#INSOFLI SOLIQ TO'LOVCHILAR BILAN BIRGA…
#Davlat va jamiyat barpo etilganidan buyon fuqarolarning ana shu jamiyat oldidagi belgilangan haq-huquqlari, burch va vazifalari bo'ladi. Binobarin, soliqlarni o'z vaqtida to'lash ham yurtdoshlarimizning Vatan oldidagi farzi hisoblanadi. Davlat ravnaqi yo'liga topshirilgan mablag'lar esa tizimli asosda bosqichma-bosqich fuqaroning o'ziga qaytariladi.
#Soliq sohasida insofli soliq to'lovchilar sirasiga soliqlarni oxirgi ikki yil ichida soliq majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq bajarib kelgan soliq to'lovchilar kiradi. Ularga soliq ta'tillari hamda soliq qarzini to'lashni kechiktirish va (yoki) bo'lib-bo'lib to'lash huquqi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan berilishi belgilangan.
#Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash joizki, soliq sohasidagi yangilanishlar va o'zgarishlar fuqarolarda ko'p yillardan buyon hayollarida shakllangan “soliqlarni to'lash – xuddi ishlab topgan pullarini kimgadir olib borib topshirish” kabi noto'g'ri tushunchalarini bartaraf qilishga xizmat qilmoqda.
Soliqlarni belgilangan muddatida to'lash orqali har birimiz davlat iqtisodiyotiga munosib hissa qo'shishimiz va asosiysi, insoniylik farzimizni ijro etgan bo'lamiz.
Beruniy tumani Davlat Soliq Inspeksiyasi