#O'rganishlar natija beradimi? Maktab kutubxonalari va to'garaklar faoliyati

#Umumiy o'rta ta'lim maktablarida to'garaklarning o'z vaqtida o'tkazilayotgani, shuningdek, dars jarayonlari va kutubxona faoliyati bilan tanishish maqsadida Beruniy tumani hokimining o'rinbosari A.Qurbaniyazov va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo'limi boshlig'i T.Matyakupov tomonidan o'rganishlar olib borildi.

#Bu borada tuman XTB ga qarashli 50-65 sonli maktablarda bu borada bajarilayotgan ishlar bo'yicha maktab direktorlari va o'qituvchilarga vazifalar topshirildi.

#O'quvchilar bugungi kunda qanday to'garaklarni tanlashmoqda? O'qituvchi o'z ustida ishlayabdimi? Ta'limda sifat darajasiga erishishdagi to'siq bo'layotgan omillar nimalardan iborat? O'rganishlar natijasida mazkur muammolarga ham to'xtaldi. O'rganishlar natijalarini e'lon qilib boramiz. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Ijodiy madaniy masalalar bo'yicha “Eng faol targ'ibotchi” tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

#Unda tumandagi barcha umumiy o'rta ta'lim maktablarining ijodiy madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilari ishtirok etdi. Yo'nalishlar bo'yicha targ'ibotchilarning faoliyati baholandi.

#Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarni to'garaklarga jalb etish, ijodkor yoshlarni kashf etish, o'quvchilar o'rtasida kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali kitobxonlar sonini oshirishga qaratilgan ishlar ayniqsa yuqori baxolandi. Yakuniy baxolashda tumandagi 27 va 58-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining targ'ibotchilari 1-o'ringa munosib deb topildi.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube