BERUNIY_PRESS/RASMIY KANAL
8.12K subscribers
51.3K photos
6.23K videos
7 files
9.45K links
🌐Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati https://t.iss.one/Beruniytumanimurojaatbot
Download Telegram
#Targ'ibot tadbirlari

Beruniy tumani Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari P.Razzakova va tuman targ'ibot guruhi vakillari bilan birgalikda, 2-son kasb-hunar maktabida o'quvchi qizlar o'rtasida erta turmushning salbiy oqibatlari bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi.

O'z vaqtida ilm egallash, kasb-hunarli bo'lish ayniqsa, qiz bolalarning hunar sirlarini o'rganishi kelajakda foydali ekanligi tushuntirildi. Kasb-hunar maktabi direktori, deputat Q.Shukurllaev va targ'ibot guruhi a'zolari odob-ahloq qoidalari, ota-onaga hurmat, balog'ot yoshidagi tarbiyaning muhim jihatlari haqida dunyoviy va diniy misollar bilan tushuntirishlar berdi.

P.Razzakova tashabbusi bilan boshlangan davra suhbatlari tumandagi ta'lim muassasalarida davom etadi. Endilikda shifokorlar va psixologlarni ham bu jarayonga jalb qilish rejalashtirilgan. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt | Twitter | Instagram | Facebook | Telegram | YouTube
#Targ'ibot
#Beruniy tumani
#Adliya bo'limi

#Beruniy tumani 1-sektor hududidagi Guliston mahalla fuqarolar yig'inida, tuman Adliya bo'limi boshlig'i S.Rayimbekova boshchiligida aholiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog'iston Respublikasida tadbirkorlik, innavatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur'atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida” gi 213-sonli Farmoni bo'yicha tushuntirish ishlari olib bordi.

#Farmonda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, nuroniylar va ijtimoiy himoyaga muxtoj aholiga ko'rsatiladigan yordamlar keng tarzda tushuntirib o'tildi. 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
#Targ'ibot tadbirlari
#Qaror va ijro

To’liq tanishing https://beruniy-tumani.uz/news/show/targibot-tadbirlari-qaror-va-ijro 🟢 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati
Web sayt || Instagram | Facebook | Telegram
#Targ'ibot

#21-oktyabr “O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan Beruniy tumanida til bayramiga bag'ishlangan seminarlar tashkil etildi.

#Tumandagi Axborot kutubxona markazida umumiy o'rta ta'lim maktablarining ona-tili va adabiyoti fani o'qituvchilari uchun seminar tashkil etildi. Davlat tili bo'yicha qabul qilingan qarorlarning mazmun mohiyati slaydlar orqali tushuntirildi. 🇺🇿Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
“Xavfsiz mahalla –Obod mahalla”

#Beruniy tumani Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limi hamda yoshlar ishlari agentligi mas'ullari bilan birgalikda mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo'yicha «Xavfsiz mahalla –Obod mahalla» targ'ibot dekadasi doirasida uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

#Targ'ibotlar davomida fuqarolarga mahallada tinchlik va totuvlikni asrash, obodonlashtirish ishlariga hissa qo'shish bo'yicha tushuntirish ishlarini Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tuman bo'limi mutahassislari M.Matyakubov R.Matchanovlar olib bormoqda. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Targ’ibot tadbiri
“Jaholatga qarshi ma’rifat”

#O‘quvchi yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 18- noyabrdagi 2/18-1/3-74 sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida uchrashuvlar Beruniy tumanidagi ta’lim maskanlarida o’tkazilmoqda.

#Ekstremizm, terrorizm va missionerlikning mudhish qiyofasini fosh etuvchi ko’chma fotoko’rgazma hamda videoroliklar yoshlarga namoyish etilib, salbiy oqibatlari bo’yicha tushuntirildi. Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Targ'ibot tadbirlari

Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Beruniy tuman bo'linmasi tomonidan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlisga va xalqimizga yo'llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini keng targ'ib qilish maqsadida “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman O'quv sport texnika klubida hamda Navoiy ovul fuqarolar yi’inida “Yangi O'zbekiston – inson qadri ustuvor bo'lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir” mavzusida “ma'naviyat soati” tashkil etildi.

👉👉BATAFSIL

Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 📄
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Davra suhbatidan keyin maktabda sportning karate WKF turi bilan shug'ullanib, yuqori natijalarga erishib kelayotgan yoshlarning yutuqlari bilan ham targ'ibotchilar tanishib, ularga muvaffaqiyat tiladi. Sport murabbiysi Azimjon Kenjaev bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan xursand ekanligini, sport to'garaklari tashkil etib yoshlarni jalb qilish bo'yicha o'z rejalari bilan tanishtirdi.

#Targ'ibot tadbirida
Beruniy tumani hokimi maslahatchisi S.Yusupova, tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari A.Urazova,Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi rahbari P.Razzakova hamda maktab jamoasi qatnashdi.

Beruniy tumani hokimligi Аxborot xizmati 📄                                              🟢 Web sayt | YouTube  | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook Telegram
#Targ'ibot tadbirlari
Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgarishlar fuqarolarning turmush sharoitida ish faoliyatida aks etishi

Bugun Beruniy tumani Yoshlar markazida Oliy Majlis Qonunchilik palasi deputati Z.Ibragimova Konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgarishlarni yetkazish borasida, tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari bilan birgalikda uchrashuv o'tkazdi. Bosh qomusimizga kiritilayotgan yangi normalarning insonlar hayotida aks etishi, fuqarolarning erkin va farovon, baxtli hayot kechirishi, sud-huquq sohasidagi kiritilayotgan normalar bo'yicha to'liq ma'lumot berib o'tdi. Xalq muhokamasidan o'tgan konstitutsiyaning yanada xalqchilligini aks ettiruvchi moddalari bugun keng jamoatchilik nazaridan chetda emas.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qarg'i Kengesi deputati X.Yeshimbetov so'zga chiqib, so'ngi besh yil davomida yurtimizdagi o'zgarishlar, islohotlarning har bir mahallaga, xonadonlarga kirib borib, fuqarolarimizning turmush sharoitlarida ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'layotgani bo'yicha to'xtalib o'tdi.

Prezident Farmon va Qarorlariga muvofiq, eng chekka qishloqlarda zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktablar, tibbiyot muassasalari, “Obod qishloq” dasturi asosida infratuzilma ob'ektlarining yangilanayotgani bo'yicha keng turda ma'lumot berib o'tdi. Tinchlik va farovonlikning qadriga yetish, bugungi kunlarga shukronalik ruxidagi targ'ibot tadbirlari mahallalarda davom etadi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Targ’ibot tadbirlari
"Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʼzimizniki"


Oʼzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʼmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman oʼquv sport texnika klubida "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʼzimizniki" shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi targʼiboti boʼyicha haydovchilik kurslarida oʼqiyotganlar, sportchilar, mahalla faollari, faxriylar, nuroniylar va yoshlar ishtirokida tadbir oʼtkazildi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Boshqarma prokurori N.Oʼrunbaev, OʼzDJTU universiteti roman–german Filologiyasi fakulteti dekani A.Xalillaev, tuman mahalliy kengashi deputatlari L.Xoʼjaniyozova va R.Yuldasheva ishtirok etib, “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman oʼquv sport texnika klubi hodimlariga Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgartirishlar bo’yicha tushuntirishlar berdi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
#Targ'ibot tadbirlari
“Konstitutsiya o'zimizniki” olis Oltinsoy aholisining faolligi

Yangilanayotgan xalq Konstitutsiyasi fuqarolarning har biriga to'liq va tushunarli yetib borishi uchun hududlarda targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda. Hususan deputatlar, huquqshunoslar bilan birgalikda Beruniy tumani Oltinsoy OFY da keng jamoatchilikka, Bosh qomusimizga kiritilayotgan o'zgarishlar, ular aholi hayotida qanday aks etishi bo'yicha tushunchalar berdi.

Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati S.Imamova, Yuridik fanlar doktori Q.Matkarimov, Geologiya fanlari universitetining prorektori, fizika matematika fanlari doktori D.Jumabaev ishtirok etdi. Shuningdek, 2023 yil 30-aprel kuni bo'lib o'tishi belgilangan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
«Yangi konstitusiya - xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!»

#Targ'ibot guruhi a'zolari beruniylik “Oqila ayollar” harakati vakillari bilan uchrashdi.

Beruniy tumanidagi Axborot kutubxona markazida Xotin-qizlar faollari, Oqila ayollar va ko'chaboshi xotin-qizlar ishtirokida seminar trening bo'lib o'tdi.

Tadbirda xotin-qizlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va bo'lajak referendumga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish bilan bog'liq chora-tadbirlar to'g'risida tushunchalar berildi.

Yangi tahrirdagi Konstitusiyaning qabul qilinishi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalq farovonligini yanada oshirish, davlat va fuqarolik jamiyatini jadal rivojlanishi uchun mustahkam asos bo'lishi to'g'risida batafsil tushunchalar berildi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Targ'ibot guruhi a'zolari mahallalarda

Targ'ibot guruhi a'zolari Beruniy tumanidagi 1-son Oilaviy bolalar uyida ham bo'lib, bolajonlar bilan suhbatlashdi.

Davlatning otalarcha g'amho'rligi sabab, bugungi kunda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari oila bag'rida erkin yashab, ota-ona mehridan bahramand bo'lmoqda.

Oilaviy bolalar uyida o'tgan mazmunli suxbat davomida Nurlan Primbetovning ijodidan qo'shiqlar tinglandi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Targ'ibot guruhi “RAYXON APPAREL” da

Targ'ibot guruhi a'zolari Beruniy tumanida tashkil etilgan “Rayxon Apparel” MCHJ tayyor kiyimlar ishlab chiqaruvchi tikuvchilik fabrikasida bo'ldi. Paхtadan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksportga yo'naltirishda fabrikaning ahamiyati katta.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'istonga tashrifi davomida ochilgan mazkur fabrika, 28.5 mlrd mablag' evaziga tashkil etilgan. Zamonaviy tikuv mashinalari bilan jixozlangan fabrikada 400 nafardan ortiq ish o'rni yaratilgan. Targ'ibot guruhi a'zolari tikuv fabrikasidagi xotin-qizlar bilan suhbatlashib, ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
#Targ'ibot guruhi a'zolari aholi xonadonlarida

Targ'ibot guruhi a'zolari Beruniy tumanidagi xonadonlarda ham bo'lib, nuroniylarning holidan xabar oldi. O'razboy Jumaniyazov MFY da yashovchi Gulasal Yusupova xonadonida suyak yemirilishi bo'yicha murojaat qilgan va tibbiy davolanishga amaliy yordam so'ragan. G.Yusupovaning yashash sharoiti va ahvoli o'rganildi. Murojaati bo'yicha ijobiy yechim bo'lishi tushuntirildi. Beruniy tumani hokimligi Axborot xizmati
🟢 Web sayt | 🔴 YouTube | 🟠 Instagram | 🔵 Facebook | 🟤 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Yangi konstitusiya - xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!»

#Targ'ibot guruhi a'zolari beruniylik “Oqila ayollar” harakati vakillari bilan uchrashdi.