#Qo'l hunariga asoslangan turli bezaklar bilan ishlash, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga daromadli hamdir. Shunday yoshlardan biri Pokiza Kushimova hunarmandchilikning bir turi ya'ni, turli bezaklar bilan shug'ullanadi.

#Yulduz Usenovaga esa tikuvchilik yo'nalishida kredit ajratilgan. Yangi zamonaviy tikuv mashinalari orqali buyurtmalar qabul qilib, ish jarayonini kengaytirishni maqsad qilgan. Endilikda shogirdlari bilan birga tikuv sexi ochishni rejalashtirgan.
#Yosh tadbirkorlarning safi kengaydi

#Beruniy tumani “Ozod” OFY yoshlar yetakchisining bizga xabar berishicha hududda kredit olib, o'z tadbirkorligini boshlagan yosh tadbirkor yigitlar hamkorlik qilishni istayotgan fuqarolarni ish uslubi bilan tanishtirish niyatida.

#Akbar Latifboev va Muzaffar Bagimov 42 million so'm miqdorda imtiyozli kredit olib, biogumus yetishtirishni yo'lga qo'ydi. “Beruniy biogumus MCHJ” yoshlarni hamkorlikka taklif qiladi.

#Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
+998975611022
+998970966898 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Hokim yordamchilarining faoliyatini o'rganib…
#Turon mahallasi misolida

#Beruniy tuman hokimining birinchi o'rinbosari U.Matirzaev, boshchiligida hududlarda hokim yordamchilarining ish faoliyatlari bilan tanishish, aholini kambag'allikdan chiqarish bo'yicha qanday ishlar amalga oshirilayotganini ko'rish maqsadida Turon mahallasida bo'ldi.

#Hudud hokim yordamchisi R.Urinboev shu kungacha aholi xonadonlarida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, yiliga 2-3 marta hosil olish va ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan band qilish xamda qo'shimcha daromadga ega bo'lishi bo'yicha tushuntirishlar olib borib, 27 ta xonadonga issiqxona qurishni rejalashtirilgan.

#Rejalarning amaliy natijasi o'laroq xozirgi kunda 17 ta xonadonga imtiyozli kredit, 10 ta xonadonga subsidiya mablag'lari hisobiga 1 sotixli ixcham issiqxonalar qurib berilishi natijasida 27 ta ishsiz fuqarolarning doimiy bandligi ta`minlanadi. Fuqarolar tomonidan issiqxonalarda sabzavot va ko'kat ekililishi belgilangan.

#Qo'shimcha daromadning foydasi:
Masalan fuqaro Aysha Ibragimovaga 1 sotixli issiqxona subsidiya xisobiga o'rnatib berilishi natijasida issiqxonadan olgan daromadidan 2 bosh chorva molini olib ko'shimcha daromad oldi. Bu kabi tizimli ishlar davom etmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
“Qahramonlik va mardlik” darslari

#Yoshlarda milliy vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish, boy madaniy va ma'naviy merosimizga yanada hurmat ruxida tarbiyalash maqsadida umumiy o'rta ta'lim maktablarida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

#O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'riqlash boshqarmasi Beruniy tumani Qo'riqlash bo'limi hodimlari tomonida Beruniy tumani XTB ga qarashli 59 hamda 64-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida “Qaxromonlik va mardlik” darslari o'tkazilib, o'quvchilar uchun qizqarli, mazmunli, ta'ssurotlarga boy bo'lgan mavzularda hamda ko'rgazmali videolar yordamida davra suhbati o'tkazildi.

#Qo'riqlash bo'limining afzalliklari to'g'risida Beruniy tumani Qo'riqlash bo'lim boshlig'i mayor M.Baltabaev alohida to'xtalib o'tdi. Tadbir yakunida o'qituvchi va o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qo'llanma

Davlat xizmatchisining qonuniy faoliyatiga to'sqinlik qilingani uchun qanday javobgarlik belgilangan? Bu haqda videoda to'liq tanishing.