#San'at maydonida milliy maqomchilar
#Beruniylik Sherzodning munosib g'alabasi

#Mamlakatimizda milliy va an'anaviy san'atga berilayotgan e'tibor sabab yoshlarning milliy kuy-qo'shiqlarga ayniqsa, maqom yo'nalishiga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Respublika miqyosida o'tkazilayotgan tanlovlarda barcha hududlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar milliy yo'nalishdagi maqomlarni ijro qilib, san'atlarini namoyish etmoqda.

#Kuni kecha Toshkent shaxrida Respublika yosh maqomchilar tanlovining yakuniy final bosqichida Beruniy tumanidagi 6-son Bolalar musiqa va san'at maktabi o'quvchisi Sherzod Zaripov yosh maqomchilar o'rtasida o'tkazilgan tanlovda 1-o'rinni egallab, maxsus diplom bilan taqdirlandi. Maqom ansambli esa 2-o'rinni egallab, bu yo'nalishdagi maktablar ichida alohida o'rni bor ekanligini isbotladi.

#Yosh iqtidor egalarining bunday yutuqlari beruniylik yoshlarga o'rnak bo'ldi. Milliy yo'nalishdagi kuy-qo'shiqlar qaysi zamon va makon bo'lsa ham o'z tinglovchilariga ega bo'lgan. Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat g'azallari bilan aytilgan maqomlar insonda o'zgacha his-tuyg'ularni uyg'otishi bilan birga, milliy an'analarga sodiq qolishimizga, bu g'azallarni avlodlarga yetkazishga mas'ul ekanligimizni bildiradi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Beruniylik Sardor Besh tashabbus olimpiadasining ǵolibi

#Joriy yilning 2-5 dekabr kunlari Andijon shaxrida "Besh tashabbus" olimpiadasining 2 mavsum Respublika bosqichi oyinlari bólib ótmoqda. Street-warkaut yónalishi bóyicha 16-21 yosh toifasida "A" ligada qatnashayotgan beruniylik sportchi Yuldashev Sardor 2-órinni egalladi va kumush medal sohibi bóldi.

G'olibga asosiy sovǵa Beruniy tumanidagi ózi yashayotgan Mustaqillik mahallasiga universal sport maydonchasi qurib beriladigan bóldi. G'olibni tabriklaymiz, yutuqlar bardavom bólsin.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati