This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Раҳматилло домла Усмонов:
Фириб ишлардан эҳтиёт бўлинг!

Youtube | Tas-ix | Facebook | Instagram

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
Muslim.uz
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
#San'at maydonida milliy maqomchilar
#Beruniylik Sherzodning munosib g'alabasi

#Mamlakatimizda milliy va an'anaviy san'atga berilayotgan e'tibor sabab yoshlarning milliy kuy-qo'shiqlarga ayniqsa, maqom yo'nalishiga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Respublika miqyosida o'tkazilayotgan tanlovlarda barcha hududlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar milliy yo'nalishdagi maqomlarni ijro qilib, san'atlarini namoyish etmoqda.

#Kuni kecha Toshkent shaxrida Respublika yosh maqomchilar tanlovining yakuniy final bosqichida Beruniy tumanidagi 6-son Bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchisi Sherzod Zaripov yosh maqomchilar o'rtasida o'tkazilgan tanlovda 1-o'rinni egallab, maxsus diplom bilan taqdirlandi. Maqom ansambli esa 2-o'rinni egallab, bu yo'nalishdagi maktablar ichida alohida o'rni bor ekanligini isbotladi.

#Yosh iqtidor egalarining bunday yutuqlari beruniylik yoshlarga o'rnak bo'ldi. Milliy yo'nalishdagi kuy-qo'shiqlar qaysi zamon va makon bo'lsa ham o'z tinglovchilariga ega bo'lgan. Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat g'azallari bilan aytilgan maqomlar insonda o'zgacha his-tuyg'ularni uyg'otishi bilan birga, milliy an'analarga sodiq qolishimizga, bu g'azallarni avlodlarga yetkazishga mas'ul ekanligimizni bildiradi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Biz zo'ravonlikka qarshimiz aksiyasi

#Beruniy tumani Turon MFYda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun “Taziyiq va zo'ravonlikning oldini olish” bo'yicha tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlar borasida tuman hokimining o'rinbosari, oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i S.Kozieva to'xtalib o'tdi.

“Ayollar daftari” ga kiritilgan ayollar bilan tizimli ishlash, o'z vaqtida muammolarini hal qilish, murojaatlarni joyiga chiqqan holda o'rganish borasida tumanda tizimli ishlar olib borilayotgani bo'yicha hamkor tashkilotlarga ma'lumot berib o'tdi.

#Ayollar o'rtasidagi zo'ravonlik va tazyiqlarning oldini olish, bu holatga tushishga yo'l qo'ymaslik masalalari hamda qonun doirasida bu holatlar o'rganilishi borasida xotin-qizlarga ma'lumotlar berildi. Psixologik yordam ko'rsatish, shuningdek ayollarning hayotga, yashashga bo'lgan qiziqishini oshirish, oila muqaddas dargoh, farzand tarbiyasi borasida ham psixologlarning mashqlari bilan tadbir davomidagi kichik amaliyotda bilimlar yanada mustahkamlandi.
Beruniy tumani sudlari tomonida gender tenglik, korrupsiyaning oldini olish bo'yicha ham tushunchalar berildi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Beruniy tumani
#Murojaat va natija

#Beruniy tumani hokimligining murojaatbot kanaliga Xorazm mahallasi Navbahor kóchasidagi ichimlik suvi quvurining yorilib ketishi natijasida kóchani suv bosganligi bóyicha murojaat kelib tushgan edi.

#Beruniy tumani suv ta'minoti korxonasi ishchi hodimlari tomonidan murojaat joyiga borgan holda, nosozlikni bartaraf etish ishlari boshlab yuborildi.

#Nosozlik tóliq bartaraf etilib holat yaxshilandi deya xabar berdi Beruniy tumani suv ta'minoti korxonasi rahbari.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Беруний тумани
#Ҳамкор ташкилотлар билан аниқ вазифалар белгиланди

#Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 14 февралдаги “Ички ишлар органлари пробация хизмати фаолиятини самарали ташкил этиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 84-сон қарори билан Пробация назоратидаги шахсларга ижтимоий-ҳуқуқий ва психологик ёрдам кўрсатиш бўйича мутасадди идораларнинг ҳамкорлик механизми аниқ белгилаб берилди.

Беруний тумани ИИБ бошлиғи М.Муратов бу ҳамкорлик доирасида олиб борилаётган ишлар юзасидан хисоботларини тинглаб туман Бандликка кўмаклашиш маркази, Соғлиқни сақлаш, Халқ таълими, Оила ва хотин-қизлар бўлими, Ёшлар ишлари агентлиги, Маҳалла ва нуронийларни қўллаб қувватлаш бўлими каби 7 та идоранинг ҳар бирига алоҳида аниқ вазифалар белгилаб берилди.
 
👉Беруний тумани ҳокимлиги ахборот хизмати