Bog‘ot tumani hokimligi
6.62K subscribers
48.7K photos
5.55K videos
31 files
8.87K links
Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Veb-sayt: bagathokimiyat.uz
Yagona ishonch raqami: (62) 315-28-07
Elektron pochta: [email protected]
Download Telegram
Prezidentning “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

Qaror bilan tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi.

Elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladi.

Yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.

Yer maydonlarini onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olgan yoshlar “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar saqlab qolinadi.

@bogottumanihokimligikanali
O‘quvchi va o‘qituvchilar taqdirlandilar

Bugun Bog‘ot tumani hokimligida o‘qish jarayonida o‘zining bilim va salohiyati bilan o‘zining tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh o‘quvchilar va ularning ustozlarini munosib taqdirlash maqsadida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Nazarov bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularga barcha sohalarda oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar doirasi yildan-yilga kengayib borayotganligi xususida to‘xtaldi.

Shundan so‘ng, “Har oyda 5 ta kitob o‘qiymiz” aksiyasi g‘oliblari, “Turon” teatr maktabi hamda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovlarining tuman bosqichi g‘oliblari, shuningdek, umumta’lim maktab o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Quvnoq startlar" sport musobaqasining viloyat bosiqichi g‘oliblari tuman hokimligining tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

@bogottumanihokimligikanali
Bog’ot tumanining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin

Profilaktika ishlari olib borilishi sababli 8-aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Bog’ot tumanining Bog’zor, Navbahor, O’zbekiston mahallalarida hamda 9-aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha O'zgarish, Hunarmand, Bog'iston, Dehqonobod, Uzumzor, Yuksalish, Namuna, Ustalar va Gulzor mahallalarida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo’lishi mumkin.

@bogottumanihokimligikanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bog‘ot tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari o‘tkazildi.

@bogottumanihokimligikanali
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga toʻgʻri kelishi kutilayotganini maʼlum qildi.

@bogottumanihokimligikanali
Viloyat hokimi Joʻrabek Raximov viloyat sektorlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari ishtirokida Yangibozor va Gurlan tumanlarida koʻp qavatli uy-joylar qurilishi, aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish hamda qoʻshimcha faoliyat turlarini yoʻlga qoʻyish orqali yuqori daromad olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

@bogottumanihokimligikanali