#Mahallada duv-duv gap turkumidan.
#Hokim yordamchisining faoliyati.

Beruniy tumanida 40 ta mahallada ish boshlagan hokim yordamchilari faoliyatini yoritar ekanmiz eng avvalo ish faoliyatini nimadan boshlayotganligi bilan qiziqdik. Istiqlol mahallasining hokim yordamchisi Ergash Taganov mahalladagi xonadonlarda yurib, fuqarolar bilan tanishdi.

Asosan ijtimoiy daftarda turgan oilalar, ishsiz fuqarolar va mahallada o'z tadbirkorligini yo'lga qo'yganlar bilan uchrashib, muammolarini o'rgandi. Tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda hududda ish faoliyatini yo'lga qo'ygan va ancha tanilib ulgurgan “Yuldash Matmuratov OK” mebel ishlab chiqarish sexidagi ish jarayoni va tadbirkorning takliflarini o'rgandi.

Matn bilan to'liq tanishish
https://beruniy-tumani.uz/ https://t.iss.one/beruniy_news
#Mahallada duv-duv gap turkumidan
#Hokim yordamchisining bir kuni

📌Beruniy ovul fuqarolar yig'ini tuman markazidan olisda joylashgan bo'lib, mahalla 2013 yilda tashkil etilgan. Mahalla hududi 1620 gektarni tashkil etadi. Hududning asosiy drayver sohasi parrandachilik, dehqonchilik hamda chorvachilik. 1100 ta xonadonlarning 330 ta namunali, 770 ta o'rta hisoblanadi. Oilalar soni 1207 tani tashkil etadi.

📌Ovul fuqarolar yig'ini xududida 15 ta savdo do'koni, 2 ta umumiy ovqatlanish shahobchasi, 7 ta avto bekat 1 ta bozor mavjud, 13 ta MCHJ hamda 15 YATT faolyat olib boradi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda nogironligi bo'lgan 47 nafar fuqarolar bor.

👉Beruniy tumani hokimligining rasmiy veb sayti

Matn bilan to'liq tanishish👇
https://beruniy-tumani.uz/
#Mahallada o'rganishlar

#Mahallada ishlar tizimli tashkil etilsagina aholining murojaatlari kamayadi. Bugungi kunda quyi tizimdan boshlangan islohotlar o'z natijasini bermoqda. Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, mahalla ayol-qizlar faoli birgalikda Beruniy tumani Mahtumquli OFY da olib borayotgan ish jarayonlari bilan tanishing.

3-sektor hududi Maxtumquli OFY da oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida chorvachilik, tikuvchilik, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha aholiga imtiyozli kreditlar ajratilib, ijtimoiy faoliyati yo‘lga qo‘yildi hamda o‘zini-o‘zi band qildi.
#Hokim yordamchisining tashabbusi. Hududda tadbirkorlikning rivoji


#Beruniy tumanida hokim yordamchilarining ish faoliyatini yoritishni davom ettiramiz. 4-sektor hududidagi Turon MFY da 1062 ta xonadon mavjud bo'lib, ularda 1362 oilada 5340 nafar fuqarolar istiqomat qiladi.

#Mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida hokim yordamchisi tomonidan kredit olish istagini bildirgan fuqarolarga chorvachilik, parrandachilik, issiqxona, non va milliy shirinliklar tayyorlash hamda tikuvchilik yo'nalishlarida imtiyozli davr bilan kredit olishda ko'maklashildi.
#Mahallada ishsizlikka barham berish maqsadida tumandagi “KKR Ipak klaster”korxonasiga ayol-qizlar kasanachi sifatida ishga joylashtirilgan. Umuman hududning turli sohalar rivojlanishida potensiali yuqori hisoblanib, buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

#Hokim yordamchisi Rasul Urinboev bu borada mahallada tizimli ravishda ishlarni tashkil etganligini alohida ta'kidlab o'tishni lozim topdik. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Mahallada obodonlashtirish ishlari

#Beruniy tumani Jayxun MFY hududidagi bir necha yillardan buyon ariq suvi kelmayotgan joylarga ariq qazish va suv keltirish uchun amaliy ishlar bajarilmoqda.

#Tez fursatda aholining oqava suv bóyicha murojaati ijobiy hal qilinadi.
Bu ishlarga mahalla raisi va hudud hokim yordamchisi bosh bólmoqda.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Mahallada sayyor qabul


#Beruniy tumani “To’qimachi” MFY raisi, hokim yordamchisi, ayollar faoli va yoshlar yetakchisi bilan birgalikda aholi o’rtasida 4-sektor boshchiligida, mahallabay ishlash tizimi bo’yicha aholi muammosi o’rganildi.

#Bunda aholining bandligini ta’minlash, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish sohalari bo’yicha murojaatlar tinglandi.

#Qabul davomida aholi tomonidan takliflar bildirildi. Shu bilan birga, fuqarolarning murojaatlari o’rganildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Mahallada obodlik
#Tozalik bor joyda qut-baraka bo'ladi

#Bugun Beruniy tumanidagi mahallalarda obodonlashtirish ishlari keng ko'lamda olib borildi. Hududlarda tozalash ishlari va eng aziz bayram mustaqillikning 31 yilligiga tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborildi. Ko'chalar, uy atroflari, ijtimoiy soha ob'ektlarida fuqarolarning birgalikdagi, birdamlikdagi harakatlarining guvohi bo'ldik. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
#Mahallada 43 nafar fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi. O'zini-o'zi band qilish yo'nalishi bo'yicha 84 nafar fuqaroning faoliyati bo'yicha bandligi ta'minlandi.8 nafar fuqaro hunarmandchilik bo'yicha 33 nafar fuqaro turli xil yo'nalishlarda yuridik va YATT sifatida davlat ro’yxatdan o'tib o'zining faoliyatini yo'lga qo'ygan.

#Aholi va tadbirkorlar bilan mahalladagi 5 talikning uchrashuvlari va targ'ibotlarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 213-sonli Farmoni ya'ni “Qoraqalpog'iston Respublikasida tadbirkorlik, innavatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur'atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida” tushuntirish va berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ko'rsatilgan imtiyozlar orqali aholi kayfiyatini ko'tarish ishlariga e'tibor qaratilmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalarida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Beruniy tumani “Ozod” ovul fuqarolar yig'ini misolida

Ozod ovul fuqarolar yig'ini 3-sektor hududiga qarashli bo'lib, 6743 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi bandligini ta'minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha hudud hokim yordamchisi tomonidan, 2023 yil I-chorak davomida 79 nafar fuqaroga 1 mlrd 533 mln so'mlik kreditlar ajratildi.

Matn bilan to’liq tanishing Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahallada nima gaplar?

📌Bugun aholining kayfiyati qanday? Kóchaboshilarning faoliyatidan xabardormisiz?

Beruniy tumani Nayman mahalla fuqarolar yiǵini xayotidan lavhalar. Mahallada 6227 nafar aholi istiqomat qiladi. 12 nafar kócha boshi bilan birgalikda Prezident Sh.Mirziyoyevning Qoraqalpoǵiston Respublikasiga tashrifi davomida har bir  mahallaga ajratilgan 500 million sóm mablaǵni xalq fikridan kelib chiqqan holda sarflanishi rejalashtirilgan. Nayman aholisiga nimalar zarur?

👉Videorolikda tóliq tanishamiz.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahallada ózgarishlar.

Xalq fikri. Bugungi islohot, yutuqlar va ózgarishlar. Nayman mahallasida yaratilgan sharoitlar.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahallada nima gaplar?

📌Bugun aholining kayfiyati qanday? Kóchaboshilarning faoliyatidan xabardormisiz?

Beruniy tumani Nayman mahalla fuqarolar yiǵini xayotidan lavhalar. Mahallada 6227 nafar aholi istiqomat qiladi.

12 nafar kócha boshi bilan birgalikda Prezident Sh.Mirziyoyevning Qoraqalpoǵiston Respublikasiga tashrifi davomida har bir  mahallaga ajratilgan 500 million sóm mablaǵni xalq fikridan kelib chiqqan holda sarflanishi rejalashtirilgan. Nayman aholisiga nimalar zarur?

👉Videorolikda tóliq tanishamiz.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mahallada 500 mln

Mahalla infrtuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida hurmatli Prezidentimiz tomonidan, Qoraqalpog'iston Respublikasidagi barcha mahallalari uchun ajratilgan 500 mln so'm mablag' hisobiga Beruniy tumani Biybozor ovul fuqarolar yig'inidagi aholi ko'p joylashgan hududlarda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Mahallada 500 mln

Beruniy tumani Ibn Sino mahalla fuqarolar yig'inida mahallaga ajratilgan 500 mln so'm mablag'lar hisobidan bir qancha ishlar amalga oshirilishi belgilangan.

Eshon Karvon axoli manzili Davlatobod, Yozuvchilar kuchalariga yangidan 1 dona transformator o'rnatish hamda 500 metr SIP kabel tortish, mahalla binosiga quyosh paneli va ko'chalarga kuzatuv kameralari o'rnatish, 38 dona elektr tokiga mo'ljallangan eski sim yog'ochlarni biton ustunlarga almashtirish, Shifokorlar va Qizil karvon ko'chalariga 1.5 kilometr asfalt yotqizish ishlari olib boriladi. Hozirda bolalar maydonchasini qurish ishlari yakunlangan.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram