Brogrammist
1.18K subscribers
95 photos
9 videos
1 file
86 links
Veb-dasturlash bo'yicha kamtarona bilim va tajribalarimni ulashaman.

Sayt: https://diyorbek.blog

YouTube: https://youtube.com/@brogrammistuz

Insta: https://instagram.com/brogrammistuz
Download Telegram
Brogrammist
Eng birinchi ish suhbatimni yaxshi eslayman. 7-8 oylik tajribam bilan middle frontend pozitsiyaga rezyume topshirgandim. Rezyumeni rosa bo'rttirib yozib tashlaganman: - Tajriba 2 yil - ES6+, Node.js - CSS3, HTML5 - MySQL, PHP,... ๐Ÿ˜ฌ Intervyuga kirganimdaโ€ฆ
O'sha kuni suhbatdan chiqib, bekatda avtobus kutib o'tirar ekanman, qanchalik bilimsiz va tajribasiz ekanimni anglaganman. Chunki shu paytgacha o'rganganlarim ko'p, ko'p narsa qo'limdan keladi deb yurardim.

Lekin taslim bo'lishni xohlamadim. Chunki haqiqatga tik qarash kerakligini bilardim. O'sha kuniyoq menga berilgan har bir savolni javobini o'rganishga tushdim. Wikipedia, har xil maqolalar, video darsliklardan rezyumedagi yolg'onlarni chinga aylantirishga tushdim. Rezyumeyimni sal kamtarroq holatga ham keltirib oldim. Orada 5-6 marta boshqa suhbatlarda bo'ldim. Garchi suhbatlarda endi yaxshiroq javob berolsamda, tajribam hali ko'p emasligi uchun ishga olishmasdi.

Shu sabab qo'shimcha loyihalar, iloji boricha murakkabroq bo'lgan web dasturlar yaratishga bel bog'laganman. Ulardan biri MusicSpider, Chrome uchun musiqa pleyer dastur edi. 1 kunda, Garage48 hakatonida yasalgan va bizga 2-o'rinni olib bergan loyiha.

Birinchi suhbatimdan keyin tahminan 5-6 oy o'tgachgina eng birinchi ishimni topganman. Reactni u paytlari endi o'rganishni boshlagandim. Ishim esa React Native'da ishlash edi๐Ÿ˜ฌ. 2 kun dokumentatsiya o'qib, ertasi mobil ilova qurishga tushib ketganman. Ana shunaqa๐Ÿ™‚
๐Ÿ‘41๐Ÿ”ฅ9๐Ÿ˜3๐Ÿค”1
JavaScript o'zi "interpreted"mi?

Boya bir maqolaga ko'zim tushdi. Sarlavhasi shunday:

"JavaScript โ€œinterpreted languageโ€ emas.

Bu da'vo aksariyat hollarda to'g'ri. Ammo 100% haqiqat emas. Ushbu maqolada uning sabablarini keltirib o'tmoqchiman.

To'liq:
https://www.diyorbek.blog/blog/javascript-ozi-interpretedmi

@brogrammist
๐Ÿ‘24
๐Ÿ‘17๐Ÿคฃ9๐Ÿ”ฅ2
Kod yozganda shunqa "tozalash" ishlarini qilishni yoqtiraman.

React bilan ishlaganda iloji boricha mantiqiy ifodalarni JSXdan ajratish kerak. Shunda kod ancha "o'qishli" va toza chiqadi.

Bu ideal kod emas, ammo hech bo'lmasa shunday "best practice"larni doim ishlatish kerak.
๐Ÿ‘30๐Ÿ”ฅ3
Deno bilan native desktop dastur yasash

Yangi yil oldi bo'sh vaqtim ko'p bo'ldi. Shu sabab Deno v2 chiqqanidan beri o'ylab yurgan bir tajribani qilib ko'rdim.

Deno yozgan skriptingizni native binary (.exe) ga kompilyasiya qilib bera oladi. O'ylab qoldim, demak Denoda UI app qilsak, uni ham .exe faylga osongina kompilyatsiya qilib beridimi? Axir bu juda ajoyibku dedim. Lekin muammo shuki, Denoda UI library yo'q! ๐Ÿค”

Ammo FFI imkoniyati bor!
(Foreign Function Interface)

Shu orqali C/C++, Rust, Go kabi tillarda yozilgan DLL kutubxonalarni ishlatish mumkin.๐Ÿ’ก

Soddaroq, lekin komponentlarga boy bo'lgan C++ kutubxona tanladim - TGUI.
SFML ustiga qurilgan, API juda yaxshi.
Unga ba'zi o'zgartirishlar kiritgan holda Windows va OSX ga DLL tayyorladim. Deno FFI bilan C++ funksiyalarni JS ga ulab chiqdim. Voilร ! ๐ŸŽ‰

Anchagina metaprogramming qilib, chidasa bo'ladigan API qildim. Mana natija:

https://github.com/diyorbek/tgui.js
๐Ÿ”ฅ12๐Ÿ‘6๐Ÿ‘1
HTML/CSS ga qo'shilayotgan yangi imkoniyatlar haqida. Bu yangi xususiyatlar bilan ancha muncha JS va CSS kodlarni o'chirib tashlasak bo'ladi endi.
Qo'shimcha kutubxonalar ishlatishga ham hojat qolmaydi, chunki hammasi bruzerda bor!

https://youtu.be/VTCIStB6y8s?si=QPiPC2ZsAt1T73j_
๐Ÿ‘16
Pinterest bilan xayrlashdik

It was a good ride. ๐Ÿฅฒ
๐Ÿคฏ28๐Ÿค”10๐ŸŽ‰10๐Ÿ”ฅ1๐Ÿ‘1
Pinterestdan ketdim

Ofisda rasmga hech tushmaganimdan afsuslanyapman. Chunki bu post uchun "cover photo" yo'q ๐Ÿฅฒ.

https://www.diyorbek.blog/blog/pinterestdan-ketdim

@brogrammist
๐Ÿ”ฅ18๐Ÿ‘9๐Ÿคฏ2
Xo'sh. Ba'zi foto videolar bor ekanu, o'zim yo'q ekan. ๐Ÿ˜„

Pinterest Warsaw office dan havolalar:

Men asosan o'tiradigan burchak.
Tashqaridagi manzara.
Jamoadoshim Elena bilan foto.
Play room va h.k.z.

๐Ÿ˜ฌ๐Ÿ˜ฌ๐Ÿ˜ฌ
๐Ÿ‘29๐Ÿ”ฅ11๐ŸŽ‰3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1๐Ÿ˜15๐Ÿค”5๐ŸŽ‰3๐Ÿ‘2
Gigant fayllarni serverga yuklash

3 oycha oldin Dropbox kompaniyasida offer oldim. Lekin offerni rad etdim.

Oka offerlani koโ€™p rad etvormovossizmi?

โ€” diydigan odam yoโ€™q. ๐Ÿ˜ฌ

Oldingi postlarimda aytgan sabablarim uchun rad etyapman, albatta.

Texnik suhbatlarning birida aynan fayl yuklanishi ustida ishlagan senior frontendchi bor edi. Suhbat oxirida undan katta fayllar qanday yuklanishi haqida soโ€™radim. Chunki oโ€™zim ham pet-proyektim uchun 100MB dan oshiq fayllar yuklanishini optimizatsiya qilish...

Davomi:
https://www.diyorbek.blog/blog/gigant-fayllarni-serverga-yuklash

@brogrammist
๐Ÿ”ฅ31๐Ÿ‘1