#Sport yangiliklari

Surxandaryo viloyati Termiz shaxrida sportning qo'l jangi bo'yicha o'tkazilgan “O'zbekiston kubogi” musobaqalarida qatnashgan Beruniy tumani sport maktabi ishtirokchilari, 4 ta medalni qo'lga kiritdi. Murabbiy A.Tajibaev shogirdlari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan taqdirlandi. Barakalla sportchilar! Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Sport yangiliklari

2024-yil 20-iyun kuni Toshkent shahrida sportning muay-tay turi bo‘yicha professional sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston ochiq turniri o‘tkazildi.

Musobaqada Beruniy tumani sport maktabi shug‘ullanuvchisi Karimov Asror 51 kg vaznda ishtirok qildi va o‘z vazn toifasida 1-o‘rinni egalladi.

G‘alaba muborak bo‘lsin.🥇🥇🥇
Murabbiy: Daniyar Akimbetov

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Sport o'yinlari
Velomarafon


Yoshlar oyligi munosabati bilan bugun kun davomida Beruniy tumanida mahalla yoshlari ishtirokida turli sport o'yinlari, “Zakovat” turniri hamda shou gala kontsert bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Suv xo'jaligi va melioratsiya kolleji yonidan boshlangan velomorofonchilar kunning eng birinchi
sport o'yinlarini boshlab berdi. G'oliblarni tuman hokimining o'rinbosari A.Qurbaniyazov tabriklab, ularga diplom va qimmatbaho sovg'alarni topshirdi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Sport bellashuvi

Sportning stol tennis turi bo'yicha “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo'mitasi raisi kubogi” ning Beruniy tumanidagi mahallalararo havaskor o'yinchilar o'rtasidagi ochiq musobaqasi bo'lib o'tdi.

Unda turli yosh toifasidagi o'g'il va qiz bolalar ishtirok etib, g'oliblik uchun kurashdi. Yakuniy natijalar bo'yicha g'olib deb topilgan yoshlar, tuman hokimligi va davlat soliq inspeksiyasi rahbari Q.Atajanov tomonidan munosib taqdirlandi.
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Sport yangiliklari

Joriy yilning 21-Iyul kuni Toshkent viloyati Chirchiq shaxrida sportning Karate-WKF turi bo'yicha "Yoz-2024" ochiq turniri musobaqasi bo'lib o'tdi.

Ushbu nufuzli musobaqada trener Saparmurod Saxiyev boshchiligida Beruniy tumani sport-maktabi hamda "Leader Karate Klub" sportchilari faol ishtirok etib, tumanimiz hisobiga yana 10-ta medalni qolga kiritib, munosib ǵalaba bilan qaytishdi.

🥇Yoldashev Umidbek
🥇Qalimbetov Nurjan
🥇G'anibayev Quranboy
🥈Sheripbayev Sardor
🥈Komiljanov Ravshan
🥈Allayarov Elshod
🥈Sadullayev Izzat
🥉Rustamov Elbek
🥉Rozumbayev Boburjon
🥉Davlatbayev Akbar Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Sport yangiliklari

2024-yil 30-31-iyul kunlari Beruniy tumanida sportning voleybol turi bo‘yicha U-15 Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yakuniga kóra

1-o‘rinni Nukus olimpya kolleji.

2-o‘rinni Beruniy tumani.

3-o‘rinni Taxiatosh tumani egalladi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Sport_yangiliklari

Muay Tay boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga ishtirok etish uchun Turkiyaga joʻnab ketdi.

Joriy yilning 14-18 avgust kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida muaytay boʻyicha 1-Turk davlatlari oʻrtasida Jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

Mazkur nufuzli musobaqada Oʻzbekiston delegasiyasi ham toʻliq tarkibda ishtirok etmoqda.
Beruniy tumani sport maktabi muaytay toʻgaragi shugʻullanuvchisi Asror Karimov ham ushbu musobaqada ishtirok etadi.

Terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlagan holda ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini tilab qolamiz.

Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sport_yangiliklari

Muay Tay boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga ishtirok etish uchun Turkiyaga joʻnab ketdi.

Joriy yilning 14-18 avgust kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida muaytay boʻyicha 1-Turk davlatlari oʻrtasida Jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

Mazkur nufuzli musobaqada Oʻzbekiston delegasiyasi ham toʻliq tarkibda ishtirok etmoqda.

Beruniy tumani sport maktabi muaytay toʻgaragi shugʻullanuvchisi Asror Karimov ham ushbu musobaqada ishtirok etib final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlagan holda ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini tilab qolamiz. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#sport yangiliklari

2024-yil 14-20-avgust kuni Samarqand shaxrida o‘tkazilgan sportning voleybol turidan U-15 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Beruniy tumani
sport maktabidan 8 nafar sportchi ushbu musobaqada ishtirok etib, shundan 3 nafar sportchi 2025-yil Toshkent shaxridan o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtasida TOSHKENT-2025 Osiyo o‘yinlarida qatnashish uchun O‘zbekiston terma jamoasi asosiy tarkibiga kiritildi.

Trenerlar: Farrux Sadullayev, Ibrohim Allayarov
Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Sport xabarlari

2024-yil 11-20-sentyabr kunlari Tailand davlati Bangkok shaxrida sportning muaytay turidan yoshlar o'rtasida jaxon chempionati o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu musobaqada ishtirok etish uchun Beruniy tumani
sport maktabidan 3 nafar sportchi va trener Daniyar Akimbetov boshchiligida jo'nab ketishdi. Musobaqa ishtirokchilariga omad tilaymiz! Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Veb sayt | 🔴 YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram