BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
8.12K subscribers
51.3K photos
6.23K videos
7 files
9.45K links
🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati https://t.iss.one/Beruniytumanimurojaatbot
Download Telegram
#San'at sohasidagi iqtidorli o'quvchilarning to'garakdagi faoliyati, g'azal va she'r aytishuvlaridan iborat mushoira davrasi, sportning voleybol turidan o'yinlar, kibersport musobaqalari, turli millat raqslari va jonli ijrodagi qo'shiqlar, shuningdek, harbiy vatanparvarlik chiqishlari, yoshlar shaxmat turniri tadbirning ko'tarinki ruxda o'tishini ta'minladi.

#Zukko va bilimdon o'quvchilarning salohiyati va festivalga tayyorgarligi o'zgacha bo'lganligi ma'lum bo'ldi. Umuman, yoshlar hayotida o'tkazilayotgan tadbirlar o'z amaliy natijasini ko'rsatdi.
#Bitiruvchilarga guvohnomalar topshirildi.

#Beruniy tumani 6-son Bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchilariga o'quv yili yakuni munosabati bilan, maktabni muvaffaqiyatli bitirgan 39 nafar o'quvchilarga guvohnomalar topshirildi.

#San'at, musiqa, rassomchilik va boshqa yo'nalishdagi bitiruvchilar o'qish davomida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo'ldi, hamda tuman va respublika miqyosida o'tkazilgan tanlovlarda munosib ishtirok etdi. 🟒 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#San'at maydonida milliy maqomchilar
#Beruniylik Sherzodning munosib g'alabasi

#Mamlakatimizda milliy va an'anaviy san'atga berilayotgan e'tibor sabab yoshlarning milliy kuy-qo'shiqlarga ayniqsa, maqom yo'nalishiga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Respublika miqyosida o'tkazilayotgan tanlovlarda barcha hududlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar milliy yo'nalishdagi maqomlarni ijro qilib, san'atlarini namoyish etmoqda.

#Kuni kecha Toshkent shaxrida Respublika yosh maqomchilar tanlovining yakuniy final bosqichida Beruniy tumanidagi 6-son Bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchisi Sherzod Zaripov yosh maqomchilar o'rtasida o'tkazilgan tanlovda 1-o'rinni egallab, maxsus diplom bilan taqdirlandi. Maqom ansambli esa 2-o'rinni egallab, bu yo'nalishdagi maktablar ichida alohida o'rni bor ekanligini isbotladi.

#Yosh iqtidor egalarining bunday yutuqlari beruniylik yoshlarga o'rnak bo'ldi. Milliy yo'nalishdagi kuy-qo'shiqlar qaysi zamon va makon bo'lsa ham o'z tinglovchilariga ega bo'lgan. Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat g'azallari bilan aytilgan maqomlar insonda o'zgacha his-tuyg'ularni uyg'otishi bilan birga, milliy an'analarga sodiq qolishimizga, bu g'azallarni avlodlarga yetkazishga mas'ul ekanligimizni bildiradi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati πŸ“„
🟒 Web sayt | πŸ”΄ YouTube | 🟠 Instagram | πŸ”΅ Facebook | 🟀 Telegram