasida 17-asrga sayohat qilib shimoliy Angliya xalqidan "backend" so'zini eshitsangiz hayron bo'lmang. Ular shunchaki kuz fasli haqida gapirayotgan bo'ladi.

Ha, kuz fasli eski ingliz tilida "backend" deyilgan! 🤓

Qiziq, "frontend" degan so'z ham oldin boshqacha ma'noni anglatganmikan? 🤔
😁25👍5🔥4
🔥34👍93
TypeScript+React ishaladiganlar uchun ajoyib maslahat! Men har doim ref'ga HTMLElement | null tipini qo'yib ketar edim. ElementRef ishlatish ancha ixcham ekan.
👍29🔥6
Menejerim bilan yozishmalarimiz:

Manager: Diyor, are you free right now?
Me: Hello! Yes.
Manager: Why? Didn't I assign you a task?
Me: 😐

Tarjimasi:

Menejer: Diyor, bo'shmisan?
Men: Salom! Ha.
Menejer: Vazifa berganman-ku! Ishingni qilsang bo'maydimi!
Men: 😐

@brogrammist

P.S. Shunaqa hazillashib turamiz
😁52🤯5👍4
Performance review yoxud samaradorlikni baholash haqida

Samaradorlikni baholash siz ishlayotgan kompaniyaning rasmiy baholash mexanizmi. Har 6 oyda bo‘lib turadigan bu jarayonda menejerlar tomonlar xodimning ish samaradorligini baholanadi. Maqsad - ishchilarning kuchli va zaif tomonlari haqida ko‘proq ma’lumot olish, kelajakda malaka oshirish uchun konstruktiv fikr-mulohazalarni taklif qilish va maqsadlarni belgilashda yordam berishdir. Yoki, ba’zan, ishdan haydash yoki haydamaslikni aniqlashdir.

Har bir kompaniyada ishchilarni baholash uchun kriteriyalar, lavozim va darajalarga mos kutiladigan ko‘nikmalar jadvali bor. Sizning samaradorligingiz shu jadvalga asoslanib baholanadi. Kriteriyalarga misol: texnik ko'nikmalar, boshqaruvchilik ko'nikmalari, kommunikatsiya va hokazo.

Super Dispatchda ishlab yurgan paytlarim performance review’lar uchun menejer va ishchi bilan 1 soatlik suhbatlar bo‘lar edi. Unda oxirgi yarim yil ichida qilgan ishlarimni muhokama qilardik va barcha kriteriyalar bo‘yicha tekshirib chiqardik. Va suhbat so‘nggida natijaga qarab daraja oshish yoki oshmasligi aniq bo‘lar edi. Daraja oshdi degani, oylikni oshirish mumkin degani edi.

Hozir Pinterestda esa bunday meeting‘lar o‘rniga “Self review” yozishim kerak va shunga qarab menejerlar meni baholashadi. Bu xuddi rezyume yozganday gap. Har bir qilgan ishimni Pinterestdagi baholash kriteriyalari jadvaliga moslab yozishim kerak. Har bir ishda qaysi kriteriyalarga mos kelishini va kompaniyaning qaysi “core value”larini ko‘rsatganini ta’kidlashim kerak. 

To‘g‘risini aytsam, yozma usul menga ko‘proq yoqdi. Chunki yuzma-yuz suhbatdan yozish osonroq tuyuladi menga. Chunki suhbat baholashni subyektivlashtirish ehtimoli katta deb o‘ylayman. Sababi suhbatlarda ko‘p hayajonlanaman va qilgan ishimni ham to‘g‘ri gapirib berolmay qolaman. Aslida bu men uchun yomon ko‘rsatkich. O‘ziga bo‘lgan ishonch va kommunikatsion ko‘nikmalar ishchi muhitida o‘ta zarur hisoblanadi.
👍19🔥7
Performance review yozma bo‘lishining yaxshi tarafi uni GPT ishlatib yozsa bo‘ladi. Men ham shunday qildim. Pinterestda ishchilar uchun GPT-4 dan foydalanish imkoniyati bor. Mana sizga lifehack! 😎

Senior Engineer pozitsiyasidan kutiladigan kriteriyalarni olib GPT ga kirita boshladim. Undan tashqari yana 2-3 ta baholash metodlari kriteriyalari ham bor edi. Ularni ham birin-ketin kiritib, shularni eslab qolishing kerak, keyin shular bo‘yicha javob berasan deb “prompt engineering” qildim. 

Eng asosiysi, oxirgi 9 oy ichida qilgan barcha ishlarimning ro‘yhatini berdim. Va nihoyat, self-review savollarini birma-bir so‘rab chiqdim. Qilgan ishlarim qaysi kriteriyalar bo‘yicha natija olib kelgani, yillik planlarning qancha qismida mening hissam borligi, va albatta, kompaniya “core value”larining qaysilarini ko‘rsatib berishini va hokazolar. Undan tashqari kamchiliklarim va xatolarimni kiritib, nima ustida ko‘proq ishlashim kerakligini ham so‘rab oldim.

Xullas, 2 soat ichida hammasini bir yoqlik qildim. Albatta, GPT bergan gaplarni to‘g‘rilab chiqdim. Chunki GTP ko‘pincha sizni xuddi saratonni davolaydigan dori yaratgan odamdek osmonga ko‘tarib yuboradi.
🔥12👍10
Bundan yaxshiroq ta'rif eshitmaganman.

Kod yozish smart kalkulyator ishlatishga o'xshaydi. 🤓
🔥11🤔1
Yomon yozilgan kod va web-sahifalarni ko'p ko'rganman. Lekin mana bunisini ko'rib qusgim keldi 🤢.
Qavat-qavat scrollbar!!!

Shunaqangi asabim buzilyaptikiii... 😤😑
😁15🤔5🤯2
M-Mehnat
👍6🤔1
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
Diplop ishini tugatdik,
qiyinchiliklar esa ortda qoldi.

Endi 42.uz lohiyasini himoya qilamiz 🛡️
🔥32👍5🎉2
Menejer: Qaysini tanlaysan: backend yoki frontend?
Men: weekend
Mejerim: Tur, ishingni qil! 😠

#yaxshikayfiyat
😁40👍2