BFAUZ
9.29K subscribers
1.81K photos
250 videos
51 files
1.24K links
Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan

LEARN, CHANGE, BE THE LEADER!

Мурожаат учун: https://t.iss.one/bfa_bma

www.bfa.uz
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Islom moliyasi masalasiga bag'ishlangan konferensiya

muxbir: Mirzaolim Rustambekov

#Toshkent shahri

12:00 17.11.2024

@hududtv
🇺🇿 Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar!

Bugun davlatimiz tarixi va mustaqilligining timsoli bo‘lgan – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni keng nishonlaymiz. Ushbu kun har birimiz uchun faxr va g‘urur manbai bo‘lib, mustaqillikning muqaddas ramzi sifatida qalbimizdan alohida o‘rin egallaydi.

Davlat bayrog‘imiz o‘zida xalqimizning boy tarixiy merosi, ezgu maqsadlari va yorqin kelajak sari intilishlarini mujassam etadi. Undagi har bir rang va ramz, bizning birdamligimizni, tinchlik va barqarorlikka intilishimizni, avlodlarimiz uchun yaratilayotgan farovon hayotni anglatadi.

Davlat bayrog‘i nafaqat ichki ramzimiz, balki xalqaro maydondagi mustaqil O‘zbekistonning tan olinishi va yuksalishining timsolidir. U xalqimizni dunyo miqyosida birlashtiruvchi kuch, tinchlik va do‘stlik elchisi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston Davlat bayrog‘i ostida erishayotgan yutuqlarimiz xalqimizning jipsligi va mehnatsevarligi, ulkan maqsadlar sari intilishi natijasidir. Ushbu qutlug‘ kunda har biringizni chin yurakdan muborakbod etib, tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Elmurod HOSHIMOV,

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM