#Beruniy tumani
#Murojaat va natija

#Beruniy tumani hokimligining murojaatbot kanaliga Xorazm mahallasi Navbahor kóchasidagi ichimlik suvi quvurining yorilib ketishi natijasida kóchani suv bosganligi bóyicha murojaat kelib tushgan edi.

#Beruniy tumani suv ta'minoti korxonasi ishchi hodimlari tomonidan murojaat joyiga borgan holda, nosozlikni bartaraf etish ishlari boshlab yuborildi.

#Nosozlik tóliq bartaraf etilib holat yaxshilandi deya xabar berdi Beruniy tumani suv ta'minoti korxonasi rahbari.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
#Murojaat va natija
#Ichimlik suvi quvurining yorilishi oqibatida kelib chiqqan nosozlik bartaraf etildi

Beruniy tumani 1-sektor hududi Guliston mahallasidagi, Jambul va Guliston ko'chalarining kesishmasidagi ichimlik suvi quviri yorilib ketishi natijasida ko'cha bo'yini suv bosganligi bo'yicha aholi murojaati Beruniy tuman suv ta'minoti bo'limiga yetkazilgan edi. Maxsus texnika va ishchilar yordamida murojaat ijobiy hal qilinib, quvurdagi nosozlik bartaraf etildi. Yana bir aholi murojaati ijobiy hal qilindi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Murojaat va natija

#Beruniy tumani Bo'ston mahallasi Yoshlik aholi manzilidagi fuqarolarning murojaatlarini o'rganish natijasida aholi manzilidagi chiqindilarning olib ketilmayotgani hamda ichimlik suvi quvuridagi kelib chiqqan nosozlikning bartaraf qilinishi, 19 ta xonadonga ko'mir zarurligi bo'yicha muammolar o'rganildi. Biriktirilgan ishchi guruh vakili I.Atabaev, mahalla raisi R.Aytbaeva va hokim yordamchisi S.Ismailov yordamida tegishli korxonalar bilan birgalikda muammolar o’rganildi va joyida hal qilindi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus videorolik
#Beruniy tumani
#Murojaat va natija

Tóqimachi mahalla fuqarolar yiǵinida elektr energiyasi bóyicha aholidan  kelib tushgan murojaat elektr ta'minoti korxonasi ishchi hodimlari tomonidan ijobiy hal qilindi. Hududdagi 230 ta xonadonda elektr ta'minoti yaxshilandi.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Murojaat va natija

Ayni vaqtda Beruniy tumani Navoiy mahalla fuqarolar yig'inidagi, 120 xonadonga elektr energiyasi yetkazib beruvchi transformator punkti yangisiga almashtirilmoqda. Shu yerlik xonadon egalari bilan suhbatlashar ekanmiz, tungi vaqtda yuz beradigan avariyalar qish faslida ko'payganini ta'kidladi.

Aytilgan va yozilgan murojaatlarimiz besamar ketmadi, endilikda kuchlanishi yuqori bo'lgan transformator punkti o'rnatildi. Bundan davlatimizga va elektr tarmoqlari korxonasiga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz deya alohida raxmatini ham aytib o'tdi.

#Fotolarda oldingi TP va yangi o'rnatilayotgan TP aks etgan. Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniy tumani
#Maxsus videorolik
#Murojaat va natija

Beruniy tumani Navoiy mahalla fuqarolar yig'inida 120 xonadonning elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyoji yaxshilandi. Yangi transformator punkti o'rnatildi.
#Murojaat va natija

2023-yil 27-fevral kuni Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev tomonidan, “HOKIM VA YOSHLAR” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda uy sharoitida o‘qitiladigan yoshlar orasidan sportning shaxmat turiga qiziqadigan yoshlarning murojatiga asosan Beruniy tumani sport maktabi tomonidan uy sharoitida o‘qitiladigan yoshlarga trenerlar biriktirildi va sportning shaxmat turidan to‘garaklar tashkil qilinib, yoshlarning murojati ijobiy xal qilindi. Biriktirilgan shaxmat trenerlari bolajonlar bilan uy sharoitida shuǵullanishni boshladi.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Murojaat va natija
Paxtakor mahallasi fuqarolarining minnatdorchiligi

Beruniy tumani Paxtakor mahallasi 2-sektor hududida bo'lib, shu yerlik aholining murojaatiga asosan, sektor rahbari M.Atadjanov aholi tomorqalarining o'z vaqtida sug'orilishi uchun Urganch ko'chasiga oqava suv trubalari o'rnatishda amaliy yordam berdi. Endilikda ariqlarga suv kelib, fuqarolar uy oldi tomorqalaridan samarali foydalanadigan bo'ldi. Murojaatga vaqtida ijobiy yechim bo'lganidan shu yerlik aholi minnatdor. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Murojaat va natija

Joriy yilning 27-fevral kuni Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev yoshlar bilan birgalikda, “HOKIM VA YOSHLAR” uchrashuvini o'tkazganligi bo'yicha xabar bergan edik. Uchrashuv davomidagi murojaatlar ijrosi bo'yicha sport maktabi murabbiylari tomonidan uy sharaoitida to'garaklar tashkil qilindi.

Uy sharoitida o‘qitiladigan yoshlar orasidan sportning shaxmat turiga qiziqadigan yoshlarning murojaatiga asosan, Beruniy tumani sport maktabi tomonidan, imkoniyati cheklangan yoshlarga trenerlar biriktirildi va sportning shaxmat turidan to‘garaklar tashkil qilinib, yoshlarning murojati ijobiy hal qilindi.

Hozirgi kunda ham biriktirilgan shaxmat trenerlari bolajonlar bilan uy sharoitida har kuni shug‘ullanib kelmoqda.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Murojaat va natija

Sektor rahbarlarining hududlarda aholi bilan o'tkazilayotgan sayyor qabullari davomida kelib tushgan murojaatlarni tizimli hal qilish bo'yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Beruniy tumanidagi Palvash mahallasi va Navoiy ovul fuqarolar yig'ini hududini bog'lovchi, piyodalar o'tuvchi ko'prikning og'ir ahvoldaligi bo'yicha kelib tushgan murojaatga asosan kollektor atrofi tartibga keltirilib, ko'prik ta'mirlandi va qayta o'rnatildi. Endilikda piyodalar o'tishi uchun xavfsiz sharoit yaratildi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram