Vashington kundaligi
4.02K subscribers
542 photos
184 videos
4 files
800 links
Amerikada yashovchi jurnalist, yozuvchi va dasturchi Behzod Mamadievning kundaligi
Download Telegram
Sovet ittifoqining qulashini "tarixning tugashi"ga o'xshatgan mashhur siyosiy faylasuf Frensis Fukuyama Ukraina urushining oqibatlari haqida o'zining yangi bashoratlarini e'lon qilibdi.

Uning maqolasini qisqacha tarjima qilib, quyida e'tiboringizga havola qilaman:


1. Rossiya Ukrainada ochiqdan-ochiq mag‘lubiyatga uchraydi. Putin butun armiyasining asosiy qismini ushbu operatsiyaga tashladi - unda jangga qo'shish uchun qo’shimcha kuchlarning katta zaxirasi yo'q. Rossiya qo'shinlari Ukrainaning turli shaharlari tashqarisida qolib ketgan. U yerda ular katta ta'minot muammolari va doimiy Ukraina hujumlariga duch kelmoqda.

2. Rossiyaning mag’lubiyati sekin-asta ro’y beradigan vayronakor urush orqali emas, balki to'satdan va halokatli bo'lishi mumkin. Dalalarda qolgan qo'shin shu darajaga yetadiki, uni na ta'minlab, na olib chiqib ketib bo’ladi. Bu narsa shimolda allaqachon ro’y bermoqda; ruslar janubda yaxshiroq ishlamoqda, ammo shimol qulasa, bu janubga ham ko’chadi.

3. Diplomatik yechim topilguncha Rossiya mag’lubiyatga uchraydi. Rossiya va Ukraina hozirda ko'rgan yo'qotishlarni hisobga olsak, ular uchun maqbul murosa mavjud emas.

4. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi foydasiz ekanligini yana bir bor isbotladi. Yagona foydali narsa Bosh Assambleyadagi ovoz berish bo'lib, u dunyoda kimning kim ekanini ko’rsatib berdi.

5. Bayden ma'muriyatining parvozlar taqiqlangan hududni e'lon qilmasligi yoki Polshaning “MiG” qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga bermaslik haqidagi qaror to’g’ri bo’ldi. Ukrainaliklar ruslarni o'zlari mag'lub etib, Moskvani NATO ularga hujum qildi, degan bahonadan mahrum qilishlari, shuningdek, NATO va Rossiya o’rtasidagi to’qnashuvning oldini olgan yaxshiroq. Polshaning MiG samolyotlari Ukrainaning imkoniyatlariga katta yordam ham bera olmas edi.

6. Ukraina berayotgan qurbonliklar juda katta, albatta. Ammo eng katta zararni raketalar va artilleriya keltirmoqda. Urushni to'xtatadigan yagona narsa - rus armiyasining quruqlikdagi mag'lubiyati.

7. Putin o‘z armiyasining mag‘lubiyatidan omon chiqmaydi. Uni kuchli odam deb bilishgani uchun qo’llab-quvvatlashmoqda. Uning qobiliyatsizligi fosh bo’lgach, tarafdorlari uni tark etadi.

8. Bosqin butun dunyo bo'ylab populistlarga katta zarar yetkazdi. Ular hujumdan oldin Putinga birdek hamdard edilar. Urush ularning ochiq avtoritar moyilliklarini fosh qildi.

9. Bu urush Xitoy uchun ham yaxshi saboq boʻldi. Rossiya kabi Xitoy ham soʻnggi oʻn yil ichida yuqori texnologiyalarga asoslangan kuchli armiya qurdi, ammo ularda jangovar tajriba yoʻq. Rossiya havo kuchlarining ayanchli ahvoli murakkab havo operatsiyalarini boshqarish tajribasiga ega bo'lmagan Xitoy tomonidan ham takrorlanishi mumkin. Xitoy rahbariyati Tayvanga qarshi kelajakda rejalayotgan harakatlarida Rossiya tushib qolgan holatdan saboq chiqarishi kerak.

10. Tayvan ham mudofaa uchun harakatini kuchaytirishi kerak.

11. Turk dronlari bestsellerlarga aylanadi.

12. Rossiyaning mag'lubiyati "erkinlikning yangi tug'ilishi"ni amalga oshiradi va so’nggi yillarda ancha susaygan global demokratiya yana jonlanib, 1989-yillar ruhi qaytib keladi.

@bmamadiev
Rossiyaning Ukrainaga ochgan urushi ko'plab o'zbekistonliklarda Amerika va G'arbga nisbatan nafratni yanada kuchaytirganiga guvoh bo'lyapman.

Nega bunday deb o'ylaysiz?

@bmamadiev
Xitoy davlat pochtasi qahva biznesiga kiribdi. Pochta idoralarida odatdagi xizmatlardan tashqari qahva ham taklif qilinar ekan.

Solishtirish uchun:

- Xitoyda 5360 ta "Starbucks" qahvaxonasi bor ekan.
- Luckin Coffee (milliy brend) qahvaxonalari 6000 ta.
- Xitoy davlat pochta idoralari soni esa 54 mingdan (!) ortiq.

Yaxshi g'oya, menimcha. Ham qo'shimcha daromad, ham ko'proq mijoz jalb qilish uslubi.

@bmamadiev
Rossiyaning da'vo qilishicha, Ukrainada boshlangan "maxsus amaliyot"ning asosiy qismi yakunlangan va endi e'tibor Donbass mintaqasini "ozod qilish"ga qaratiladi.

Xullas, Kreml Kiyevni qo'lga kiritishdan umidini uzgan ko'rinadi. Endi sharqiy Ukrainada ko'proq hududlarni o'z nazorati ostiga olib, muzokaralardagi pozitsiyasini mustahkamlashga urinadi.

Bu yaxshi xabarmi yoki yomonmi, bir narsa deyish qiyin.

@bmamadiev
Shu paytgacha Rossiyaga qarshi e'lon qilingan sanksiyalarga kamida 33 ta davlat qo'shilgan.

Mamlakatni nafaqat xorijiy kompaniyalar tark etyapti, balki avtomobil, elektronika ishlab chiqaruvchi mahalliy kompaniyalardan tortib, tank zavodlarigacha bo'lgan ba'zi harbiy sanoatlarda ham ishlab chiqarish to'xtagan. Chunki zarur ehtiyot qismlarni xorijdan olib kelishning imkoni bo'lmayapti.

@bmamadiev
Ukrainadagi urush tufayli keskin oshgan yoqilg'i narxlarini barqarorlashtirish uchun AQSh o'z strategik zaxirasidan har kuni bir million barrelgacha neftni iste'molga chiqarishni rejalayapti. Bu bir necha oy davom etishi mumkin.

25-mart holatiga ko'ra, AQSh milliy zaxirasida 568 million barrel neft bor.

@bmamadiev
Mariupol, Ukraina, 2022-yil, 30-mart

@bmamadiev
Barchamizga Ramazon muborak bo'lsin!

Dunyoda urushlar bitib, tinchlik-xotirjamlik bo'lsin.

@bmamadiev
"Wall Street Journal" nashrining bir tadqiqotga asoslanib yozishicha, turmush qurgunga qadar birga yashab ko'rmagan, ya'ni oila qurishdan oldin jinsiy munosabatga kirishmagan yoshlar orasida ajrashish ancha kam ekan.

@bmamadiev
Россия-Украина урушининг биринчи қирғини – Буча, Ирпень ва Гостомелдаги қатлиомлар рўй берди. Урушлар, афсуски, бундай қирғинларсиз ўтмайди. Уруш, асаблар таранг, кўз ўнгингда дунёйинг вайрон бўлмоқда; бунақа вазиятда ғазабдан, аламдан ақлни йўқотиш, қўрқинчли ишлар қилиш мумкин, ҳужум қиляпсанми, ҳимояланяпсанми, фарқи йўқ. Кейин бу ваҳшийликларни тан олишнинг, эслашнинг ўзи қўрқинчли бўлади, инкор стадияси бўлади; қотил томонни "ўзиники" деб билувчи одамлар, гуруҳ ҳам осон қабул қила олмайди. Бунинг натижаси ўлароқ қатлиом сохталиги, постановкалиги ёки ёлғонлиги ҳақида баҳоналар тўқила бошланади. Буларни тўқишдан асосий мақсад бошқаларни ишонтиришдан кўра ўзини ишонтириш ва тинчлантириш бўлади ("йўқ, биз ундай қилишимиз мумкин эмас, биз олийжанобмиз!" аргументи).

Тарихда жуда кўп қирғинлар, геноцидлар рўй берган ва жуда кўпи шубҳа остига олинган (асосан ижрочиларнинг ўзи томонидан). Озарбайжонлар Сумғаитни арманиларнинг ўзи уюштирган деб келади; арманилар Хўжалини озарбайжонларнинг ўзлари уюштирган деб келади; қирғизлар Ўшни ўзбекларнинг ўзи уюштирган деб келади; армани геноциди-ю холокостдай йирик, яшириб, сохталаштириб бўлмайдиган жиноятларни шубҳа остига олувчилар топилади ҳатто.

Ўз вақтида қирғинлар тарихини (Марказий Осиё, Туркия, Арманистон ва Озарбайжон мисолида) кўп ўрганганим боис бугун Буча атрофида юзага келган баҳс мен учун янгилик эмас. Бучада постановка уюштирилгани Кремль расмийлари томонидан ҳам айтилмоқда, ҳатто қандайдир аргументлар, далиллар келтирилди (ва уларнинг барчаси нотўғрилиги исботланди, бир қисмини Россия пропагандасининг ўзи ҳам тан олди).

Шу масалада тўплаган билимларимдан келиб чиқиб, бир нарсани айтаман. Қирғинлар аслида постановка экани ҳақидаги фикрлар 100 фоиз вазиятда тасдиқланмаган. Қирғинлар ҳамиша ҳақиқий бўлиб чиққан; тарих бирорта ҳам постановка қирғин билмайди. Уларнинг ҳеч бўлмаса ярми постановка бўлса, хурсанд бўлардим, шунча одам аслида ўлмаган, ҳаётлар узилмаган бўлиб чиқарди. Афсуски, тарих бундай мисолларни билмайди.

Бундай постановкани уюштириш баъзилар ўйлагандай осон эмас. Голливуд юз миллионлаб доллар сарфлаб, юзлаб профессионалларни ойлар мобайнида ишлатиб, барибир реалистик саҳналар ярата олмайди. Оддий ҳарбийлардан бундай реализм кутиш ўзни алдашдан бошқа нарса эмас. Дағал ҳарбийлар бир шаҳарга кириб, ярим кунда бу қадар реалистик антураж яратиб, съёмка қилиш салоҳиятига ва малакасига эга эмас. Киночилар жалб қилинган десангиз, у ерда ўнлаб профессионалларни ишлатиб бўлмайди. Биринчидан, вақт ва пул йўқ (декорация, гримм, махсус эффектлар жуда қиммат ва кўп вақт оладиган ишлардир). Иккинчидан, унча одам постановка уюштирганини яшириб бўлмайди, битта гувоҳ кўриб қолишининг ўзи етади – бутун постановка чиппакка чиқади.

Қолаверса, бундай постановкадан пропагандистик фойда ҳам оз: шунча меҳнат золимнинг золимлигини яна бир марта тасдиқлашгагина ярайди нари борса, ёлғоннинг фош бўлиш эҳтимоли эса 99 фоизни ташкил этади – постановкалигини исботлайдиган битта гувоҳ, битта далилнинг ўзи етарли бўлади одатда.

Россияда украин миллатига нисбатан нафрат, ушбу миллатни йўқ қилиш кайфияти сингдирилишни бошлаганини анча олдин Максим Кац таъкидлаб ўтган эди. Бошида Кремль Украинада фақат алоҳида нацбатальонлар бор, фақат шуларни йўқ қиламиз, халқ бизни гуллар билан кутволади, ҳатто украин армияси ҳам бизга қарши курашмайди, деб ўйлаганди. Бошида халққа ва ҳатто украин ҳарбийларига тегинмаслик ҳақида буйруқ берилганди. Армия курашди, халқ нафрат билан кутволди. Шундан сўнг ҳарбийлар шафқатсизлик билан йўқ қилина бошланди. Секинлик билан бутун украин халқига нисбатан нафрат очиқ айтилиб (Симоньяннинг тилидан), бу халқни йўқ қилишга чақириқлар янграй бошлади. Буча мана шу нафратнинг илк алангасидир. Мана, Россиянинг расмий ахборот агентлиги бутун украин халқини нацизмда айбловчи, бу халқни йўқ қилишга чақирувчи геббельсча мақолани бемалол эълон қиляпти.

Гуруҳимда ҳали путинпарастлар қолган бўлса, мана шуни бир кўрворсин. Балки инсониятга қарши жиноятларни ва ҳақиқий нацизмни ҳимоя қилиб ўтиришганини тушунишар.

@AsanovEldar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Al-Buxoriy markazida xayriya tadbiri

Sizlarni Florida shtati Orlando shahridagi Imom Al-Buxoriy markazida 8-aprel mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da (Toshkent vaqti bilan 9-aprel 6:00 da) o'tkaziladigan «Fundraising» xayriya tabdiriga taklif etamiz.

Tadbir mehmonlari:

Homidov Muhammad-Ayyubxon - OʻMI boʻlim mudiri;
Yahyo Abdurahmonov - «Vaqf» xayriya jamgʻarmasi rahbari;
Begmatov Is’hoqjon - imom-xatib;
Matqulov Abdulhakim - imom-xatib;
Ismoil Muhammad Sodiq - imom-xatib;
Hasanxon Yahyo Abdulmajid - imom noib

Tadbirni "Youtube" kanalida onlayn koʻrib, ishtirok etishingiz ham mumkin👉 https://youtu.be/GqKOSraCm3U

Hammangizni kutib qolamiz!

📍Uchrashuv joyi: Al-Bukhari Al-Bukhari Islamic Center, 8009 S Orange Ave, Orlando, FL 32809, United States
🗓Oʻtkazilish sanasi va vaqti: 8-aprel, 21:00 (9 PM ET) (Toshkent vaqti: 9-aprel, 6:00 )
📞Telefon raqami: (530)730-0000

Al-Bukhari Islamic Center | Al Bukhari Halal Food

@bmamadiev
BMT Bosh Assambleyasi Rossiyani BMT Inson huquqlari kengashi a’zoligidan mahrum qilish haqida qaror qabul qildi. 24 davlat, jumladan, O’zbekiston bu qarorga qarshi ovoz berdi.

Qarorni ma’qullagan davlatlar soni 93 ta.

@bmamadiev
Ukrainada yer ostidan murdalarni kovlab olishyapti. Rossiya bosqini ostidagi hududlarda o'lgan, o'ldirilgan tinch aholi vakillari.

Shu haqda qo'yilgan video ostiga vatandoshlarimiz yozayotgan ba'zi izohlar:

"Ruslar o'ldirib, ko'mib ketishga vaqtlari bemalol bo'lgan ekan-da..."

"La'nati Zelenskiyni deb shuncha odam o'lib ketdi. Rossiyaning talablariga xo'p deganda
, shuncha odam o'lmasdi..."

"Ruslar bu yerdan ketganiga 12 kun bo'ldi. Nega murda chirimagan? Qani mantiq?"

"Yevrey Zelenskiy shuncha begunoh odamlarni o'ldirdi. Amerika bilan birga uyushtirdi. Erkakcha urush qo'lidan kelmay, endi shunaqa ishlar bilan Ro
ssiyani dunyoga yomon ko'rsatmoqchi".

"Feyk.
.."

Nima deyishga ham hayronsan. Propagandaning kuchi bo'lsa, shunchalik bo'lar.

@bmamadiev
10 va 13-aprel kunlari AQShda futbol bo'yicha O'zbekiston va AQSh ayollar terma jamoalari ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Birinchi o'yin 9:1, ikkinchisi 9:0 hisobi bilan yakunlangan. Kim g'olib chiqqanini eslatish shart emasdir. 🙂

@bmamadiev
Ilon Mask "Twitter"ni sotib olmoqchi. Har bir aksiya uchun $54,20 taklif qilgan. Bu hozirgi narxidan 40 foiz yuqori va kompaniyaning qiymatini 43 milliard dollarga yetkazadi.

Avvalroq Mask "Twitter"dagi ulushlari sonini 9 foizdan oshirganini va kompaniyaning eng katta aksiyadoriga aylanganini e'lon qilgan edi.

Maskning aytishicha, "Twitter" barchaga birdek so'z erkinligini berish bo'yicha umidlarni oqlamagan. U kompaniyani sotib olsa, shu narsani kafolatlashini aytyapti.

Ilon Mask "Twitter"ning faol foydalanuvchisi bo'lib, u yerda qariyb 82 million obunachiga ega.

Mask "Facebook"dan foydalanmaydi. 2018-yilda hatto kompaniyalarining "Facebook"dagi sahifalarini o'chirtirib tashlagan edi. Buning sababini so'rashganda, "Facebook"ni yoqtirmayman", deb javob bergan.

@bmamadiev
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov 15 sutkaga qamalgani haqida gaplar chiqdi. Keyinroq faqat jarima qo'llanilgani, uyiga qo'yib yuborilgani aytildi. Bu voqealar yaxshilik alomati emas...

Kamoliddin akani, adashmasam, 10-15 yildan beri taniyman. Amerikada yuzma-yuz ko'rishganmiz. "Vashington choyxonasi" dasturimning ko'p bor mehmoni bo'lgan. O'zbek tilida fikrini ravon va tahliliy bayon qilib bera oladigan sanoqli siyosatshunoslardan biri.

Uzoq yillar Fransiyada yashadi. Vatandagi ijobiy o'zgarishlarga ishonib, vatanda turib xizmat qilishni istab o'tgan yili O'zbekistonga qaytgan edi.

Kamoliddin Rabbimovdek mutaxassislar O'zbekiston uchun suv bilan havodek zarur. Hukumat undan qo'rqishi emas, foydalanishi kerak. Ya'ni, diniy-ijtimoiy, siyosiy yo'nalishlarda siyosat ishlab chiqishda, ularni qanday ijro qilishda Kamoliddin akadek mutaxassislar xizmatidan foydalanilsa, bundan xalq ham, davlat ham faqat foyda ko'radi.

@bmamadiev