#Hududlarda hokim yordamchilarining faoliyati

#Tinchlik OFY da 2-sektor rahbarining o'rganishlari


Hududlarda hokim yordamchilarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishish, hududdagi mavjud muammolarni sektor rahbari bilan birgalikda o’rganish maqsadida 2-sektor rahbari Muzaffar Atajanov “Tinchlik” ovul fuqarolar yig’ini hokim yordamchisi Jahongir Berdibayevning ish faoliyati o’rgandi.


Hududda asosan, chorvachilik, bog’dorchilik, parrandachilik kabi draiver sohalar rivojlangan. Ko'plagan yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatib kelayotgan aholi o’zlarining moddiy va ijtimoiy yashash sharoitini yaxshilab kelmoqda. Sektor rahbari va hokim yordamchisi mahalladagi milliy pishiriq, non va non mahsulotlarini ishlab chiqaradigan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Hususan, bu yerda tayyorlangan mahsulotlar aholiga sifatli turda yetkazib berilmoqda.
#Qamishdan 20 million foyda.
#Tinchlik OFY ning tinmas tadbirkorlaridan kun yangiligi

#Beruniy tumani 2-sektor rahbari M.Atadjanov va Tinchlik OFY hokim yordamchisi J.Berdibaev Tinchlik OFY hududidagi aholining ish jarayoni bilan tanishdi. Qamish ko'l bo'ylarida o'sadigan o'simlik.

Tabiiy qamishni qo'l bilan tekislab, bir hildi to'qib chiqish insondan mexnat talab qiladi. Qish faslida ko'l bo'yidan qamish o'rilib, bahor kirishi bilan to'qish boshlanadi va tayyor mahsulot holiga keltiriladi. Bir odam bir kunda 50 bog' qamishni to'qib bitiradi.
#Asosan uy-joylarning ustini bostirishda ishlatiladi. Qamish bilan bostirilib, suvoq qilinsa, yozda salqin qishda issiq bo'ladi. Hozirgi kunda ko'ngilochar va ovqatlanish joylarining yozgi ayvonlarida ham tabiiy qamishdan ishlangan devorlar uchraydi. Yozda ayniqsa, salqin bo'lishni ta'minlab berar ekan.

#Tinchlik OFY fuqarosi Erkaboy Tleubaev bu ish bilan shug'ullanganiga 10 yildan oshayotganini aytib o'tdi. Oila a'zolarining barchasi bu hunarni puxta egallagan. Mavsum davomida bemalol 15-20 million foyda qilsa bo'ladi. Hozirda Xorazm viloyati bu mahsulotning asosiy xaridori bo'lmoqda. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
"Beruniy Akademiy" o'quv markazining navbatdagi targ'iboti

#Tinchlik ovul fuqarolar yig'inidagi 60-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida hududdagi ta'lim muassasalari hamda ishsiz aholining bandligini ta'minlash, kasb-hunarga tayyorlash maqsadida "Beruniy Akademiy" o'quv markazining navbatdagi targ'iboti bo'lib o'tdi.

“Beruniy Akademy” kasb-hunarga o’qitish markazida o’rgatiladigan 14 yo’nalish va to’rtta chet tili bilan o'quvchilar va ota-onalarni tanishtirib, kasb-hunarning inson hayotidagi o’rni, mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan islohotlarga ham alohida to’xtaldi.

#Tashkil qilingan ko'rgazmada o'quvchilar mutaxasislar yordamida kasb egallash bo'yicha batafsil ma'lumotga ega bo'ldi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
“Yoshlar party”
#Tinchlik OFY

Beruniy tumani Tinchlik OFY hududida “Yoshlar party” dasturi bo'lib o'tdi. Yoshlar jamoasi jonli ijroda gitarada qo'shiq kuylab, ko'ngilochar dasturlar orqali maroqli dam oldi. Yozgi dam olish kunlarida hududlarda o'tkazilayotgan konsert dasturlari, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazunli o'tkazishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram |
#Beruniy tumani
#Tinchlik OFY
#Yoshlar party

Tinchlik ovul fuqarolar yiǵinida "Besh tashabbus" doirasida sport tadbirlari va yoshlar party konsert dasturi ótkazilmoqda. Ochiq osmon ostidagi kóngilochar dastur hudud yoshlariga manzur bólmoqda.

👉Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Beruniy tumani
#OAV nigohida

#Tinchlik OFYdagi o'zgarishlar. Xalq bilan birga. Hokim yordamchisining tashabbusi bilan tadbirkorlikning rivoji.
#Beruniy_tumani
#Tinchlik_OFY

Beruniy tumani Tinchlik OFYda joylashgan Quvonch to'yxonasida XTBga qarashli 72 ta maktablar orasida Zakovat intelektual o'yini o'tkazildi.

Intelektual o'yin natijalariga ko'ra
1-o'rinni 36-maktabning "Universal" jamoasi;
2-o'rinni 67-maktabning "Ziyolilar" jamoasi;
3-o'rinni 48-maktabning "Liderlar" jamoasi egalladi.

O'yin yakunida g'oliblar diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi hamda keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.
https://t.iss.one/beruniy_news
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yeschanov Shukurullo quduq tashabbuskori

#Tinchlik OFY Toshxirmon aholi manzili auksion orqali uy-joy qurilishi uchun fuqarolarga berilgan. Ammo bu yerlarda suv tanqisligi sabab aholining yashashida qiyinchiliklar bo'lgan.

#Dehqon, fermer ho'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi jamg'armasi hisobidan subsidiya asosida katta xajmdagi 30 ta xonadonni suv bilan ta'minlaydigan artezian quduq qazilib ishga tushirildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
#Sóngi yillarda sohada yaratilayotgan imkoniyatlar va jahon tajribasining qóllanilishi natijasida katta yutuqlarga erishib kelinmoqda. Sohada amalga oshirilgan tizimli islohotlar natijasida xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, zamonaviy moddiy texnik vositalar bilan ta'minlangan, yuksak bilim va professional ko'nikmalarga ega vatanparvar kadrlarni o'zida jamlagan, eng asosiysi, mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishtalikning kafolati bo'la oladigan yangi tizim yaratildi.

#Tinchlik qaror topgan yurtda xotirjamlik hukm suradi, jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro'y beradi. Odamlarning o'zaro bir-birlariga bo'lgan ishonch va sadoqatlari, mehr va muruvvatlarining samimiy bo'lishi ham asosan xotirjamlikka bog'liqdir deya ta'kidlab o'tdi tuman hokimi.

#Bayram tadbiri davomida yuqori natijalarga erishgan bir guruh ichki ishlar hodimlari munosib taqdirlandi. Bayram munosabati bilan tuman madaniyat hodimlari ishtirokida kontsert dasturi tashkil etildi.

Bayramingiz muborak aziz ichki ishlar organlari hodimlari! Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniy tumani
#Tinchlik ovul fuqarolar yiǵini

#Hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar. Aholi bandligi e'tibordagi masala.

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Beruniy tumani
#Tinchlik ovul fuqarolar yiǵini

#Hudud yoshlar yetakchisining faoliyati. Imkoniyat va natija

👉Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YIL SARHISOBI
#Tinchlik ovul fuqarolar yig'ini

2022-yil davomida Tinchlik ovul fuqarolar yig'inida hokim yordamchisi Jaxongir Berdibaev tomonidan amalga oshirilgan ishlar.

Aholini ish bilan ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, imtiyozli kredit va subsidiyalar berish orqali fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilash borasida olib borilgan ishlar. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram