Vashington kundaligi
4.02K subscribers
542 photos
184 videos
4 files
800 links
Amerikada yashovchi jurnalist, yozuvchi va dasturchi Behzod Mamadievning kundaligi
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kamoliddin Rabbimovning "Azon.uz"ga bergan oxirgi suhbatlaridan biri

@bmamadiev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum va rohmatulloh xurmatli vatandoshlar, qadrli oʻzbekzabon din qardoshlar!

Sizlar uchun ajoyib xushxabar. Bu yilgi Ramazon oyini har yilgidanda shukuhli oʻtkazish maqsadida oʻzbekistonlik 10 ga yaqin ustozlar Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrif buyurmoqdalar.

1) Muhammad Ayyubxon domla Homidov
2) Is’hoqjon domla Begmatov
3) Jaloliddin domla Hamroqulov
4) Ismoil domla Muhammad Sodiq
5) Hasan domla Qodirov
6) Qosimjon qori Karimov
7) Abdulhamid domla Jumanov
8) Anvarxon qori Zaitov

Ustozlar quyidagi shaharlarga tashrif buyuradilar

20-aprel - Washington DC,
21-aprel - 7 p.m. Philadelphia,📍 Isabet Academic Campus
22-aprel - 7 p.m. New York,
23-aprel - 7 p.m. Cincinnati, 📍 OREF center
24-aprel - 5 p.m. Chicago, 📍 Shalimar Banquets
25-aprel - 2-May Orlando 📍 Al-Bukhari islamic center

Barchangizni Ramazon suhbatlariga va iftorga taklif etamiz. Ramazon shukuhini biz bilan birgalikda his qiling!

Bizning ijtimoiy tarmoqlar:

Instagram |Youtube |Telegram |Facebook
Kamoliddin Rabbimov o'zi bilan yuz bergan voqea yuzasidan bayonot berdi.

@bmamadiev
Toshkentdagi AQSh elchixonasi to'liq tartibda ishlayapti. Viza olish, ariza topshirish, "Grin karta" bilan bog'liq vaziyat, qanday holatlarda viza beriladi yoki rad etiladi; shular haqida AQShning Toshkentdagi elchixonasi Konsullik xizmati rahbari bilan suhbat.

Tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=vWmDmmWubIc

@bmamadiev
"Netflix" kompaniyasi yilning birinchi choragida 200 ming mijoz yo'qotibdi. Har chorakda millionlab yangi obunachi qo'shadigan biznes uchun bu kutilmagan yangilik. Oxirgi 10 yilda ilk marta xizmatni tark etganlar soni yangi qo'shilgan odamlar sonidan ko'proq bo'libdi. Kompaniya keyingi chorakda yana ikki million mijozni yo'qotishini bashorat qilmoqda.

Buning asosiy sababi - Ukrainadagi urush. Bosqin ortidan kompaniya Rossiya bozorini tark etdi. Natijada shu bitta mamlakatning o'zida 700 ming mijozni boy bergan.

Bozor bu xabarni "shok" holatida qabul qildi. Kompaniya aksiyalari hali savdo boshlanmay turib 27 foizga tushib ketdi. Kun oxirigacha shunday tursa, bu "Netflix" uchun bir kunda 42 milliard dollar yo'qotish bo'ladi.

@bmamadiev
AQSh O‘zbekiston chegara qo‘shinlariga transport vositalari hadya qildi

AQShning O'zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga 50 ta “Toyota Hilux” va “Fortuner” rusumli avtomashinalarni topshirdi.

Ushbu transport vositalari AQSh davlat departamenti moliyalashtiruvchi Yadro qurollarini tarqatmaslik va qurolsizlanish jamg‘armasi doirasida sovg‘a qilindi. Qiymati 2,25 million dollarga teng avtomashinalar AQShning xavfsizlik sohasida O‘zbekistonga ko‘rsatayotgan yordamining bir qismi hisoblanadi.

@bmamadiev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonning AQShdagi elchixonasida azon o'qildi

O'zbekistondan bir guruh imomlar Amerika bo’ylab safarda. Tashrifning ilk kunida Vashingtondagi O'zbekiston elchixonada iftor dasturxoni yozildi. Azon yangradi. Namoz o'qildi.

Imomlar kelasi bir hafta ichida Filadelfiya, Nyu-York, Sinsinatti, Chikago va Orlando shaharlarida ham vatandoshlar bilan uchrashishi rejalangan.

@bmamadiev
AQShga tashrif buyurgan o'zbekistonlik imomlar guruhi O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov (markazda) bilan, Vashington, AQSh, 2022-yil, 20-aprel

@bmamadiev
AQSh Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga qo'shimcha 800 million dollarlik harbiy yordam berilishini e'lon qildi. Yordam, asosan, og'ir artilleriya qurollari va o'q-dori yetkazib berishdan iborat bo'ladi.

Bundan tashqari, Ukraina hukumati uchun yana 500 million dollar moliyaviy yordam ajratiladi.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirgandan beri AQSh Ukrainaga 3,4 milliard dollarlik yordam ko'rsatdi.

@bmamadiev
Yaponiya Kurill orollarini Rossiya bosqini ostidagi o’z hududlari deb e’lon qildi.

II Jahon urushidan beri bu hududlar bo’yicha ixtilof mavjud bo’lgan, ammo Tokio shu paytgacha bu orollar bo’yicha o’z pozitsiyasini bu qadar keskin e’lon qilmagan edi.

@bmamadiev
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron 24-aprel kuni 2-muddatga prezidentlikka saylandi. Oxirgi 20 yilda ilk bor Fransiyada amaldagi prezident 2-muddat uchun kechgan saylovda g'olib bo'ldi.

@bmamadiev
Ayni damda Ukraina va uning tevaragidagi parvozlar xaritasi

Manba: adsbexchange.com

@bmamadiev
Yetakchi davlatlarning 2021-yilgi harbiy xarajatlari (milliard dollar)

@bmamadiev
"Twitter" o'zining Ilon Mask tomonidan sotib olinayotganini e'lon qildi. Tomonlar 44 milliard dollarga kelishgan. Demak, dunyoning eng boy odami, "Tesla", "SpaceX" kabi bir necha kompaniyalar egasi Mask "Twitter"ning har bir aksiyasi uchun $54,20 dan to'laydi.

Hujjat ishlari tamomlangach, kompaniya fond birjalaridan butunlay olinadi, ya'ni u endi xususiy kompaniyaga aylanadi.

Yangilik e'lon qilinishidan avval kompaniya aksiyalari savdosi allaqachon to'xtatilgan edi.

Kompaniya Ilon Mask qo'liga o'tgach, "Twitter"da qanday o'zgarishlar paydo bo'ladi? Endi ko'pchilikni shu savol qiziqtiradi.

Mask kompaniyani haqiqiy so'z erkinligini himoya qila olmayotganlikda ayblab kelayotgan edi. U shu masalada ishlashini, platformani yangi imkoniyatlar bilan boyitishini e'lon qildi.

Donald Tramp yana "Twitter"ga qaytishi mumkinmi? U ko'p yolg'onlarni ishlatgani uchun prezidentligi paytida platformadan bir umrga badarg'a qilingan edi. Shu masala ham ko'pchilikni qiziqtirmoqda. 🤔

@bmamadiev
Bugun Germaniyadagi AQSh harbiy bazasida AQSh va dunyoning 40 dan ortiq mamlakati rasmiylari birga o'tkazgan anjumanda Ukrainaga og'ir harbiy qurollarni yetkazib berishga kelishib olindi.

NATO nafaqat Ukrainaning g'alaba qozonishini, balki bunday agressiyalar yana yuz bermasligini ta'minlash maqsadida Rossiyaning harbiy qudratini zaiflashtirishni ham maqsad qilmoqda.

@bmamadiev
Rossiyaning neft bozori allaqachon sanksiyalar asoratini seza boshladi. Neft ishlab chiqarish Ukraina bosqini boshlangan kundagiga qaraganda kamaygan. Xalqaro bozorda Rossiyaning "Ural" nefti xalqaro "Brent" markasidan 35 dollar arzonga sotilyapti; chunki xaridor kam.

O'tgan yili Rossiya federal byudjetining 45 foizi neft va gaz savdosi tushumlaridan qoplangan. Tushum kamaygan sari, urushni moliyalash yanada qiyinlashadi.

AQSh va Britaniyaning embargosini hisobga olmaganda, Rossiyaning neft va gaz sanoatiga to'g'ridan to'g'ri sanksiyalar hali kiritilmagan. Shunga qaramay, xalqaro kompaniyalar sanskiyalarga yo'liqib qolmaslik uchun Rossiya neftini sotib olishdan imkon qadar o'zini chetga olyapti. Yirik xalqaro neft kompaniyalari Rossiya bozorini tark etyapti.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning neft-gaz sanoatiga bosqichma-bosqich sanksiyalarni joriy qilishni rejalayapti. Masalan, 15-maydan boshlab "Rosneft" kompaniyasiga qarshi sanksiyalari kuchga kiradi. Yil oxirigacha Rossiyadan neft sotib olishni butunlay to'xtatish maqsad qilingan. Bir necha yil ichida esa Rossiya gazidan butunlay voz kechish umid qilinyapti.

Ukrainada urush butunlay tugagan taqdirda ham, Rossiya 24-fevral kungi chegaralarga qaytsa ham, endi bu sanksiyalarning bekor qilinishini kutmaslik kerak. Ular uzoq yillar, ehtimol Putin hokimiyatdan ketgungacha amalda bo'ladi. Bu esa Rossiya iqtisodiyotini bir necha o'n yillar orqaga suradi.

Putin G'arbning Rossiyaga qarshi bu qadar jipslashishini va urush bunchalik cho'zilishini o'ylamagan edi.

Urush, albatta, G'arb iqtisodiyotiga ham og'ir yo'qotishlarni olib kelyapti. Urush bilan bog'liq global muammolar tufayli keyingi yillarda AQSh va Yevropa iqtisodiyoti turg'unlikka kirishi ehtimoli bor. Lekin Rossiyani zaiflashtirish uchun G'arb bu badalni to'lashga tayyor.

Chunki hozirgi imkoniyat boshqa bo'lmasligi mumkin.

@bmamadiev
O’zbekistonda maktab o’quvchilari uchun majburiy va pulli bo’lgan “Kundalik” ilovasining ba’zi sahifalari.

Topingchi, nechta va qanday xatolar bor?

@bmamadiev
Vashington kundaligi
O’zbekistonda maktab o’quvchilari uchun majburiy va pulli bo’lgan “Kundalik” ilovasining ba’zi sahifalari. Topingchi, nechta va qanday xatolar bor? @bmamadiev
Yuqoridagi rasmlardan olingan ba'zi gaplarga e'tibor qarating:

"1 vazifadan 4 bajarildi"
"o'rta Uchun barcha fanlardan 4 chorak baliga asoslanib"
"Dars o'tkazvotti"
"Vazifaning matnini nusxalash"

Qaysi tilda yozilgan bu? Namuncha o'zbek tilini buncha xo'rlashmasa? Imloviy xatolarni hali sanamadim, ular g'ij-g'ij.

Aytishlaricha, bu ilova vazirlik tomonidan majburlab hamma ota-onalarga pulli obuna qilingan ekan.

Ommaga chiqarish oldidan nahotki birorta mutaxassis bu ilovani ko'zdan kechirib bermagan bo'lsa? Uyat.

@bmamadiev