Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Beruniy tumanida ommaviy sport turlari bo'yicha joriy yilning 11-23 aprel kunlari 1-bosqich Mahalla bosqichi, 5-14 may kunlari 2-bosqich Sektor bosqichi hamda 17-21 may kunlari 3-bosqich Tuman bosqichi musobaqalari o'tkazilgan edi. Ushbu musobaqa g'oliblari tantanali ravishda taqdirlandilar.
#Diqqat e'lon!


#Hurmatli Beruniy tumani aholisi. 2022 yil 10-iyun kuni tuman 1-sektor shtabida sayyor qabul bo'lib o'tadi. Qabul davomida hokim o'rinbosarlari, korxona-tashkilot rahbarlari, 40 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida faoliyat yuritayotgan mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli ishtirok etib fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlarni tinglaydi.

Manzil: Beruniy tumani Suv ho'jaligi va melioratsiya kolleji (17 kollej)

Qabul vaqti: 2022 yil 10-iyun soat 10:00 dan boshlanadi.
#Mahallada sayyor qabul


#Beruniy tumani “To’qimachi” MFY raisi, hokim yordamchisi, ayollar faoli va yoshlar yetakchisi bilan birgalikda aholi o’rtasida 4-sektor boshchiligida, mahallabay ishlash tizimi bo’yicha aholi muammosi o’rganildi.

#Bunda aholining bandligini ta’minlash, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish sohalari bo’yicha murojaatlar tinglandi.

#Qabul davomida aholi tomonidan takliflar bildirildi. Shu bilan birga, fuqarolarning murojaatlari o’rganildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
📣📣PRЕZIDЕNT VA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2022-2023-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Guliston, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona, Qarshi, Navoiy, Nurafshon va Termiz shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul bo'lib o'tadi.

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

Bizda qabul jarayonlari Beruniy tumani yoshlar markazida boshlangan. Murojaat uchun: +99894-900-18-01
#Sayyor sud majlisi

#Jinoyat ishlari bo'yicha Beruniy tuman sudi raisi R.N.Kamalova, “Xorazm” MFY binosida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazib, unda hozirgi davrda transport vositalari bilan bog'liq holda sodir qilinayotgan jinoyatlar, huquqbuzarliklarning soni keskin oshib ketayotganligi, fuqarolarning “Yo'l harakati qoidalari”ga og'ishmay rioya qilishlari, mast holatda transport vositalarini boshqarmaslik, kelgusida YTX natijasida insonlarning hayotdan bevaqt ko'z yumushlari va og'ir tan jaroxatlari olishlarining oldini olish maqsadida tushuntirishlar olib bordi.

#Shu yerning o'zida transport vositasida odamlarni tashish faoliyati bilan litsenziya olmasdan shug'ullanib yurgan shaxslarga nisbatan qo'zg'atilgan ma'muriy ishlarni ochiq sud majlisida ko'rib chiqdi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Hurmatli Beruniy tumani aholisi


#Xabaringiz bor 2022 yil 1-iyuldan boshlab elektr energiyasining tan narxi oshishi munosabati bilan foydalangan elektr energiya uchun mavjud qarzdorlikdan iyun oyi yakuniga qadar to'liq hisob-kitob qilishingizni so'raymiz.

#Hurmatli iste'molchilar har oyda foydalanilgan elektr energiyasi iste'molini va to'lovlarni bilib olish uchun qo'l telefoningizni «Elektrohisob» dasturiga biriktirish uchun tuman elektr ta'minoti korxonasiga murojaat qilishingizni so'raymiz.


Tuman elektr ta'minoti korxonasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektr energiyasi iste'molchilari diqqatiga
#Onlayn

Bugun Beruniy tumanida Ózbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "Fan, ta'lim, soǵliqni saqlash masalalari"qómita a'zosi doimiy asosda ishlovchi senator M.A.Salimova tumandagi bir nechta joylarda bólib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
👉Tóliq ma'lumotlar bilan tanishtirib boramiz.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#biznes_sayohat

📌📌📌Beruniy tumani Jayxun mahallasi hududidagi kichik sanoat zonasida joylashgan "Yo'ldash Matmuratov" оilaviy korxonasiga Amir Temur va Jayxun mahallasi yoshlar yetakchilari tashabbusi bilan biznes sayohat tashkil qilindi.

Sayohat davomida yoshlar tajribali ustalar ish faoliyatini kuzatishdi va o'zlariga kerakli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Beruniyda g'alla o'rim-yig'im mavsumi uchun ko'rgazmali seminar tashkil etildi.