#Beruniylik yaxshilardan bog' qoladi
#Ezgulikka intilgan qalblar
#Yoshlar hayotidan
Yaxshilik qilish orqali insonlarga ertanggi kun uchun umid berish ulug' fazilat. Buyuklar aytganidek, yaxshi ishni har kim har kuni qilishi kerak.
Yaxshilik karvonini o'z hududidan boshlash borasida Beruniy tumani "Beruniy" OFy yoshlar yetakchisi Nuraddin Kamalov boshchiligidagi yoshlar ko'pchilikka ibrat. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida boshlangan bog' yaratish, yashil makonlarni kengaytirish tadbirlariga beruniylik yoshlar o'zgacha yondashdi.
Yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan hududda istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo'qotgan onaxon- Guljamol Xo'jabaevaga 200 tup mevali daraxtdan iborat bog' yaratib berildi.
Yaxshilik bog'ining bunyod bo'lishiga Yoshlar ishlari agentligi Beruniy tumani bo'limi boshlig'i Temur Matyakupov va qator ko'ngilli yoshlar o'z hissasini qo'shdi.
"Bir martalik moddiy ko'makdan ko'ra, ertasi bor, kelajakda ham foydasi tegadigan yaxshilik qilish foydaliroq deb o'ylaymiz",- deydi yoshlar yetakchisi Nuraddin Kamalov. Yaxshilik va savobning erta kechi bo'lmaydi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube