#Psixologik trening o'tkazishning natijasi

#Kasb hunar maktabi o'quvchilarining ta'lim motivatsiyasining o'ziga xosligini oshirishda psixologik treninglarning o'rni beqiyosdir.

#Shunday treninglardan biri Beruniy tuman 1-son kasb -hunar maktabi psixologi Yulduz Urazbayeva tomonidan 1-bosqich Tiluvchilik yo'nalishi guruhi o'quvchi qizlari ishtirokida o'tkazildi.

#Trening dasturi "Ruhiy emotsional zo'riqishlarning oldini olish" ga qaratilgan bo'lib, bu jarayon o'zida psixologik adaptatsiya jarayonini yanada yaxshilashga hamda o'quvchilarning kasb hunar sirlarini egallashlari shuningdek, o'quv motivatsion sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Trening

Beruniy tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli amaliyotchi psixologlar tomonidan "Biz maktabimizda tazyiq va zoʻravonlikka yul kuymaymiz" mavzusida navbatdagi amaliy seminar treningi tashkil qilindi.

Ushbu seminar treninglarni oʻtkazishdan asosiy maqsad voyaga yetmaganlarning oʻzini anglashlarini rivojlantirish va taʼlim muassasalarining faoliyatida yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda shafqatsiz munosabatda va turli turdagi zoʻravonliklarning oldini olish masalasi boʻyicha bir qancha mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Bundan tashqari maktabning boshlangʻich va yuqori sinf uquvchilari bilan xam bolalar va oʻsmirlar tomonidan spirtli ichimliklar va boshqa psixoaktiv moddalarni suiisteʼmol qilishni oldini olishning eng samarali usuli oʻquvchilar bilan profilaktika tarzida bir qator maqsadli va tizimli davra suhbatlari olib borildi.

Zoʻravonlik holatini aniqlash va xabar berish uni koʻrgan yoki u haqda bilib olgan barcha taʼlim muassasasi xodimlarining masʼuliyati hisoblanadi.