Brogrammist
1.18K subscribers
96 photos
9 videos
1 file
86 links
Veb-dasturlash bo'yicha kamtarona bilim va tajribalarimni ulashaman.

Sayt: https://diyorbek.blog

YouTube: https://youtube.com/@brogrammistuz

Insta: https://instagram.com/brogrammistuz
Download Telegram
Brogrammist
Kim biladi nega shadcn-ui bunaqa ishlaydi? Page initial load boganda shunaqa flicker bor. πŸ€” Buni ataylab qilishganmi?
False alarm - faqat mani browserimda shunqa bo'lyotgan ekan. Safarida tekshirdim, hammasi joyida. Chrome extension (Dark Reader) sababli bo'lyotgan ekan.

P.S. shadcn-ui is still overrated πŸ™‚
😁12πŸ‘4πŸ€”3
Qiziq fakt

Afandi so'zi bilan "Authetication" so'zi bitta o'zakdan kelib chiqqan.

Ingliz tiliga "authentic" so'zi qadimgi yunon tilidagi "authentikos" so'zi orqali kirib kelgan. Ma'nosi "haqiqiy" yoki "ishonchli" degani.

Vizantiya (Sharqiy Rim imperiyasi) yunonchasida bu so'z "afentes" shakliga kelib qoladi va "boshqaruvchi", "katta odam" ma'nolarida ishlatila boshlaydi.

Turklar Vizantiya imperiyasi o'rniga kelar ekan, tabiiy ravishda vizantiyacha-yunoncha so'zlar turk tilida ham qo'llanila boshlagan. Turklar "katta odamlar"ni "efendi" deb atashgan. Ya'ni boshliq yoki martabali odamlarga shunday murojaat qilishgan.

Masalan, "Mustafa Efendi", "Yusuf Efendi". O'zbekchada "Nasriddin Afandi".

Bu huddi ingliz tilidagi "Sir" yoki "Lord" unvoniga o'xshaydi (Sir Rowan Atkinson).

....

πŸ€”

Shunda, "authentication" degani "afandilashtirish" deganimi?
😁27πŸ‘8πŸ€”2
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
πŸ“š Bugun mutolaa.com ofisida mehmon bo’ldik, 1.7 million kitob, 1298 audio kitob va 820,000 foydalanuvchiga ega - ular orasida men ham bor. Ajoyib jamoa, o’zgacha muhit.

πŸ“ Kitoblar orasida kofe ichib, kod yozmoqchi bo’lsangiz:
maps.app.goo.gl/CwdkC3K5efRTGLg26
πŸ‘15πŸ”₯3
Forwarded from GDG Tashkent (Khumoyun Inoyatov)
πŸ”₯ GDG Tashkent-dan uzoq tanaffusdan keyingi birinchi kuzgi Web Dev Meetup #3 ni kutib oling!

Kelayotgan shanba kuni yurtimiz va dunyoning top kompaniyalarida faoliyat yuritadigan web-dasturchilar bilan Web Dev Meetup o’tkazamiz.

πŸ’₯ Spikerlar ichida:
- Ravshan Samandarov, Oxagile;
- Diyorbek Sadullaev, Pinterest;
- Doniyor Yusupov, Uzum Market;
- Umar Sadullaev, Unicon Soft;

Tadbir to’liq o’zbek tilida bo’ladi!

πŸ‘€ Sana: 7-Sentabr, 2024
πŸ•™ Vaqt: 14:00
πŸ“ Joy: IT Park, Muminov 7/1

Ishtirok etish narxi: BEPUL.

🎟 Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-web-dev-meetup-3/

* Joylar soni chegaralanganligi tufayli "First come first serve" qoidalari amal qiladi. Joy sig’imi 180 kishi. Tadbir online translatsiya qilinadi.

@gdgtashkent
πŸ‘6πŸ”₯3
Nega shadcn-ui sizga yoqadi? πŸ€”οΈοΈοΈοΈοΈοΈ
Building Accessible web pages.pdf
1.5 MB
"Accessible" veb-sahifalar yasash
πŸ‘17πŸ”₯8πŸŽ‰1
Forwarded from 42⚑️
⚑️Frontend dasturlashga kirish

@qirikki dan offlayn darslar:
- 12,14,16,18-sentabr kunlari, soat 10:00 dan 16:00 gacha bo'lib o'tadi.

πŸ‘¨β€πŸ« Mentor:
Diyorbek Sadullaev, Pinterest kompaniyasida senior dasturchi.

‼️ Joylar soni chegaralangan: darslarga faqat birinchi 15 kishi taklif qilinadi.

πŸ‘‰ 42.uz/course/frontend-dasturlashga-kirish
πŸ”₯18πŸ‘7πŸ‘2πŸŽ‰1
Dasturchilar kuni muborak!

Shu munosabat bilan JavaScript quiz bermoqchiman. Yuqoridagi kod natijasi qanday bo'ladi?
πŸ€”πŸ€”πŸ€”
🀯5πŸ€”3
Yuqoridagi kod natijasi qanday bo'ladi?
Anonymous Poll
25%
false
39%
true
29%
Error
7%
1
πŸ‘1
HTML-like Comments

JavaScript qiziq til-da! Men ham bugun bildimki, HTML dagi kommentlar JS da ham ishlar ekan.

Yuqoridagi kodda <!-- ifodasi aslida komment boshlanishi edi. Shuning uchun ataylab joy tashlamay yozgandim. Aybga buyurmaysiz, qizg'in baxs ko'rgim kelgandi 😬.

Javob: 0

Chunki: "0 <!-- a;" === "0 // a;"
Ya'ni 0 dan keyin kelgan qism kommentariyaga aylanadi.

Variantlarda ham to'g'ri javob yo'q edi. Uzr 😬️️

Aytgancha, bu nafaqat brauzerda, NodeJS da ham ishlaydi. Chunki HTML-like comments ECMAScript spec'larida bor.

https://262.ecma-international.org/#sec-html-like-comments
πŸ‘12πŸ”₯1
HTML ping

Ko'pincha sahifadagi linklarga analitika uchun "event listener"lar qo'shiladi. Masalan, biror link bosilganda "link bosildi" degan hodisa analitika serveriga jo'natiladi.

Buning uchun shu paytgacha JavaScript ishlatib kelganman. Hozir bilib qoldimki, buni faqat HTMLning o'zida qilsa ham bo'lar ekan, ping atributi orqali:


<a
href="https://example.com"
ping="https://example-tracking.com"
>Example Link</a
>


Lekin bu usuldan foydalanmasam kerak. Chunki ping attributi faqat <a> tegi uchun mavjud. Button va boshqa elementlar uchun ishlamaydi. Bundan tashqari Firefox bu atribut ishlashini cheklar ekan.

Qachon ishlatar edim? Balki kichik HTML sahifa uchun analitika qo'shganda. πŸ€·β€β™‚οΈ
Ammo baribir analitika servislari kutubxonalari shunchaki sahifaga ularning kutubxonasini qo'shish bilan linklarni kuzatishni boshlashadi. Ortiqcha ishga o'rin yo'q.

To'liq MDNda
πŸ‘18