BFAUZ
9.17K subscribers
1.82K photos
254 videos
51 files
1.25K links
Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan

LEARN, CHANGE, BE THE LEADER!

Мурожаат учун: https://t.iss.one/bfa_bma

www.bfa.uz
Download Telegram
✍️ “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

2025-yil 12-mart kuni Perm shahridagi Milliy tadqiqot universiteti “Oliy iqtisodiyot maktabi” direktori Galina Volodina boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga keldi.

Mazkur tashrif doirasida bir qator muhim tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, Bank-moliya akademiyasi rahbariyati hamda Milliy tadqiqot universiteti “Oliy iqtisodiyot maktabi” Perm filiali vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturining ijrosi va istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya vakillari tinglovchilar, talabgorlar hamda ushbu ta’lim dasturida dars berayotgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashib, ta’lim jarayonining sifati va o‘quv dasturlari bo‘yicha fikr almashdilar. Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida tahsil olayotgan tinglovchilarning o‘qish jarayoni, ularga yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan takliflar ilgari surildi.

Tashrif doirasida Bank-moliya akademiyasi hamda “Oliy iqtisodiyot maktabi” Milliy tadqiqot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturi yuzasidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar qo‘shma dastur haqida batafsil ma’lumot olish, professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qilish hamda o‘qish jarayoni bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 12
✍️ BMA va UUM rasmiylari o‘rtasida onlayn hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Muloqot davomida ikki muassasa o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlik loyihalarini rivojlantirish hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar oliy ta’lim sohasida tajriba almashish, akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirish va xalqaro miqyosda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, kelgusida o‘quv dasturlarini yangilash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha istiqbolli rejalarni ko'rib chiqdilar.

Uchrashuv natijasida tomonlar tez fursatlarda "ochiq eshiklar kuni" tadbirini tashkil etish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 13
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 16
March 18
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Yaponiya Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti vakillari Bank-moliya akademiyasiga tashrif buyurdi

Bugun, 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti vakillari bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokoralar davomida tomonlar moliya va iqtisodiyot sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, tajriba almashish va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar. Yaponiya delegatsiyasi vakillari O‘zbekistonning bank-moliya tizimidagi islohotlar, Akademiyada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalari va kadrlar tayyorlash jarayoniga yuqori baho berdilar.

Muloqot chog‘ida tomonlar kelgusida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va tayyorlanayotgan mutaxassislar uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 18
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 19
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Bank-moliya akademiyasida Navro‘z bayrami keng nishonlandi

Bugun, 20-mart kuni yangilanish va bunyodkorlik ramzi bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Navro‘z insonlarda ona zamin va tabiatga mehr-muhabbat, sahovat va muruvvat tuyg‘ularini uyg‘otuvchi, do‘stlik va ahillikni mustahkamlovchi bayram sifatida Akademiya jamoasi tomonidan ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi. Tadbir doirasida akademiya xodimlari o‘rtasida shaxmat va stol tennisi bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.

Bayramona ruhda o‘tgan ushbu musobaqalarda ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyon etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Ahmedova hamda estrada xonandasi Yorqinxo‘ja Umarov ijrosidagi bahorni va muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 20
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💐 Hurmatli hamkasblar, qadrli tinglovchilar va aziz yurtdoshlar!

Sizlarni tabiat uyg‘onishi, yangilanish va ezgulik timsoli bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman!

Navro‘z bizning milliy qadriyatlarimiz, insonparvarlik va hamjihatlik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan, saxovat va muruvvat, mehr-oqibat, do‘stlik va totuvlikni ulug‘lovchi bayramdir. Bu ayyom tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlik, yaratish va bunyodkorlik, ezgu niyatlar bilan yangi marralarga intilish davrini ifodalaydi.

Bank-moliya akademiyasi jamoasi uchun ham ushbu bayram yangicha tashabbuslar, rivojlanish va o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida katta ilhom bag‘ishlaydi. Akademiyamiz hamisha izlanish va innovatsiyalar sari intilib, iqtisodiyot va moliya sohasida malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Fursatdan foydalanib, sizlarga sihat-salomatlik, farovonlik va omad tilayman. Navro‘z yangi g‘oyalar, baxt va quvonch olib kelsin, har bir xonadonda fayz va baraka hukm sursin!

Navro‘zingiz muborak bo‘lsin!

Elmurod Hoshimov
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 21
🇯🇵 Autumn Internship Selection for Japan has Started!

Attention students!


If you're interested in participating in a fully funded, three-week international summer internship organized by the Policy Research Institute under the Ministry of Finance of Japan, now is your chance!

Eligibility Criteria:
🎓 You are currently enrolled at the Banking and Finance Academy under:

-The Fall 2024/2025 intake (full-time programs).

You hold a valid and current foreign language certificate (minimum required: IELTS 6.0, TOEFL, CEFR B2 level)

You have work experience at least 4 years (Priority will be given to applicants with working experience at the Ministry of Economy and Finance, the Central Bank, ministries, and other government agencies and institutions).

You have a strong academic record at the Academy.

You are available to stay in Tokyo for three weeks.

How to Apply:
Submit copies of your valid foreign language certificate or diploma to the International Relations Department by April 5, 2025, at 12:00 PM (room 212)

For participation and application submission, please fill out the form at the link below:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdd_rnEnn5Y26_1x_3wFIXchcYIjZ77ZJlhuz2WUmM0sV07DA/viewform?usp=sharing

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 26
March 30
April 5