Bizning Namangan
814 subscribers
13.8K photos
7.89K videos
6 files
1.77K links
Biz bilan birga bo‘ling

MUROJAAT UCHUN
admin:@dilmurod8111
Download Telegram
Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilish montaj ishlari loyiha talabiga rioya etilishi bo‘yicha navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi davlat muassasasining buyurtmasi asosida Uchqo‘rg‘on tumanidagi 22-sonli maktabining mavjud binolarini rekonstruksiya qilish va 200 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishi monitoring qilindi.

Tadbir davomida binoning birinchi qavatidagi monolit temir beton qorishmasini quyishda to‘r setkalar o‘rnatilmagani, binoning tashqi fasadiga energiya tejamkor bazalt qoplamasini o‘rnatish loyiha talabi asosida bajarilmagani aniqlandi.

Nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan qurilish ishlarni to‘xtatish va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berilib, beton qorishma va bazaltlar buzdirildi.

@bizningnamangan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Film
#Flowers_Fest

Юракларга яқин фестивал!

Рекорд натижалар билан якунланган 64-Халқаро Гуллар фестивалининг энг ёрқин лаҳзаларини, меҳмонлар хотирасида қолган таассуротларни ва фестивалнинг ҳақиқий мазмун-моҳиятини ўзида мужассам этган фильмни бугун соат 20:00 да томоша қилишни унутманг!

@bizningnamangan
👍2🔥1🫡1
Yoshlarga eʼtibor - kelajakka eʼtibor!


Taʼkidlash joizki yoshlar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilib, viloyatimizning uzoq hududlarida yashayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ularga ko‘mak berishda har bir mahalla kesimida korxona tashkilotlarga ajratib berilgan.

Namangan viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasiga Chust tumanidan “Qiziltepa”, “Shoyon”, “Sherbilak” mahallari biriktirilgan bo‘lib, inspeksiya rahbari M.Nematov boshchiligidagi ishchi guruh yoshlar bilan suhbat qurish va ularning murojaatlarini eshitish maqsadida mahallarga tashrif buyurdi.

Jarayonda yoshlar va ularning oila aʼzolari bilan suhbatlashib, ularning fikr mulohazalari tinglandi va suhbat jarayonida 2 nafar yoshlar “Megatong” MCHJga va bir nafari 29-maktabga ishga joylashtirilib, ish bilan taʼminlangan bo‘lsa, 11 nafar yoshlar qishloq xo‘jaligi, yo‘lovchi tashish hamda tikuvchilik sohalari bo‘yicha o‘z-o‘zini band qilish choralari ko‘rildi.

@bizningnamangan
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸 “Юракларга яқин фестивал”

64-Халқаро Гуллар Фестивалининг энг ёрқин онлари жамланган махсус фильм!

📽 Бугун биз яна ўша сеҳрли муҳитни бирга ҳис қиламиз.

👉 Томоша қилинг ва таассуротларингизни баҳам кўринг!

@bizningnamangan
👍4🥰1
Loyiha talabiga zid ravishda bajarilgan sifat ishlar buzdirildi

Namangan viloyati hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Norin tuman Ibrat mahallasi hududida qurilayotgan 180 o‘rinli 37-maktabgacha taʼlim tashkilotida nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Obyektda texnik va ichki nazorat ishlari belgilangan tartibda tashkil etilmagani oqibatida kamliklarga yo‘l qo‘yilgani ko‘rildi.

Xususan, binoning ikkinchi qavatida g‘isht terish ishlarida vertikal va gorizontal choklar loyiha talablariga zid ravishda bajarilib, sementli qorishma bilan to‘ldirilmagani aniqlandi.

Holat yuzasidan loyiha asosida bajarilmagan va sifatsiz holda amalga oshirilgan g‘isht terish ishlari inspektor nazorati ostida buzdirilib, qaytadan bajarilishi taʼminlandi

@bizningnamangan
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar, kam taʼminlangan oilalar, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj va yakka-yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularni ko‘nglini ko‘tarish hamda ularga har tomonlama yordamlar ko‘rsatish xalqimizga xos anʼanalardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, bolajonlarni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilgan.

Inspeksiya xodimlari Namangan tuman «Pastqiyot» mahallasida bo‘lib, ehtiyojmand oilalar, og‘ir turmush sharoitida yashab kelayotgan xotin-qizlar hamda yolg‘iz keksalar xolidan xabar olib, ularga oziq ovqat mahsulotlari yetkazib berishdi.

Bunday saxovat va ko‘makdan sevingan insonlar yo‘qlovchilarga tabassum ila minnatdorchilik bildirib, duoga qo‘l ochishdi

@bizningnamangan