#Beruniylik yoshlar diqqatiga!
📌Modalar namoyishi

📌2021 yil 6 dekabr kuni soat 12:00 da tuman markazidagi madaniyat saroyi foesida “Modalar ko'rgazmasi” bo'lib o'tadi. Dizaynerlik va tikish bichish yo'nalishida ish faoliyatini olib borayotgan yoshlar va ayollarni ko'rgazmaga taklif etamiz. O'zingiz yaratgan milliy va zamonaviy liboslar bilan ishtirok etishingiz mumkin.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati

#Beruniylik yaxshilardan bog' qoladi
#Ezgulikka intilgan qalblar
#Yoshlar hayotidan

Yaxshilik qilish orqali insonlarga ertanggi kun uchun umid berish ulug' fazilat. Buyuklar aytganidek, yaxshi ishni har kim har kuni qilishi kerak.

Yaxshilik karvonini o'z hududidan boshlash borasida Beruniy tumani "Beruniy" OFy yoshlar yetakchisi Nuraddin Kamalov boshchiligidagi yoshlar ko'pchilikka ibrat. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida boshlangan bog' yaratish, yashil makonlarni kengaytirish tadbirlariga beruniylik yoshlar o'zgacha yondashdi.

Yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan hududda istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo'qotgan onaxon- Guljamol Xo'jabaevaga 200 tup mevali daraxtdan iborat bog' yaratib berildi.

Yaxshilik bog'ining bunyod bo'lishiga Yoshlar ishlari agentligi Beruniy tumani bo'limi boshlig'i Temur Matyakupov va qator ko'ngilli yoshlar o'z hissasini qo'shdi.

"Bir martalik moddiy ko'makdan ko'ra, ertasi bor, kelajakda ham foydasi tegadigan yaxshilik qilish foydaliroq deb o'ylaymiz",- deydi yoshlar yetakchisi Nuraddin Kamalov. Yaxshilik va savobning erta kechi bo'lmaydi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
“Bo'zatov fest” festivalining tuman bosqichi o'tkazildi. Iqtidorli yoshlar birlashgan makon

#Yosh iqtidor egalarini kashf etish, ularni munosib rag'batlantirish maqsadida “Bo'zatov fest” festivali tashkil etilgan edi. Bugun festivalning tuman bosqichi madaniyat saroyida bo'lib o'tdi.

#Beruniylik yosh talantlar, festivalning mahalla va sektor bosqichlaridan yuqori o'rinlarni egallab, tuman bosqichiga yetib kelgan. Tanlovning bu bosqichidan o'tgan g'oliblar Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. G'oliblar mahsus diplom bilan taqdirlandi.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube