“Uch avlod uchrashuvi” davom etmoqda

#Keksa avlod vakillarining fikrlari va takliflari doim qadrli. Sharq davlatlarida yoshlar nuroniylarning pand-nasihatlari va maslahatlari bilan ish boshlab, ularning duolarini olish azaliy qadriyat hisoblangan.

Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi tomonidan “Uch avlod uchrashuvlari” orqali esa yosh avlodga o'rnak bo'lish, ustoz shogird an'analarini davom ettirish ko'zlangan. Beruniy tumani Ozod ovul fuqarolar yig'inida ham “Uch avlod uchrashuvi” nuroniy-faxriylar va o'quvchi yoshlar ishtirokida o'tkazildi. Bilim olishning afzalliklari, ota-onaga hurmat, odob-ahloq borasida nuroniylar o'zlarining hayot tajribasini yoshlarga gapirib o'tdi.

Turli millat vakillari ishtrokidagi kuy-qo'shiqlar tadbirga yanada o'zgacha rux bag'ishladi. Joylarda uchrashuvlar davom etmoqda. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🟤 Telegram
#Keksa avlod vakillarining holidan xabar olish, muntazam ularga ijtimoiy yordam ko'rsatish ayniqsa, davolanishga muhtoj nuroniy ayollarning masalalarini joyiga chiqqan holda o'rganish ishlari Beruniy tumanida tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'i Sayyora Kozieva mahallalardagi katta yoshdagi ayollar holidan xabar oldi. Ularga kerakli oziq-ovqat mahsulotlari berilib muоmmolarini o'rgandi. Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram