BFAUZ
9.78K subscribers
1.71K photos
244 videos
51 files
1.21K links
Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan

LEARN, CHANGE, BE THE LEADER!

Мурожаат учун: https://t.iss.one/bfa_bma

www.bfa.uz
Download Telegram
✍️ BMA vakillari Janubiy Koreyada bilim va tajribalarini oshirmoqdalar

Bank-moliya akademiyasi vakillari Janubiy Koreyada tashkil etilgan “2024 BFA G-BEX KOREA ORIENTATION” stajirovka dasturi doirasida ishtirok etishni boshladilar.

Handong Global universiteti bilan hamkorlikdagi ushbu loyiha BMA tinglovchilari uchun ilk bor tashkil etilgan bo‘lib, uning maqsadi – iqtisodiyot va moliya sohasida ilg‘or bilimlar hamda tajriba almashinuviga qaratilgan.

Jarayonda vakillarimiz Koreyaning global biznes tajribasi, innovatsion boshqaruv usullari va korporativ madaniyati bilan yaqindan tanishishadilar. Shuningdek, safar davomida ishtirokchilar moliya menejmenti, xalqaro savdo, innovatsion texnologiyalar va xalqaro iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlarida amaliy bilim va tajribalarni egallaydilar.

Janubiy Koreya moliya institutlari va kompaniyalariga tashriflar jarayonida bevosita amaliyotni kuzatib, Koreyaning zamonaviy biznes muhitida o‘z tajribalarini oshiradilar.

www.bfa.uz |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tajribali biznes vakilidan navbatdagi mahorat darsi

Bugun, 12-noyabr kuni Bank-moliya akademiyasida "Moliyaviy erkinlikka erishishning asosiy qoidalari" mavzusida maxsus mahorat darsi tashkil etildi.

Mahorat darsi davomida muvaffaqiyatli tadbirkor va investor Asadbek Ashurov moliyaviy erkinlikka erishish uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy bilimlarni ishtirokchilarga yetkazdi. Tadbirda qatnashchilar shaxsiy va korporativ moliya boshqaruvi, mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash, investitsiyalarni samarali boshqarish, qarz va tavakkalchilikni kamaytirish kabi asosiy tamoyillar bilan tanishdilar.

Mahorat darsining asosiy mavzularidan biri shaxsiy moliyaviy rejalar tuzish va moliyaviy barqarorlikka erishishning yo‘llarini tushuntirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, qatnashchilar tadbir davomida moliyaviy xatolarni qanday oldini olish va daromadlarni oqilona boshqarish usullari haqida amaliy maslahatlar olishdi.

Ushbu tadbir moliyaviy bilimlarni oshirishga qaratilgan bo‘lib, tinglovchilar va kelajakdagi biznes yetakchilariga moliyaviy barqarorlikka erishish yo‘lidagi dastlabki qadamlarni qo‘yishda yordam beradi.

Mahorat darsi yakunida ishtirokchilar moliyaviy rejalashtirish va boshqaruv bo‘yicha o‘z savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

www.bfa.uz |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
✍️ Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga kirish imtihonlari sanalari ma'lum bo‘ldi

2024-yil 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida tayanch doktorantura va mustaqil tadqiqotchilikka talabgorlar uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
🟢 2024-yil 21-noyabr, 10-auditoriya, soat 15:00 da.

08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”
🟢 2024-yil 21-noyabr, 11-auditoriya, soat 15:00 da.

08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”
🟢 2024-yil 21-noyabr, 12-auditoriya, soat 15:00 da.

Barcha talabgorlar imtihon jarayoniga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari shart.

www.bfa.uz |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linked in
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Islom moliyasi masalasiga bag'ishlangan konferensiya

muxbir: Mirzaolim Rustambekov

#Toshkent shahri

12:00 17.11.2024

@hududtv