"Bilim" axborot-kutubxona markazi
871 subscribers
6.01K photos
1.12K videos
484 files
4.22K links
🕘 Kutubxona ish vaqti:
📖 O'quv zali: Dush-Juma 8:00-21:00 gacha, Sha- Yaksh 9:00-17:00 gacha
👩🏻‍🏫 Abonement: Dush-Juma 9:00-18:00 gacha, Shan 9:00-17:00 gacha
📍 https://goo.gl/maps/iANqJcgjsiUUUc7k8
☎️ Murojaat uchun tel.: 71 276-66-30
Download Telegram
Forwarded from Bilim AUDIO
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Otabek Hasanov
"Liderlar kitobi"
Mundarija:
1-qism
2-qism
3-qism

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍14😍2🔥1
📢 "Siyosiy-ma’rifat soati"

🟢 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tuman, shahar hokimliklari, tashkilot va korxona xodimlari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati" tashkil etildi.

✔️ 2025-yil 25-iyul kuni  Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Siyosiy ma'rifat soati"ni  tomosha qilishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter | Manzilimiz
👍6🔥3
2025-yil 25-iyul kuni Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi, Chilonzor tumani Xayrobod MFY hamkorligida Ernest Seton-Tompsonning "Yovvoyi yo'rg'a" asari va  Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romani taqdimoti bo'lib o'tdi.

Taqdimotda Xayrobod MFY oqila ayollar harakati a'zolari, mahalla kitobxon yoshlari ishtirok etishdi. Taqdimotda AKM mutaxassislari tomonidan yozuvchi Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romani haqida ma'lumot berish bilan bir qatorda, bu roman bugungi kun yoshlarimizga ilm olish yo'lida hech qachon to'xtamaslik kerakligini, ilm olish uchun qo'rqmaslik kerakligini o'rgatuvchi romanligi takidlandi.

Taqdimot davomida mahalla yoshlari tomonidan "Yovvoyi yo'rg'a" asari haqida, uning mazmun-mohiyati, yoshlarga tarbiyaviy ahamiyati haqida ma'lumot berilgach, taqdimot qilingan kitoblar muhokama qilindi,  ushbu asarlar haqida barcha taqdimot ishtirokchilari o'z fikrini bildirishdi.Taqdimot so'ngida faol qatnashgan kitobxon yoshlarimiz estalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
👍7🔥1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko'paytirish va turistik xizmatlar ko'lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi о'rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoniga muvofiq har oyning ikkinchi haftasining shаnbа va yakshanba kunlari "Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni" etib belgilanganligini inobatga olib, farmon ijrosini ta'minlash maqsadida 2025-yil 26-iyul kuni Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda "Kitobxonlar klubi" a'zolari "Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga " sayohat qilishdi.

Sayohat davomida AKM xodimlari va klub a'zolari muzey ekspozitsiyasida mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag’onlar tufayli qurbon bo’lgan, ma’rifatparvarlik harakatining eng faol namoyandalarining suratlari, yangi usul maktablari, o‘sha davrda chop etilgan milliy matbuot namunalari bilan tanishdi.
👍6🔥1👏1
🔎Hurmatli foydalanuvchilar!
Quyida sizga ilmiy maqola yozishda foydali onlayn manbalarni taqdim etamiz:

Scopus – Elsevier’ga tegishli eng katta abstrakt va iqtiboslar bazasi; mavzu tahlili, jurnal tanlovi hamda bibliometrik ko‘rsatkichlarni kuzatish imkonini beradi.
🟧 scopus.com

Web of Science (WoS) Core Collection – Clarivate indekslari to‘plami; yuqori impakt-faktorli jurnallarni qamrab olib, iqtibos tahlilini ta’minlaydi.
🟧 mjl.clarivate.com

ScienceDirect – fan, texnika va tibbiyot yo‘nalishlaridagi to‘liq matnli maqolalar va kitoblar platformasi (Elsevier).
🟧 sciencedirect.com

ORCID – tadqiqotchilarga bepul raqamli identifikator berib, barcha maqola, grant va faoliyatni yagona profilingizga bog‘laydi.
🟧 orcid.org

ResearchGate – global ilmiy ijtimoiy tarmoq; maqolalar almashish, savol-javob va hamkorlik qilishni osonlashtiradi.
🟧 researchgate.net

Grammarly – inglizcha matnlarni grammatik, uslubiy va punktuatsion xatolardan tekshiradi, akademik uslubni takomillashtiradi.
🟧 grammarly.com

SciSpace (Typeset) – AI yordamida maqolalarni formatlash, jurnal talabiga mos PDF/LaTeX fayl yaratish va murakkab matnlarni qisqa sharhlash imkonini beradi.
🟧 typeset.io

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍2🔥1
Hurmatli kitobxonlar!

E'tiboringizga Jadid gazetasining 2025-yil 25-iyulda chop etilgan 30-sonidagi "Kutubxona-birniki, manfaat-mingniki" maqolasini havola etamiz!

Muallif: Ro'zimboy HASAN

Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling!
👇🏻👇🏻

Facebook | Instagram | Telegram | YouTube | Web sayti | Twitter| Bilim Audio | Manzilimiz
👍3🔥2