Brogrammist
1.18K subscribers
95 photos
9 videos
1 file
86 links
Veb-dasturlash bo'yicha kamtarona bilim va tajribalarimni ulashaman.

Sayt: https://diyorbek.blog

YouTube: https://youtube.com/@brogrammistuz

Insta: https://instagram.com/brogrammistuz
Download Telegram
Forwarded from Orif Tolib
​​“Default” soʻzining tarjimasi nima?

Obunachilardan biri shu soʻzning tarjimasi haqida soʻrabdi. Bu inglizcha soʻz koʻp maʼnoli, oʻrniga qarab turlicha tarjima qilinishi mumkin. U birlamchi, odatiy, standart, yoʻqlik, mavjud emaslik, yetishmovchilik, defolt, oʻz vazifalarini bajarmaslik, aybdorlik, sudda qatnashmaslik, toʻlov qilmaganlik kabi maʼnolarga ega.

Agar saytlar, dastur va ilovalarni oʻzbekchalashtirayotgan boʻlsangiz, birlamchi soʻzi mos tushadi.

The default value is zero. – Birlamchi qiymat nolga teng.

Most people choose the default option. – Koʻpchilik birlamchi variantni tanlaydi.

Are you using the default settings? – Siz birlamchi sozlamalardan foydalanasizmi?


👉 Yuqoridagi kabi oʻrinlarda odatiy, standart soʻzlarini qoʻllasa ham boʻladi. Lekin birlamchi mosroq.

🟢 Boshqa maʼnolariga misollar:

I got a default notice in the mail yesterday. – Kecha toʻlov qilmaganim haqida eslatma oldim.

The whole countyʼs on the edge of default. – Butun mamlakat (okrug)
defolt yoqasida turibdi. // Butun mamlakat defoltga yaqin.

Please default me, or else it could get dangerous for everyone. – Meni oʻyindan oling, yoʻqsa, bu barchaga xavfli boʻlishi mumkin.

They have defaulted on their debt repayments. – Ular
qarzni soʻndirish boʻyicha majburiyatlarini bajarmadi.

#Soʻragan_edingiz

@oriftolib
👍7
Ustozim deyishim mumkin bo‘lgan insonlar ko‘p. Albatta ularning orasida menga ko‘p mehnati singganlari, men boshqalardan ko‘ra ko‘proq e’zozlaydigan ustozlarim bor. Ularning har biri hayotimning turli jabhalarida menga ustozlik qilganlar.

Ammo barchasidan ham ko‘ra ko‘proq qadrlaydiganim - mening Onam!

Onam menga o‘qish va yozishni o‘rgatganlar. Maktabdan ololmagan bilimlarimni o‘zlari berganlar, doim savollarimga javoblari bo‘lgan. Eng asosiysi bilimga chanqoq bo‘lishni o‘rgatganlar. Shu kungacha menda qanday muvaffaqiyat bo‘lgan bo‘lsa, bunda Onamning shu kungacha bergan tarbiyasi va ilmi o‘rni doim bor!

Aytgancha, kasblari o‘qituvchi.

Shu kungacha miyamga muhrlangan bir gaplari bor:

Hech qachon qo‘limdan kelmaydi dema! Agar qilolmayman desang, hech qachon qilolmaysan.
👍23🔥9🎉9
Forwarded from Programming Deadlock
How I Experience Web Today
https://how-i-experience-web-today.com/
🔥7😁6
console.dir() chuqurligi

Bugun console.dir() da "depth" parametri borligini o'rgandim. Odatda Node.js da obyektlarni terminalga chiqarishda console.log() yoki console.dir() dan foydalanaman. Ikkovini farqini shu paytgacha sezmaganman. Faqat brauzer konsolida farqini bilar edim. (Siz bilasizmi?)

Xullas, odatda obyektlarni terminalga chiqarganda, obyektlar qisqartirib ko'rsatiladi, ya'ni "chuqurroq" joylashgan ma'lumotlar "[Object]" deb qisqartirib ketiladi.

Obyektlarni to'liq ko'rish uchun esa bunday qilish mumkin ekan:


console.dir(obj, { depth: 100 });

"depth" - istalgan son, xatto Infinity bo'lishi mumkin.

Har xil JS bajarilish muhitlarida (runtime environment) sinab ko'rdim. Qizig'i, "Bun"da obyektlar doimo to'liq ko'rsatilar ekan.
🔥9👍7🤔1
Ishdagi kechagi suhbatdan:

- "Loader" komponenti animatsiyasi juda murakkab. Uni Lottie dasturidan foydalanib yaratsak bo'ladi.
- Uning uchun Lottie-player kutubxonasini ishlatish kerak-ku! Kutubxona hajmi katta.
- Katta bo'lsa, uni "dynamic import" qilsak bo'ladi.
- Aha, keyin "Loader"ni ko'rsatish uchun "Loader" ko'rsatamizmi?
- 😐
- 😐
- Unda qo'lda yozib qo'yaveramiz.
😁28🤣26👍1🔥1
Vanihoyat!!!!! 😤🥹
🔥21🎉12
10000000 -> '10 000 000'
👍20
Forwarded from Lingvist Iroda Azimova
Facebookdan:

"Bu dunyoda o‘qishi kerak bo‘lganlar juda ko‘p, ammo ular yozish bilan band."

Jaun Ella

@psixolingvist
👍17🔥6
#offtop

Shohrux repper endi mening Linkedindagi networkimda. 😬️️️️️️

"Aka men sizni ashaddiy muxlisizman!!!" deb yozvoraymikan-a? 🤔️️️️️️
😁22🤣10👍2👎1
Bo'g'inlarga ajratuvchi dastur

O'zbek tiliga amaliy hissa qo'shaman degan bir yaxshi dasturchi aka, litseydoshim o'zbekcha so'zlarni bo'g'inlarga ajratadigan dastur tuzgan ekan.

Bir-ikkita "qiyshiq" so'zlar chig'irig'idan ham yaxshi o'tdi.

Imkoniyatlari:
➡️ BEPUL;
➡️ istalgan so'zni bo'g'inga ajratib beradi;
➡️ har bir tovush hosil bo'lish o'rni (til oldi, til orqa va h.k), umuman, sifatlariga ko'ra tasniflanadi;
➡️ ochiq/yopiq bo'g'inlar statistikasi beriladi.

Bo'g'inga ajratish qoidalari bilan endi tanishayotgan xorijlik talabalar, maktab o'quvchilari va ona tili ustozlari uchun yaxshi yordamchi bo'ladi.

🔗Dastur havolasi:
https://fonetika.uz/


Shunaqa ishlarni ko'rsam, xursand bo'lib ketaman. Tilni sevish emas, unga yordam berish kerak!

Omad sizga, Diyorbek!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍5👏1
Tilshunoshlikka oid loyihalarimdan yana biri bu Transliterator.Uz

Xususiyalari:

- Matnlarni lotin/kirill alifbosiga o'girish

- MS Ofiice fayllarni va oddiy matn fayllarni o'girish

- Deyarli barcha istisno so'zlar va qoidalarni aniqlay oladi

- Qisman transliteratsiya, ya'ni matnning faqat belgilangan qismini o'giradi

- Istisno so'zlar ro'yxatini kengaytirish

🔗 https://transliterator.uz

Github: https://github.com/diyorbek/lotin-kirill

Aytgancha, 100% client-side! Hech qanday serverlarsiz ishlaydi (albatta sahifani uzatuvchi serverdan tashqari)

P.S. Bu loyiha ham eskilaridan. Maqsad o'zi yuqoridagi Fonetika loyihasini kirill alifbosida ham ishlashini ta'minlash edi. Lekin lotin-kirill masalasi ham kichik narsa emasligini anglab yetganman.
👍8🔥5
Brogrammist
Tilshunoshlikka oid loyihalarimdan yana biri bu Transliterator.Uz Xususiyalari: - Matnlarni lotin/kirill alifbosiga o'girish - MS Ofiice fayllarni va oddiy matn fayllarni o'girish - Deyarli barcha istisno so'zlar va qoidalarni aniqlay oladi - Qisman…
Shu loyihalarni amalga oshirish uchun deyarli hamma ona tili darsliklarini o'qib chiqqanman. Maktab darsliklaridan to universitet dasrliklarigacha va boshqa qo'llanmallar va lug'atlar. Xatto, maktabdagi o'qituvchim bilan ham aloqaga chiqib, maslahatlashganman.

Balki dasturchi bo'lganim uchundir, ammo, anglaganim shuki, bizning O'zbek tilimiz qoidalari muammolarga to'la ekan. Ayniqsa alifbo masalasi. Shuning uchun ham balki tilimizni raqamlashtirishda juda ortda qolib ketganmiz menimcha.
🔥2👍1
Frontendni o'rganyotganlar,

Qasyi tekin API servislardan foydalanisizlar portfolio yoki shunchaki o'rganish uchun?

Masalan, man themoviedb.org, openlibrary.org lardan foydalanardim. Sizchi?
🔥6
Ko'pchilik ishlatadigan va ko'pchilik ustida ishlaydigan katta loyihalarning yoqimsiz tarafi, siz erkin ishlolmaysiz.

Kod sifati va barqarorligini ta'minlash uchun qo'yilgan qoidalar bora-bora ovoragarchilikka aylanadi. Chunki vaqt o'tishi bilan hamma narsa o'zgaradi. Lekin bu o'zgarishlarning barchasiga moslashib ulgurishning iloji yo'q.

Shunday qilib bitta "techical debt" 2-siga olib keladi, keyin 3-siga... va qarabsizki sizda bir uyum "legacy" kod paydo bo'ladi.

Noliyotganim yo'q! Bu shunchaki haqiqat.

Shuni unutmang, 2 xil kod bor:
1. O'ta tushunarli va sinchkovlik bilan yozilgan ideal kod.
2. Pul keltiradigan kod.

Rasm tarjimasi:

Kelajakda shu kod ustida ishlovchilardan bunday rasvogarchilik uchun oldindan uzr so'rayman. Bizning joriy CSS validator skriptimiz turli selektorlar ichida bir xil nomli o'zgaruvchilarni qayta e'lon qilishimga imkon bermadi (aks holda kod ancha sodda va o'qishli bo'lar edi).
👍6👏3😁1
Ofisda meni yonimda Androidchi o'tiradi. Oq background qo'yib olgan u ham editoriga. Nega oq rang qo'yib olganini yaqinda so'ragandim. Ko'zing og'rimaydimi desam, menga shunaqasi yoqadi deb qo'ygandi. 🤷‍♂️
Mayli deb qo'yaverdim menam.

https://t.iss.one/JR_TwitGram/3048
👍5😁4🔥1
😁38🤣14🤯1
{:searchCount} marta LinkedIn meni odamlarga ko'rsatibdi!

:fire: :grinningface:
😁22🤣12🔥3👍1
Forwarded from Josh*Developer
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥

Yakshanba kuni, 22-dekabr soat 14:00 da, "Pinterest" kompaniyasida Senior Software Engineer Diyorbek Sadullayev bilan intervyu uyushtiramiz.

Intervyuni o’zim(@JoshDeveloper) va Shahzod aka Tursunov olamiz.

Intervyu Umumiy Frontend’dan bo’lib o’tadi. Imkon qadar chuqurlashamiz 😉

Jonli efirga LINK.

O’tkazib yubormang, ulashishni esa unutmang ✔️

#interview

@JoshDeveloper
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥2