#Nuroniylar salomatligi doimiy kuzatuvda

#Qizilqal'a ovul fuqarolar yig'ini hududidagi oilaviy shifokorlik punkti shifokorlari va mahalla ayol-qizlar faoli bilan hamkorlikda, nuroniy onaxonlar va chaqaloqlarni uy sharoitida tibbiy ko'rikdan o'tkazish ishlari tashkil etildi.

#Ko'rik natijalari bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi. Mahallabay ishlar Beruniy tumani bo'ylab davom etmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Beruniy tumani
#Qizilqal'a OFY
#Inson qadri uchun


#Qizilqal'a oful fuqarolar yig'ini, Beruniy tumanidagi olis va og'ir hudud sanaladi. Qoratov tog'lari etagidagi bu hudud odamlarining mexri o'zgacha. Tumandagi o'zgarishlarni, sohalardagi yangiliklarni yoritish maqsadida o'rganishlarni davom ettirdik va yangi vatan ichra kichik vatanga ya'ni, yangi qurilgan uyga ega bo'lgan Jetker Matkarimov va Gulnora Jo'raboevaning xonadoniga yo'l oldik.

#Oila vakillarining oldingi yashash sharoitlari og'ir ahvolda bo'lib, Beruniy tumani hokimligining tashabbusi va o'rganishlari bilan xonadon egalari yangi uyga ko'chirildi. 85 yoshni qarshi olgan nuroniy otaxon va onaxon hayoti davomida hukumatning bu ezgu ishlaridan ma'mnunligini bildirdi.


#4 nafar nevara va kelini bilan yangi imoratda yashayotganidan xursandligini ko'rib, beixtiyor ularning shukronaligiga sherik bo'ldik.

👉Fotolarda uyning oldingi va bugungi holati aks etgan. https://t.iss.one/beruniy_news
#Beruniy tumani
#Qizilqal'a OFY
#Insonqadriuchun

#Yana bir ayol bugunidan rozi

#Dilorom Jo'raboeva Qizilqal'a ovul fuqarolar yig'ini Kesiktov aholi manzilida istiqomat qiladi. 3 nafar farzandning onasi, turmush o'rtog'ining vafotidan so'ng farzandlariga ham ota, ham ona bo'lgan. Yillar va armonlar insonni qaritadi. Azamat o'g'illari chet davlatda ishda bo'lib D.Jo'raboeva hozirda uyida.

#3-bosqich “Ayollar daftari”da ro'yxatga olingan. Uy-joy ta'miriga muxtojligi sabab, tuman hokimligi tashabbusi bilan xonadonning 3 xonasi zamonaviy ko'rinishda ta'mirlab berildi. Davlatimizning g'amho'rligi, inson qadrini ulug'lash borasida olib borayotgan oqilona siyosati odamlarning hayotdan rozi bo'lib yashashiga, bugungi kuniga shukronaligi, ertasiga ishonchni bera olgani bilan ahamiyatli ekanini fuqarolar bugun his qilmoqda.

#Qizilqal'a OFY da 2022 yil 3-bosqich “Ayollar daftari”ga 57 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo'lib, 6 oy davomida daftarda turgan ayollarga tizimli ravishda yordam ko'rsatib kelinmoqda.
👉Fotolarda uyning oldingi va bugungi holati aks etgan.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniy tumani
#Qizilqal'a OFY
#Insonqadriuchun
#2 oila, 2 taqdir bugunidan rozi

Beruniy tumani hokimi A.Saparbayev tashabbusi bilan 2 oila taqdirida yangi sahifa boshlandi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniy tumani
#Qizilqal'a OFY
“Ayollar daftari”

#Ish bilganga ming tanga.

#Qizilqal'a OFY fuqarosi Kamila Yerjanovaning milliy quroqlar tikish borasidagi ishlari tahsinga loyiq. Ko'p millatli xalqimizning ahilligida gap ko'p.
https://t.iss.one/beruniy_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV nigohida Beruniy tumani
#Qizilqal'a OFY
#Inson qadri uchun

#Yangi uyga ko'chib o'tgan Matkarimovlar oilasi
#Mahalla xotin-qizlar faolining bir kuni
#Mukofotga munosib tanlov egasi

#Qizilqal'a ovul fuqarolar yig'ini Beruniy tumani markazidan olis hududda bo'lib, 3-sektor tarkibiga kiradi. Og'ir hudud bo'lishiga qaramasdan bu yerlik aholining o'ziga yarasha ish faoliyati mavjud. Asosan chorvachilik bilan shug'ullanadi. Qizilqal'a OFY mahalla xotin-qizlar faolining ish faoliyati davomida hududdagi oilalar totuvligi, ayol-qizlarning bandligi, maktab yoshidagi qizlarning salomatligi, ularning ma'naviy-ma'rifiy yetukligi borasida kengash a'zolari bilan olib borayotgan ishlari diqqatimizni tortdi.

#Ma'lumki 15-oktyabr dunyoda “Qishloq ayollari kuni” sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan qishloq ayollarining bir kunlik faoliyati bilan tanishdik.
#Beruniy tumanida óquv seminar tashkil etildi.
#Qizilqal'a OFY tajribasi órganildi

👉Mahalladagi xotin-qizlar faollari o'rtasida o'tkazilgan “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” ko'rik-tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etgan xotin-qizlar faollarining ishini ommalashtirish, ularning o'zaro tajriba almashishlarini tashkil etish maqsadida hududiy bosqich g'oliblari-final bosqichi ishtirokchilarining mahallalarda seminarlar tashkil etilishi bo'yicha takliflar kiritilgan bo'lib, bugun Beruniy tumani Qizilqal'a OFY hududidan “Eng faol xotin-qizlar faoli” ko'rik tanlovining Respublika bosqichi final ishtirokchisi mutloq g'olibi, Prezident sovg'asi sovrindori Nargiza Nurumbetovaning mahalladagi ish faoliyati tumandagi 40 ta mahalla xotin-qizlar faoli bilan birgalikda o'rganildi.

#Seminar davomida Beruniy tumani hokimi órinbosari, Oila va xotin-qizlar bólimi boshliǵi S.Koziyeva ishtirok etib, óquv seminarida respublikada ayollarga berilayotgan e'tibor bórasida keng turda tóxtalib ótdi.

Qizilqal'a OFY Beruniy tumani markazidan olis hudud hisoblanib og'ir hudud toifasiga kiritilgan. Shunday bo'lishiga qaramasdan aholi muammolarini o'rganish ayollarga har tamonlama yordam berish maqsadida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan bir qancha amaliy ishlar mahalla jamoasi bilan birgalikda amalga oshirilgan.

Bugungi o'quv seminari davomida xotin-qizlar faoli hududda yaratilgan sharoit shuningdek, hujjatlar “Qizlarjon” klubi faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Qizilqal'a OFY hududida 2231 nafar xotin-qizlar xatlov natijasida aniqlangan bólib, shundan 1136 nafar tug'ish yoshidagi ayollari bólsa, "Ayollar daftari" ga 57 nafar ayollar kiritilgan hamda tizimli ravishda yordam kórsatilib kelinmoqda.

Bugungi seminar davomida mahalla xotin-qizlar faollari kerakli kónikmalarga ega bóldi.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati