Vashington kundaligi
4.03K subscribers
542 photos
184 videos
4 files
800 links
Amerikada yashovchi jurnalist, yozuvchi va dasturchi Behzod Mamadievning kundaligi
Download Telegram
Forwarded from Baxtiyor ABDUG'AFUR
Уруғимдан бири киши билан машинадамиз. 1967 йил туғилган. Уруш ҳақида маъруза ўқияпти. "Хоҳласа у қилади, хоҳласа бу!.. Ҳозирча жим турибди, ҳали кўрасан, ҳаммасини ёпиштиради!.."

"Украинлар ҳақ!" - дедим асабийлашиб. "Ўзини ерини ҳимоя қиляпти!"

"Эй, менга қара, миллатчи улар! Уруш шунга қарши, тушундингми!"

"Оподдангизни оти нимайди?"

Довдиради.

"Нишонбек..."

"Халқ ким деб таниган?"

"Нишонбек қўрбоши"

"Нима учун қўрбоши бўп кетди?"

Нимадир деди, ғўлдирашдан бошқасини англамадим.

"Фамилиянгиз нима?"

Жимлик. Менга ола қаради.

"Нишоновми, фамилиянгиз? Ўша Нишонбек қўрбоши номи билан, тўғрими?"

"Ҳа, энди..."

"Ўша Нишонбек қўрбошиям миллатчи бўлганда, акаси! Бугун украин "миллатчи"ларини боевик, террорчи, деяпти. Бизнинг оподдаларни босмачи, деганда, ўша вақтдаги тил билан. Боевик, террорчи деса халқ тушунмайди. Тўғрими?"

"Сенинг онгинг заҳарланган! Тушундингми? Сенларни бошқатдан тарбия қилиш керак! Ҳаммангни!"

"Ўзингизни босинг!.." - ўзимни аранг босардим, аламимни газ педалидан олардим.

"Мени эшит сан бола! Эшит, деяпман!.."

"Мактабдаги лақабингиз нима эди?"

"Мактабда?!.. Ҳа, энди, бир бўлганда..."

"Нима эди лақабингиз?"

Жимлик.

"Эркак бўлиб тўғрисини айтингчи, нима эди?"

Сўз йўқ.

"Ўзим айтаман! "Қўрбоши!"
Шунақа дейишарди. Қўрбошининг невараси деб акаларингизга ҳам мактабда кун беришмаган, тўғрими? Айтардингизку зорланиб. Нимага дамингиз чиқмай қолди? Ака-укаларга шўро даврида кун йўқ эди мактабда, деган сизми?"

"Ҳа, энди... давр эдида!"

"Ўша украинлар ҳам, "босмачи", мен сизга айтсам! Минғир-минғирингизни бошқа эшитмай, асабимга ўйнаяпсиз!.."

"Украинлар нацист халқ!.."

Тормоз босдим, машина йўлнинг ўртасида чийиллади. Йўл ўртасида тўхтадим.

"Тушинг!"

"Жиян..."

"Тушинг тезроқ!"

Тушди. Мен кетдим. Йўл ўртасида қолиб кетди, уруғим бўлса ҳам. Ташлаб кетавердим, заррача ачинмасдим.
AQSh noma'lum uchuvchi jismlardan xavotirda

AQSh Kongressi noma'lum uchuvchi jismlar (NUJ) bo'yicha tinglov o'tkazdi. Tinglovda qatnashgan Pentagonning yuqori lavozimli mansabdorlariga ko’ra, uchuvchilar va harbiy xizmatchilar tomonidan aniqlangan "noma'lum havo hodisalari" soni qariyb 400 taga yetgan.

Rasmiylarning aytishicha, o'tgan yili Kongress tomonidan e'lon qilingan hisobotda tilga olingan NUJlarga oid voqealarning aksariyati hanuz noma'lumligicha qolmoqda.

"NUJlarni tushuntirib bera olmaymiz, lekin ularning borligi haqiqat. Ularni tekshirish kerak va ular soladigan har qanday tahdid bartaraf etililishi kerak”, - dedi Vakillar palatasining Razvedka, terrorizm va qurollarning tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha qoʻmitasi raisi Andre Karson.

Milliy razvedka direktori idorasi va Pentagonning NUJ ishchi guruhi tomonidan e'lon qilingan o'tgan yilgi hisobotda aytilishicha, noma’lum obyektlarning o'zga sayyoraliklar yoki xorijiy davlatlarga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan biror dalil topilmagan.

Tergovchilar hisobotda qayd etilgan 144 ta obyektning bittasini "katta, kichrayib borayotgan shar" sifatida tasvirlagan. Ammo 2004-yildan 2021-yilgacha aniqlagan boshqa 143 ta holatning nima ekani butunlay sirligicha qolmoqda.

Noma’lumligicha qolayotgan obyektlar aslida nima bo'lishidan qat'i nazar, ular haqiqiy jismlar ekanligiga shubha yo'q, chunki 144 hodisaning kamida 80 tasi bir nechta sensorlar tomonidan aniqlangan.

“NUJlar, shubhasiz, parvoz xavfsizligi uchun muammo tug’diradi va AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin”, deyiladi hisobotda.

Kongressdagi tinglovning bir qismi yopiq eshiklar ortida o’tgan.

@bmamadiev
AQShning O'zbekistondagi elchisi yangilanadi

Prezident Jo Bayden AQShning O'zbekistondagi elchisi lavozimiga yangi nomzod ko'rsatdi.

AQSh Senati tasdig'idan o'tgandan so'ng uzoq yillik tajribaga ega diplomat Jonatan Henik AQShning O'zbekistondagi yangi elchisi bo'ladi.

Henik AQSh Davlat departamentida Markaziy Osiyo bo'yicha yetakchi diplomat bo'lib ishlagan. U, shuningdek, Sharqiy Timor, Turkiya, Ozarbayjon, Portugaliya va O'zbekistondagi elchixonalarda turli lavozimlarda mehnat qilgan. Dezinformatsiyaga qarshi kurash bo'yicha kuchli mutaxassis sanaladi.

Henikning nomzodi tasdiqlanguncha amaldagi elchi Daniel Rozenblum o'z faoliyatini davom ettiradi. U uch yil avval Toshkentga elchi bo'lib kelgan edi.

@bmamadiev
Kosmosga odam uchirish bilan shug'ullanadigan AQSh xususiy kompaniyalari soni yana bittaga ko'paydi. "Boing" kompaniyasi yaratgan "Starliner" kemasi sinov parvozi nihoyasida Xalqaro fazo stansiyasiga muvaffaqiyatli ulandi.

Sinov parvozi fazogirlarsiz amalga oshirilgan.

Hozircha AQShda Ilon Maskning "SpaceX" kompaniyasi Xalqaro fazo stansiyasiga odam olib chiqa oladigan yagona kompaniya hisoblanadi.

@bmamadiev
Maktabni bitirib, mustaqil hayot ostonasini hatlab o'tayotgan yoshlarni bu muhim yutuq bilan tabriklayman.

Hayotingizda hammasi endi boshlanyapti. Eng katta yutuqlaringiz ham, eng katta xatolaringiz ham endi yuz beradi.

Hammasi o'z qo'lingizda. Oq-qorani taniydigan, nima siz uchun uzoq muddatda foydali, nima zararli ekanining farqiga boradigan yoshdasiz endi.

Kelasi 3-4 yilda oladigan qarorlaringiz qolgan 50-60 yillik umringizni belgilab beradi. Hayotingizni shunga moslab rejalang.

Suratda: Farg'ona viloyati Rishton tumani 1-iqtidorli bolalar litseyining 9-sinf o'quvchilari, 1999-yil.

@bmamadiev
Yevropa Ittifoqi Rossiyadan dengiz orqali keladigan barcha neft mahsulotlariga embargo qo’ydi. Faqat quruqlikdan quvur orqali keltiriladigan neft bundan mustasno.

So’nggi taqiq Rossiya eksport qiladigan jami neftning uchdan ikki qismini qamrab olishi aytilmoqda.

Rossiyaning eng katta banki “Sberbank” ham SWIFT tizimidan uzildi.

@bmamadiev
Bir muddat tanaffus ortidan ishga qaytsam, stolimda xat turibdi.

Besh yil oldin yashagan joyimda energiya uchun uch dollardan ko’proq ortiqcha to’lab yuborgan ekanman. Oradan qariyb besh yil o’tsa ham ishxonamga xat yo’llab, shu pulni menga qaytarishibdi.

@bmamadiev
"Amazon" kompaniyasi aksiyasining 20 ga bo'linish jarayoni bugundan kuchga kirdi. Ya'ni, bitta aksiya 20 ga bo'lindi.

Masalan, sizda 5 dona "Amazon" aksiyasi bo'lsa, endi ular soni 100 taga yetdi.

Bunday chora odatda, aksiya narxi keskin oshib ketganda amalga oshiriladi. "Amazon" aksiyasi narxi 2000 dollardan oshgan edi. Hozir endi bir donasi 125 dollar atrofida.

Bundan choraga "Apple", "Tesla" kabi kompaniyalar ham qo'l urgan. Tez orada "Google" aksiyalari ham bo'linishi kutilyapti.

Aksiya bo'lingani bilan pulingiz ko'payib qolmaydi; shunchaki, hisobingizdagi ulushlar soni ortadi.

Boshqa tomondan, bo'linish natijasida bir dona aksiya narxining pasayishi psixologik jihatdan uning jozibadorligini oshirib, narxlarning yana oshishiga ijobiy ta'sir qilishi aytiladi.

@bmamadiev
Kecha "Apple" kompaniyasi "M2" yangi avlod chipini, bir qator dasturiy yangiliklarni, xususan, "M2" asosida ishlaydigan yangi "MacBook Air" va "MacBook Pro" laptoplarini e'lon qildi.

Bir kun oldin internet orqali "MacBook Air"ga buyurtma bergan edim.

Attang, bir kun kutib turmagan ekanman-da, deb o'yladim. Chunki men olgan laptop narxi biroz arzonlagan.

Bugun elektron pochtamga xat kelibdi. Mahsulotim hali jo'natilmagani uchun va narxda o'zgarish bo'lgani bois menga to'lagan pulimning 100 dollarini qaytarib berisharkan.

Mayli, shunisiga ham roziman. 🙂

P.S.: "MacBook Air"ning yangisi va men olganim o'rtasida jiddiy farqlar yo'q. Chip yangilangani bois ishlash quvvati biroz kuchaygan, ammo bu deyarli sezilmaydi. Dizaynida ham o'zgarish bor: uchlari ingichka "MacBook Air" endi mavjud emas; hamma tomonining qalinligi bir xil qilingan. Menga avvalgi, ya'ni o'zim sotib olgan modelning dizayni ko'proq yoqadi.

@bmamadiev
Bugundan boshlab O'zbekistonga borish uchun koronavirusga qarshi test topshirish yoki vaksina kartasiga ega bo'lish shart emas.

AQSh ham 12-iyundan boshlab AQShga kirish uchun manfiy test natijasini ko'rsatish majburiyati bekor qilinganini e'lon qildi.

O'zbekiston AQShdan oldinda. 🙂

@bmamadiev
"M1" chipli "MacBook Air" laptopim yetib keldi. Yangi chipga asoslangan laptoplar ilk bor (2020) taqdim etilganda, kompyuter muhandislari ishlatadigan ba'zi dasturlar bilan bog'liq muammolar mavjudligi o'rtaga chiqqan edi.

Ya'ni, ayrim dasturlar yangi chipga hali moslashmagani bilinib qoldi. Oradan ikki yil o'tdi, bu kamchiliklarning aksariyati tuzatildi. Menimcha, endi bu muammolar mavjud bo'lmasa kerak.

Men ham bu kompyuterni, asosan, dasturlash uchun ishlataman. "Java" dasturlash tilini o'rganayotganim haqida avvalroq yozgan edim.

Ekrani sal kichikroq ekanini hisobga olmasam, hozircha shikoyatlar yo'q.

@bmamadiev
Muhtojlarga shakar qanday yetkazilishi kerak?

O'zbekistonda shakar yetishmovchiligi tufayli arzon shakar ustida ur-yiqitlar bo'layotgani haqida videolar chiqibdi.

Davlat kam ta'minlangan aholi uchun arzon shakar, go'sht, yog' kabi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishga harakat qilayotgani ijobiy holat. Ammo buni amalga oshirish uslubi xato.

Tadbirkorlarni majburlash yoki subsidiya orqali tovarlar narxini arzonlashtirish hech qachon ko'zlangan natijani bermaydi. Bunday arzon tovarlar tez tugab ketadi yoki haqiqatda unga muhtoj bo'lmaganlar qo'liga o'tadi. Natijada haqiqiy ehtiyojmandlar ulardan foydalana olmaydi.

AQShda bu masala qanday yo'lga qo'yilgan?

Bu yerda ham qashshoqlar bor. Davlat federal qashshoqlik darajasida yoki undan past daromadga ega oilalar uchun "Food Stamps" degan dastur joriy etgan. Buni oziq-ovqat taloni desa ham bo'ladi.

Oilalar qo'liga oddiy plastik kartochkaga o'xshagan maxsus kartochka beriladi va har oy unga ma'lum miqdorda pul tushib turadi. Bu pulni faqat ma'lum bir turdagi oziq-ovqat uchungina ishlatish mumkin, ya'ni boshqa maqsadlar uchun ishlata olmaysiz.

Shu yo'l bilan ular bu dasturda qatnashuvchi istalgan do'kondan yoki bozordan o'zlariga kerakli oziq-ovqatni sotib olishlari mumkin. Davlat narxlarni arzonlashtirib, yoki subsidiya berib tadbirkorni qiynab o'tirmaydi.

Xullas, davlat bozordagi narxlarga hech qanday yo'l bilan aralashmaydi, balki odamlarning qo'liga pul beradi. Ular shu pulga xohlagan payt, xohlagan narsasini sotib olishi mumkin.

@bmamadiev
AQSh Markaziy banki inflyatsiyaga qarshi kurash maqsadida moliyalash stavkasini 0,75 foiz darajasida oshirdi. Bu oxirgi 28 yil ichida yuz bergan eng katta o’sish ekani aytilmoqda.

Shu bilan AQShda Markaziy bankning moliyalash stavkasi 1,5 - 1,75 foizga yetdi.

@bmamadiev
Uydagi yangi ish stolim. $1796 dollarga tushdi.

MacBook Air - $1549;
32" monitor - $211;
Klaviatura - $22;
Klaviatura va sichqoncha uchun gilamcha - $14.

Bu narxga laptopni monitorga ulovchi USB-C Multiport Adaptor va sichqoncha (avvalroq olingan) qo'shilmagan.

@bmamadiev
AQShda qora tanli amerikaliklarning o'ziga xos madaniyati bor. Bu yerda yashayotganimga 10 yildan oshibdiki, ba'zan ularni haligacha yaxshi tushunmayman. 🙂

Velosipediga yoki yelkasiga katta magnitafonni qo'ndirib olgancha jamoat joyida baland ovozda musiqa tinglab yurishadi. Metro yoki avtobusga ham shunday kirib ketishaveradi. 5-6 o'rindiq naridagi yana bir qoravoy bu musiqaga jo'r bo'lib, o'rnidan turib o'ynab ketsa, ajablanmang. Ya'ni ular buni normal qabul qilishadi. Jamoat tartibini buzyapsan, boshqalarni bezovta qilyapsan, degan fikr, menimcha, ularda yo'q.

Kiyinish madaniyati ham alohida mavzu. Shim, sal mubolag'a bilan aytganda, tizzaga yaqin joyda osilib turadi. U qanday ilinib turganiga hayron qolaman.

Bo'yinda, albatta, katta va qalin sariq rangli zanjir; boshda, odatda qanaqadir stikerlar yopishtirilgan soyabonli shapka bo'ladi.

Metroga kirish va chiqishda bilet olmasdan, bir sakrab turniketdan o'tib ketadiganlarni ko'p ko'raman. Negadir, o'sha yerda o'tiradigan metro xodimi ham indamaydi. Ular ham, odatda, qoralardan bo'ladi.

Ularning tilida o'ziga xos kuchli aksent va jargon so'zlar bor. Bir eshitishda kimligini bilasiz.

Bu yozganlarim bilan Amerikadagi qora tanlilarni salbiy obrazda tasvirlash fikridan yiroqman. Rangini hisobga olmasa, na kiyinishida, na tilida va na madaniyatida oq tanlilardan umuman farq qilmaydigan qoralar ham juda ko'p.

Lekin men yuqorida tilgan olgan holatlarga mansub alohida toifa ham bor. Bu, menimcha, ularning o'ziga xos madaniyatidan. Ikki-uch asr o'tgan bo'lsa ham, oq tanlilar bilan aralashmagan, ularning madaniyat va hayot tarzini qabul qilmagan qoralar Amerikada juda ko'p.

@bmamadiev
Kecha AQShda otalar kuni nishonlandi. Kichkina qizimdan olgan sovg’am. 🙂

@bmamadiev
AQSh, Tramp va demokratiya

AQSh Kongressi Vakillar palatasida o'tgan yili 6-yanvarda yuz bergan g'alayonga oid tinglov ketyapti. Maqsad g'alayonga o'sha paytdagi prezident Donald Trampning qanchalik aloqadorligini aniqlash.

Yodingizda bo'lsa, 2021-yil 6-yanvar kuni Kongress AQSh prezidentlik saylovida g'olib chiqqan Jo Baydan g'alabasini rasman tasdiqlash uchun yig'ilganda Donald Trampning ashaddiy tarafdorlari Kongress binosiga hujum qilib, hamma yoqni ostin-ustun qilgan edi.

Keyinroq ma'lum bo'ldiki, Tramp dalillar yo'qligini bilaturib saylovda firibgarliklar yuz berganini da'vo qilgan va tarafdorlarini Kongress binosiga qarab yurishga undagan.

Tinglovlardan yana shuni bildikki, Tramp o'z qo'li ostidagi vazirlari va bir necha shtatning gubernatorlari hamda qonunchilari yordamida saylov natijalarini bekor qilishga, prezidentlikni o'zida saqlab qolishga uringan. Sodda qilib aytganda, avtoritar va diktatura rejimlarida yuz beradigan holatga yaqin uslubda hokimiyatda noqonuniy qolishga uringan.

Eng qizig'i va mening diqqatimni tortgan jihat shuki, saylov natijasini bekor qilish masalasiga kelganda Trampga uning qo'li ostidagilar itoat qilmagan. Masalan, Trampning ashaddiy tarafdori bo'lgan va Tramp tomonidan Adliya vaziri etib tayinlagan Uilyam Bar saylovda firibgarliklar bo'lgani haqidagi da'voni rad etgan va Trampga o'zi xohlagandek hisobot bermagan. Natijada Tramp g'azablanib, uni ishdan bo'shatgan. Tramp o'zining o'ng qo'li, vitse-prezident Mayk Pensdan ham saylov natijalarini bekor qilishni so'ragan; chunki Kongressdagi saylov natijalarini tasdiqlash jarayoniga Pens boshchilik qilishi kerak bo'lgan. Pens bunday qila olmasligini, bunga vakolati yo'qligini aytib, Tramp talabini rad etgan va u ham Trampning qahriga uchragan.

Trampning boshqa yaqin maslahatchilari va huquqshunoslari ham saylovda u yutqazganini, firibgarliklarga oid dalillar yo'qligini aytishiga qaramay, Tramp o'z yolg'onlarini yoyishda davom etgan va bu 6-yanvar kuni zo'ravon qozg'olonning yuz berishiga sabab bo'lgan.

Tramp Arizona va Jorjiya shtatlarining respublikachi gubernatorlari va qonunchilariga ham bosim o'tkazib, bu shtatlardagi saylov natijalarini bekor qilishga chaqirgan. Lekin ular firibgarliklar yuz berganiga oid dalillar yo'qligini aytib, uning buyrug'ini bajarmagan.

Xullas, aytmoqchi bo'lgan xulosam shuki, yuqorida tilga olingan rasmiylar qanchalik Trampning tarafdori bo'lishiga qaramay yoki uning partiyasiga mansub bo'lsa ham, noqonuniy ish buyurilganda, prezidentga bo'ysunishdan bosh tortgan. Ehtimol shuning uchun ham bu mamlakatda demokratiya mavjud va hanuz saqlanib qolgandir.

Tasavvur qiling, agar prezident qo'li ostidagilar yuqoridan kelgan buyruqni so'zsiz bajarganda va ma'lumotlarni soxtalashtirganda nimalar yuz berishi mumkin edi? Yoki armiya Tramp buyrug'i bilan Kongressni qo'lga olganda; favqulodda holat e'lon qilinib, saylov natijalari bekor qilinganda, natija qanday tugashi mumkin edi? Hatto AQShdek qudratli demokratik davlatda ham voqealar kutilmagan tus olishi mumkinligiga guvoh bo'ldik.

Ammo Tramp ma'muriyatida ishlagan va Trampga sadoqatli sifatida ko'rilgan ko'plab rasmiylar Trampning noqonuniy buyrug'ini bajarishdan bosh tortdi. Ular Bayden g'alabasini qanchalik yomon ko'rmasin, Trampning g'olib chiqishini qanchalik xohlagan bo'lmasin, oxirida prezident Trampga emas, qonunga itoat qilishni lozim topdi.

Xullas, qonun ustuvor davlatlarda sadoqat prezidentga yoki hukumat rahbariga emas, balki Konstitusiyaga, qonunlarga bo'ladi. Vazirlar prezident siyosatini, u oldinga qo'ygan vazifalarni bajarishga mas'ul, ammo prezident noqonuniy ish qilishni buyursa, unga bo'ysunishmaydi.

Haqiqiy demokratiya va haqiqiy qonun ustuvor jamiyat shunday bo'ladi. Shunda bir shaxsning talab va takliflari bilan butun boshli konstitutsiyalar o'zgarib ketmaydi; yagona shaxsda paydo bo'lgan noqonuniy istakni amalga oshirish uchun qandaydir huquqiy innovatsiyalar o'ylab topilmaydi.

P.S.: Aytgancha, tinglov ortidan Donald Trampga qarshi jinoiy ish ochilishi ehtimoli yo'q emas.

@bmamadiev
AQSh Oliy sudi ayollarning abort qilish huquqini himoya qiluvchi 1973-yilgi Oliy sud qarorini bekor qildi. Oliy sudning yangi qaroriga ko'ra, ayollarning abort huquqi konstitutsiyada tilga olinmagan va shu bois bu masalani hal qilish shtatlarning ixtiyoriga havola qilinadi.

AQShda avvalgi sud qarorlarini bekor qilish juda kamdan-kam hollarda yuz beradi. Sud qarorlari pretsedent sifatida qonun bilan deyarli bir xil kuchda bo'ladi.

Shu paytgacha amalda bo'lgan tartibga ko'ra, shtatlar abortni taqiqlovchi qonun qabul qilishi mumkin emas edi. Yangi qaror ortidan respublikachilar hukmronlik qiluvchi kamida 26 shtatda abortni taqiqlovchi qonunlar kuchga kirishi kutilyapti.

@bmamadiev
Каримов вафотидан кейин 2017 ва 2018 йилларда жамиятда қандайдир бошқача кўтаринки кайфият пайдо бўлганди. Нимадир яхшиланишига умид, эйфория ва эркинлик ҳисси. Бу эйфориянинг шу қадар бўлгани сабаби ҳокимиятда 25 йил ўтирган одам кетгани, турғун жамиятга ўзгаришлар эпкини келиши эҳтимоли ортганидандир.

Агар президентлар ҳеч қурса ҳар 8-10 йилда ўзгариб турса, ана шунақа кайфият маълум даражада қайта пайдо бўлаверди. Одамлардаги умид ҳар 8 йилда бир тирилиб туради.

Конституцияга киритилажак ҳеч бир ўзгариш президентнинг ҳар 8 йилда ўзгаришини таъминлайдиган тизимчалик самарали бўлмайди. Конституцияга киритилган барча ижобий ўзгаришларни тарозининг бир палласига қўйиб, иккинчи палласига президентларнинг муддати тугаганида кетишини таъминлайдиган тизимни қўйсак, иккинчиси босиб кетади.

Президентларнинг муайян белгиланган муддатда алмашиб туриши, биринчидан, элитар коррупцион схемаларни ҳар саккиз йилда бир кучли силкитиб ташлайди, унинг айрим қисмлари узилиб кетади, заифлашади. Схема ичидагиларнинг бир-бирларига ишончи пастроқ бўлади.

Иккинчидан, муддат қисқа бўлгани ва биринчи раҳбар тез-тез алмашиб тургани боис айрим оилаларнинг кучайиб, бутун мамлакатнинг иқтисодий қувватини сўриб ётишига етадиган даражада палак ёзиши қийин бўлиб қолади.

Учинчидан, халқ президентларнинг келиб кетаверишига ўргангач, улар ҳам оддий одамлиги, эртага лавозимдан кетишини билади ва лаганбардорлик камаяди.

Тўртинчидан, президентлар оилалари ҳаддидан ошишда эҳтиёткор бўлиб қолади, чунки оталарининг ҳокимияти муддати чекланганини билишади.

Бешинчидан, қуйи ҳокимиятдагилар президентга орқа қилиб, халқни эзишни камайтиради, чунки валенеъматининг лавозимдаги умри озлигини билади. Натижада, пастдагиларнинг юқорига ёқишга қизиқиши камаяди. Жорий раҳбарга ёқаман деб, эртага янгиси келганда қамалиб кетишни ким ҳам истарди?

Коррупцияга бериладиган энг катта зарба биринчи раҳбарларнинг ўз вақтида алмашиб туришидир. Агарки шу тизимни йўлга қўя олмасак, коррупцияга қарши курашиш ҳақидаги баландпарвоз тадбирларимиз шоудан бошқа нарса бўлмай қолади.

Тўғри, ҳокимиятга доим ҳам яхши одам келавермаслиги мумкин, ҳатто эҳтимоли юқори. Аммо яхши одамнинг чорак аср ҳокимиятда бўлганидан кўра ёмон одамларнинг ҳар саккиз йилда алмашиб туриши зарари камроқ.

Биз ҳаммаси яхши бўлсин деган баҳона билан Конституцияни ислоҳ қиляпмиз, аммо бу ислоҳот асл кўзланган мақсадга (биз, оддий халқ ишонган мақсадга) хизмат қилишдан кўра, ана шу мақсадни йўққа чиқарадиган бошқа бир таг мақсадга хизмат қилишидан қўрқаман.
Мен конституциямиз мукаммал бўлишини истайман, аммо бу мукаммаллик президентлик муддатини ноллаштириш ҳисобига бўлмаслиги керак, акс ҳолда, бундай мукаммалликнинг боридан йўғи яхши.

Хуршид Йўлдошев

@bmamadiev
26-iyundan 27-iyunga o'tar kechasi Rossiya xorijiy valyutadagi obligatsiyalar uchun to'lovlarni amalga oshira olmagani bois defoltga uchradi. Aslida bu to'lovlar 27-mayda amalga oshirilishi kerak edi, ammo qoidaga ko'ra, Rossiyaga qo'shimcha bir oy muhlat berilgan va bu muddat kecha nihoyasiga yetdi.

Mamlakat so'nggi 100 yilda ilk bor shunday defoltga uchragani aytilmoqda. Rosiyaning xorijliklar oldidagi qarzini to'lay olmasligi so'nggi bor 1918-yilda yuz bergan. O'shanda mamlakatda Oktabr inqilobi yuz berib, chor hukumati qulagan, hokimiyat bolsheviklar qo'liga o'tgan edi. Lenin hukumati sobiq rejimning xorijiy qarzlarini to'lashdan bosh tortgan.

Kremlning aytishicha, qarzlarni uzish uchun Moskva ixtiyorida yetarli mablag' bor, faqat AQSh qo'ygan sanksiyalar tufayli ular dollarda qarzlarni uza olmagan. Shu bois Rossiya defolt yuz berganini tan olmayapti.

@bmamadiev