🇺🇿 Hurmatli hamkasblar, qadrli hamyurtlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuni bilan chin yurakdan tabriklayman!
Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotidagi mustahkam poydevor bo‘lib, davlatimiz suvereniteti, huquq va erkinliklari, shuningdek, milliy qadriyatlarimizni himoya qiluvchi muhim hujjatdir. Unda xalqimizning azaliy orzusi bo‘lgan mustaqillik va adolat tamoyillari o‘z ifodasini topgan.
Konstitutsiya iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va yangi innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etishning ishonchli huquqiy kafolatidir.
Bu tarixiy sana har birimizni mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shishga, halol va samarali mehnat qilishga undaydi. Akademiyamiz ham Konstitutsiyada belgilangan maqsadlarga muvofiq, iqtisodiy bilimlarni rivojlantirish, yetuk mutaxassislarni tayyorlash va ilmiy salohiyatni oshirish yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqda.
Barchangizga sog‘liq, baxt, oilaviy farovonlik va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Vatanimizning tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirayotgan har bir tashabbus va loyihalar samara berishini tilayman.
Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Elmurod Hoshimov,
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori