Bog‘ot tumani hokimligi
6.63K subscribers
50K photos
5.69K videos
32 files
9.3K links
Bog'ot tumani hokimligining rasmiy Telegram kanali
Veb-sayt: gov.uz/oz/bogot
Yagona ishonch raqami: (62) 315-28-07
Elektron pochta: [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bog‘ot tumanida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar “Mening biznesim” ko‘rsatuvi nigohida.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Eng koʻp dehqonchilik mahsuloti Bogʻot tumanida yetishtirildi

2025-yilning 6 oyi davomida viloyatimizda 3 084,2 mlrd soʻmlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirildi.

2024-yilning tegishli davriga nisbatan umumiy hajmning oʻsish surʼati 107,1 % ni tashkil qildi.


Dehqonchilik mahsulotlarining eng yuqori hajmi yetishtirilgan hududlar:

Bogʻot tumani - 379,8 mlrd soʻm
Urganch tumani - 344,3 mlrd soʻm
Shovot tumani - 326,1 mlrd soʻm
Xonqa tumani - 342,1 mlrd soʻm.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Markazlashgan ichimlik suvi va oqova suv xizmati ta’minoti yaxshilanmoqda.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Joriy yilning 31-iyul kuni soat 10:00 da Namuna mahalla fuqarolar yig'ini binosida tuman hokimi Jahongir Nazarovning navbatdagi sayyor qabuli bo’lib o’tadi

Batafsil ma’lumot olish uchun telefon: 62-31-52-807.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Tuman hokimi Jahongir Nazarovning Namuna mahallasida aholi muammolarini oʻrganib, ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli bo’lib o’tdi. Unda tumanimizning turli hududlaridan kelgan 15 nafar fuqaro o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdilar. Murojaatlarning asosiy qismi turar joy ta'miri, moddiy yordam, ishga joylashish, davolanish, ko’chasiga yangi transformator o'rnatish masalalari bo‘yicha bo‘ldi.

Har bir murojaatda koʻtarilgan masalalar ijrosi qatʼiy nazoratga olinib, fuqarolar manfaatlari doirasida yechim topilishi qayd etildi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada tumanda 2025-yilning I yarmida qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilgan ishlar, 2025-yilning II choragi davomida tumanda maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda kun tartibidagi boshqa masalalar bo‘yicha tegishli ma’sullarning axborotlari eshitildi.

Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalardan keyin ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi. Sessiya tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali jonli translyatsiya qilindi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga!

Bugungi kunda Bog’ot tumanidagi Qalajiqqal’a mahallasida qadimiy qal’aning boy tarixiy merosi va zamonaviy qulayliklarni o‘zida mujassam etgan “Qalajiqqal’a” turistik majmuasi barpo etilmoqda. Majmua mehmonxona, o‘tov uylari, yirik basseynlar kompleksi, ekoturizm va boshqa ko‘ngil ochar maskanlarni o‘z ichiga oladi hamda Qalajiqqal’a suv havzasida cho‘milish, qayiqlarda ko‘l bo‘ylab sayr qilish, har xil turdagi sport o‘yinlari bilan shug'ullanish imkoniyatini berish bilan birga, zamonaviy qulayliklardan foydalanish imkonini ham taqdim etadi.

Bugungi kunda ushbu hududda tasdiqlangan master-reja asosida yer maydonlari “E-auksion” platformasi orqali onlayn savdoga chiqarilgan.

Quyidagi havola orqali lotlarni ko‘rishingiz mumkin.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You tube