Vashington kundaligi
4.03K subscribers
542 photos
184 videos
4 files
800 links
Amerikada yashovchi jurnalist, yozuvchi va dasturchi Behzod Mamadievning kundaligi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kremlga yaqin propagandachilar Qozog'istonga ochiqdan-ochiq tahdid qilishni boshlabdi.

Qozog'iston yaqinda bu yil 9-mayda harbiy parad o'tkazilmasligini ma'lum qilgan edi.

@bmamadiev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston Mudofaa vazirligi: O'zbekistonda 9-may G'alaba kuni emas, balki Xotira va Qadrlash kuni. Harbiy parad o'tkazilmaydi.

@bmamadiev
Ukraina prezidenti idorasi maslahatchisi, harbiy tahlilchi Aleksey Arestovichning aytishicha, Ukraina qo'shinlari iyun oyi o'rtalaridan boshlab mudofaadan qarshi hujum amaliyotlariga o'tadi.

Bu G'arbdan olinadigan qo'shimcha og'ir harbiy qurollar yetkazilishi bilan bog'liq.

@bmamadiev
2022-yilning birinchi choragida AQSh iqtisodiyoti kutilmaganda -1,4 foizga qisqargan. Bir foiz o'sish kutilayotgan edi.

Agar ikki chorak ketma-ket iqtisodiyot qisqarsa, mamlakat iqtisodiyotida rasman turg'unlik (recession) boshlangan hisoblanadi.

@bmamadiev
AQSh Prezidenti Jo Bayden Kongressdan Ukraina uchun qo'shimcha 33 milliard dollar yordam ajratishni so'radi.

Yordam o'z ichiga nimalarni oladi?

- Harbiy yordam uchun $20,4 milliard dollar;
- Ukraina xalqi va hukumatiga iqtisodiy yordam uchun 8,5 milliard dollar;
- Gumanitar yordam va oziq-ovqat uchun 3 milliard dollar.

@bmamadiev
Forwarded from bakiroo
Сахарликкача бедорларга

Мабодо ҳали бедор бўлсангиз, яна бир интервьюни жудаям тавсия этаман. "Ҳошимов иқтисодиёти" дастурининг меҳмони Москва давлат университети профессори Наталья Зубаревич меҳнат мигрантлари, меҳнат бозоридаги ўзгаришлар, рус зиёлисининг оғриқлари, россияликларнинг сезги даражаси ва албатта урушга муносабат ҳақида фикр юритади.

P.S. Твиттерда Беҳзод Ҳошимов ушбу интервьюни одатдагидан кўра кўпроқ одам кўргани ҳақида айтиб қолди. Бунга ҳайрон бўлмадим, чунки интервью ва ундан парчалар Россия ва россияликларнинг пабликларида айланишни бошлади. Хусусан, мен ҳам биринчи парчани россиялик дўстларнинг тик-ток саҳифасидан кўрдим (россияликларнинг сезгиси ҳақидаги қисми).

Иккинчи эътиборли нарса урушга нисбатан қозоғистонликларнинг ва ўзбекистонликларнинг муносабати билан боғлиқ. Зубаревичнинг версияси, албатта қизиқроқ ва илмийроқ. Лекин менимча қозоғистонликларнинг урушга нисбатан қатъиятли нафратида январь воқеаларининг ўрни ҳаддан зиёд бўлди. Қозоғистонлик биродарларимиз "русский мир"нинг даҳшати қаергача олиб келиши мумкинлигини ўз кўча ва майдонларида ОДКБ байроғи билан пайдо бўлган танклардан тасаввур қила олишди назаримда.

https://youtu.be/qZLRGDGLh34
AQSh Kongressi Vakillar palatasi Ukraina Lend-Liz qonunini qabul qildi. Avvalroq uni Senat ham tasdiqlagan edi.

Qonunga ko'ra, AQSh endi Ukrainaga cheklovlarsiz og'ir qurollarni yetkazib berishi mumkin.

Ukraina olishi mumkin bo'lgan yangi qurollar ro'yxati:

- Uchinchi avlod "M1A2 Abrams" tanklari
- "M2A3 Bradley" zirxli mashinalari;
- "M109A6 Paladin" zirxli mashinalari;
- "HIMARS" raketa tizimlari;
- MLRS M270 MLRS raketa tizimlari;
- "NASAMS 2" havo mudofaa tizimi;
- "Patriot" havo mudofaa tizimi;
- To'rtinchi avlod "F-16" qiruvchi samolyotlari.

Qonun bo'yicha qurollar lizing yoki ijara asosida beriladi. Qurollarga shikast yetkazilgan taqdirda, puli to'lanishi kerak.

Lend-liz dasturi ilk bor 1941-yil II Jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasiga qarshi kurashayotgan Britaniyaga harbiy yordam berish maqsadida qabul qilingan edi.

@bmamadiev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya armiyasining ahvoli

Bir paytlar Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning yaqin do'sti hisoblangan va Rossiya harbiy kemalarini qurishda qatnashgan milliarder Sergey Pugachyov bilan o'tkazilgan suhbatdan parcha

@bmamadiev
Forwarded from MahallaUSA
Assalomu alaykum, hurmatli dindoshlar!

Nyu York shahrida ilk marta MahallaUSA jamiyati O'zbekistondan tashrif buyurgan diniy ulamolarimizdan Qosim Qori Karimov ishtirokida Eid al Fitr - Hayit Namozini Siz aziz yurtdoshlarimiz uchun tashkil qilmoqda.

2-May kuni Nyu Yorkda yomg'irli havo bo'lish ehtimoli borligi uchun, ushbu Hayit Namozi yopiq joyda o'tkazilishi ta'minlanmoqda.

Barcha tashrif buyuruvchilar o'z JOYNAMOZLARI bilan kelishlarini so'rab qolamiz.

Hayit Namozida ma'ruza, suhbatlar O'zbek tilida olib boriladi.

Hayit Namozidan keyin tashrif buyuruvchilarga BAYRAM OSHI tortiq qilinadi.

Vaqti: 02-May, Dushanba ertalab 07:00

Manzil: Metropolitan Ballroom
2555 Shell Road
Brooklyn, NY 11223

Telefon:
9292679398
3473553300
"Twitter" xususiy va davlat kompaniyalari, rasmiylar uchun pulli bo'lishi mumkin.

@bmamadiev
AQSh Markaziy banki inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida qisqa muddatli kreditlar uchun foiz stavkasini 0,50 foizga oshirdi. Oxirgi 20 yilda ilk bor bu stavka birdaniga yarim foizga oshirilmoqda. Shu paytgacha, odatda, 0,25 foiz miqdorida oshirib kelingan.

Pandemiya paytida bu foiz qariyb nolga tushirilgan edi. Ayni paytda qayta moliyalash stavkasi 0,75 - 1 foiz atrofida.

@bmamadiev
2023-yilgi "Grin karta" dasturi uchun topshirilgan arizalar natijalari bugun e'lon qilinadi.

Toshkent vaqti bilan 2022-yil 7-may 21:00 dan boshlab AQSh Davlat departamenti maxsus saytidan natijalarni ko'rishingiz mumkin.

Tekshirish uchun manzil: https://dvprogram.state.gov/

Natijani bilish uchun tasdiq raqami (Confirmation Number), ariza topshirgan odamning familiyasi (Last/Family Name) va tug'ilgan yili (Year of Birth) kerak bo'ladi.

Dastlabki soatlarda va kunlarda sayt ishlamay qolishi ehtimoli yuqori. Shoshilishga va xavotirga o'rin yo'q, natijani 30-sentabrgacha tekshirish mumkin.

Omadlilarga omad yor bo'lsin. 🙂

@bmamadiev
Prezident Jo Bayden AQSh Kongressidan Ukraina uchun 33 milliard dollar yordam ajratishni so'ragan edi.

Kongress esa 40 milliard dollar ajratadigan bo'ldi. Buning yarmi harbiy yordam, qolgani gumanitar-iqtisodiy maqsadlar yo'lida ishlatiladi.

@bmamadiev
O'tgan bir hafta kriptovalyutalar uchun juda og'ir keldi. Bir sutka ichida ba'zilari 99 foiz qiymatini yo'qotdi. Ayrimlari hatto nolga tushdi.

Eng ko'p shov-shuv bo'lgan kriptovalyuta bu - Terra(LUNA). Top 10 talikda yurgan bu valyuta bir hafta oldin 70-80 dollarga sotilgan. O'tgan 24 soat ichida 99 foiz qiymatini yo'qotib qariyb nolga tushdi.

Natijada ba'zilar yuz minglab, millionlab dollar pulini yo'qotdi.

Bunchalik keskin tushib ketishning asosiy sababi shu valyutaga bog'liq, dollar qiymati bilan bir xil yuradigan TerraUSDning (UST) qulashi ekani aytilmoqda. TerraUSDning qiymatini ushlab turish uchun zaxirada "Bitcoin" saqlangan; ayni paytda Terra(LUNA) zaxiralaridan ham foydalanilishi aytiladi. Uning dollarga bog'liq qiymati nega boy berilganini hech kim aniq bilmayapti.

Birinchi raqamli kripto valyuta "Bitcoin" ham 26 ming dollargacha arzonladi.

Umuman, hozir moliya bozorlari juda beqaror. Amerikaning deyarli barcha fond birjalari yil boshidan beri 20-30 foizlik zararda turibdi.

@bmamadiev
Ilon Mask "Twitter"ni sotib olish jarayoni vaqtincha to'xtatib turilishini e'lon qildi. Bu xabar ortidan "Twitter" aksiyasi narxi qariyb 20 foizga quladi. Maskning yozishicha, ijtimoiy tarmoqdagi soxta akkauntlar va botlar sonini tekshirish ishlari ketayotgani bois muzokaralarda biroz tanaffus bo'ladi.

Ilon Mask "Twitter"ni sotib olishini e'lon qilgandan beri "Tesla" kompaniyasi ham 400 milliard dollarlik qiymatini yo'qotdi.

@bmamadiev
1000 dollarga qariyb 91 million dona SHIB-USD kriptovalyutasini sotib oldim. Bir donasi 0,000011 dollardan tushdi.

Tikkan pulingizni 100 foiz yo'qotishga tayyor turmasangiz, bunday yuqori riskli savdolarga aralashmaslikni tavsiya qilaman.

Bu valyuta taqdiri kelasi 1-2 yilda nima bo'larkin, shuni kuzatmoqchiman.

@bmamadiev
Finlandiya va Shvetsiya NATOga qo'shilishga rasman qaror qildi. Bu ikki davlat hatto Sovuq urush yillarida ham harbiy alyanslarga qo'shilmaslik siyosatini olib borgan edi.

Har ikki mamlakat hukumati so'nggi qarorlarini Rossiyaning agressiyasi bilan izohlamoqda. Ularga ko'ra, Ukrainaning boshiga tushgan ish boshqa har qanday davlat bilan ham yuz berishi mumkin. Xavfsizlikni kafolatlashning eng yaxshi yo'li - NATOga qo'shilish, demoqda ular.

Ukraina bosqini oldidan Finlandiyada aholining bor-yo'g'i 20 foizi NATOga qo'shilish kerak, degan fikrda bo'lgan. Urush boshlangandan keyin bunday fikrdagi aholi soni 70 foizdan oshgan.

Rossiyaning Ukraina urushini boshlashdan asosiy maqsadi ham, Putinga ko'ra, shu edi: NATOning Rossiya chegaralariga yaqinlashishiga yo'l qo'ymaslik.

Natija buning aksi bo'lib chiqdi. Rossiya nafaqat Ukrainani taslim qila olmadi, balki, agar Finlandiya alyansga qabul qilinsa, NATO bilan qariyb 1500 kilometrlik chegaraga ega bo'lmoqda.

Hozircha Turkiya Finlandiya va Shvetsiyaning NATOga qo'shilishiga e'tiroz bildiryapti. Davlatlar qabul qilinishi uchun alyansning barcha a'zolari yakdil bo'lishi kerak. Turkiya NATOda AQShdan keyin eng ko'p qo'shinga ega ikkinchi mamlakat.

Turkiyaning pozitsiyasi bu ikki davlatga nisbatan biror adovati bo'lgani yoki Rossiyaning tarafini olayotgani tufayli emas; aksincha, u yuz bergan vaziyatdan o'z manfaati yo'lida foydalanib qolishga urinyapti.

Oxirgi yillarda AQSh Turkiyaga qiruvchi samolyotlar sotishni to'xtatgan edi; "Patriot" mudofaa tizimini ham bermadi. Turkiya natijada Rossiyadan "S-400" mudofaa tizimini sotib olishga majbur bo'ldi. Anqara hozir Vashingtondan "F-16" samolyotlari savdosiga qo'yilgan taqiqni bekor qilishni talab qilyapti.

Bundan tashqari, uzoq yillar ko'p urinishiga qaramay, Turkiyani Yevropa Ittifoqiga qabul qilishmagan edi. Ukrainani esa tezlashtirilgan yo'l bilan yevroittifoqqa qo'shishmoqchi. Anqara yana shu masalani ko'tarishi mumkin.

Menimcha, Finlandiya va Shvetsiya NATOga qo'shiladi. Turkiyaning roziligi olinadi. Ya'ni, Anqaraga uni qanoatlantiradigan nimadir berishadi.

@bmamadiev
Asossiz axborotni sotib, pul ishlayotgan treningchilarga qarshi chora ko'rish kerakmi?

Agar qonunni buzishayotgan bo'lsa, albatta, chora ko'rish kerak. Qonunni buzmayotgan bo'lsa, bilganini qilsin. Bozorning o'zi ularni tartibga solib qo'yadi. Lo'ttiboz ekani tez orada fosh bo'ladi va mijozini yo'qotadi.

Ularning qozonini qaynatib turgan ahmoqlar ko'p bo'lsa, aybdor aslida kim? Ahmoqlarni esa treninglarni taqiqlash yo'li bilan kamaytirib bo'lmaydi.

@bmamadiev
AQShda koronavirusdan o'lganlar soni rasman bir milliondan oshdi. Aslida qurbonlar soni bundan ancha yuqori ekani aytiladi.

@bmamadiev
Nyu-York shahridagi o'zbekistonliklarga tegishli "Navro'z" supermarketida qotillik yuz bergan. Do'konning ikki ishchisi o'zaro tortishib qolib, bir-birini pichoqlagani aytilmoqda. Ulardan biri keyinroq kasalxonada vafot etgan.

Bu ikki shaxs - biri o'zbekistonlik, ikkinchisi tojikistonlik o'zbek ekani ma'lum.

@bmamadiev